23
Fiskal siyosat budjet orqali ham iqtisodiyotga ta’sir etadi.
Budjet hisobidan
davlat ishlab chiqarish infratuzilmasiga katta investitsiyalarni yuboradi, milliy
iqtisodiyot uchun ahamiyatli ish (masalan, yangi texnologiyani yaratish) bilan
shug‘ullanuvchi korxonalarga subsidiya beriladi.
Subsidiya moliyaviy yordam
sifatida qaytarib olinmaydi, uning hisobidan xarajatlar qoplanib, foyda ko‘payadi, bu
bilan korxonalar rag‘batlantiriladi.
Budjet siyosati ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini kanda qilmay va kerakli
miqdorda pul bilan ta’minlab turishga qaratiladi. Davlat budjeti balanslashgan
bo‘lishi, ya’ni daromadlarga qarab xarajatlar qilinishi zarur bo‘ladi. Budjet siyosati
shundan kelib chiqqan holda budjet defitsitiga yo‘l bermaslikni,
defitsit yuz bergan
taqdirda ham, bu me’yorida bo‘lishiga qaratiladi. Budjet siyosati davlatning ichki va
tashqi qarzining ham me’yorida bo‘lishini ta’minlashi zarur.
Dostları ilə paylaş: