O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
Qisqacha xulosalar
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda davlat shakllangan ijtimoiy-
iqtisodiy holat, to‘plangan tajriba, tanlangan rivojlanish modeli va strategik 
maqsadlaridan kelib chiqib o‘zgarib turuvchi usullar va vositalardan foydalanadi. 
Davlat tomonidan tartibga solish huquqiy, ma’muriy va iqtisodiy usularga 
bo‘linadi. 
Mamlakat hududlari va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida umumdavlat 
manfaatlarini hisobga olgan holda resurslarni qayta taqsimlash davlatning muhim 
funksiyalaridan biridir. Bu funksiyani bajarishda davlat fiskal siyosat vositalaridan 
foydalanadi. 
Davlat sektoriga davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va 
davlat ishtirokidagi tashkilotlar kiradi.
Makroiqtisodiy siyosatning bosh vositalari bo‘lib budjet-soliq (fiskal) va pul-
kredit (monetar) siyosati hisoblanadi. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari qaysilar? 


24 
2.
Ma’muriy vositalarga nimalar kiradi?
3.
Iqtisodiy vositalar orasida amortizatsiya siyosati qanday rol o‘ynaydi? 
4.
Davlat sektori nima? 
5.
Makroiqtisodiy siyosat olib borishni asosiy vositalari qaysilar? 


25 
3-BOB. IQTISODIY O‘SISH VA UNI TA’MINLOVCHI OMILLAR 
3.1. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash – makroiqtisodiy siyosatning 
bosh maqsadi 
Iqtisodiy o‘sish deganda, kishilarning talab – ehtiyojini qondirish uchun zarur 
bo‘lgan moddiy mahsulot va xizmatlarni, ya’ni barcha noz-ne’matlarni ishlab 
chiqarishning ko‘payib borishi tushuniladi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat iste’mol 
buyumlari, balki ishlab chiqarish vositalari, ya’ni resurslarni ham ko‘plab ishlab 
chiqarishini anglatadi, chunki o‘sish jamiyat a’zolarining joriy iste’molini qondirish 
bilan cheklanmay, kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali bo‘lg‘usi 
iste’molni qondirishni ham mo‘ljallaydi. Ishlab chiqarish faoliyati jamiyat hayotining 
birlamchi asosi bo‘lganligi uchun iqtisodiy o‘sish ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy 
zamin yaratib beradi. Jamiyatdagi chuqur va sifatli o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sish 
sur’atlariga qarab yuz beradi. Hozirgi bosqichda jamiyat hayotidagi shiddatli 
o‘zgarishlar barqaror o‘sish natijasidir. Iqtisodiy o‘sish jamiyatdagi ishlab chiqarish 
hajmini yoki aholi jon boshiga yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar hajmini ortib 
borishi bilan o‘lchanadi. Uni albatta real yalpi milliy mahsulot yoki real milliy 
daromadning ko‘payishi ifoda etadi. 
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab 
chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. Iqtisodiy 
o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial 
YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish 
natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi – cheklangan resurslardan 
samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi.
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil 
qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. 
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon 
boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD 
ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish 


26 
daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq 
deb qaraladi. Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi.
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash 
darajasi 
oshishini 
bildirsa, 
investitsiyalar 
hajmining 
o‘zgarishi 
resurs 
imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. 
Iste’mol va investitsiya o‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol 
miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy 
o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi. 
Xususan, bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotgan bir 
paytda, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish manbalari va shart-sharoitlari sifatida 
quyidagilarni keltirib o‘tish joizdir: tabiiy resurslar; jamg‘arilgan jismoniy kapital; 
ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyat; inson kapitalining rivojlanish darajasi; 
tashqi iqtisodiy aloqalarning o‘sish darajasi (jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi 
darajasi) va boshqalar. 
Barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari yuqori qo‘shimcha qiymatga ega 
bo‘lgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish salohiyati, zamonaviy xizmatlar turlari 
va qulay infratuzilmani, shuningdek qishloq xo‘jaligini optimal darajada o‘sishi 
hisoblanib, ularni mutanosib rivojlantirish pirovardida yashash sifatini doimiy oshirib 
borishga qaratilgan bo‘ladi. 
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, 
milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan 
samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning 
paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga 
olib keladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin