20
aylanishi ancha sustdir. Davlat firmalarining rentabelligi xususiy firmalarga
qaraganda odatda past bo‘ladi. Davlat sektorining bozor xo‘jaligi
sharoitida faoliyat
ko‘rsatishi tamoyillari xususiy firmalarning tamoyillaridan bir qancha farq qiladi va
davlati sektorini umumdavlat iqtisodiy masalalarini hal etishga qaratilgan va xususiy
xo‘jaliklar daromadini oshirishga imkoniyat yaratishga qaratilgan.
Infratuzilma, energetika, xom - ashyo tarmoqlari, ITTKI, xodimlarni tayyorlash
va qayta tayyorlashda, atrof - muhitni himoya qilish sohalari yakka hokimli foyda,
ko‘pincha umuman foydaning o‘zi davlat sektorining
birinchi darajali maqsadi
hisoblanmaydi. Negaki ushbu sohalardan yuqori foydani hech kim talab qilmaydi,
zararlar esa budjet hisobidan qoplanadi. Shu sababli davlat sektori arzon xizmatlardan
kelib chiqib xususiy sektordagi chiqimlarni kamaytiradi.
Davlat sektori aktiv ravishda iqtisodiyotni davlat vositalari orqali boshqarishda
qo‘llaniladi. Chunki, kon’yunkturani yomonlashgan sharoitida,
depressiya yoki
inqiroz holatida, xususiy sarmoya sarflash qisqarganda davlat sektoriga investitsiyalar
o‘sishi ko‘payadi. Shunday qilib, hukumat organlari ishlab chiqarishni pasayishi va
ishsizlikni o‘sishiga qarshi harakat qilishga intiladi.
Davlat sektori davlatning tarkibiy siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Faoliyat
sohalari, tarmoqlar yoki hududlarga xususiy sarmoya yetarli
darajada yetib bormasa
davlat yangi obyektlarni tashkil etadi yoki eskilarini kengaytiradi va qayta quradi.
Shunday qilib davlat sektori ITTKI xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda katta
rol o‘ynaydi. Davlat firmalari tashqi savdo, chet elga sarmoyalarni chiqarish,
ko‘pincha milliy sarmoyani qaysi bir mamlakatga joylashtirish yoki kiritishda
ko‘ngilli rolida chiqishadi.
Davlat
sektorining olchami, uning milliy iqtisodiyotdagi hissasi nafaqat yangi
qurilishlar, sotib olishlar natijasida o‘zgaradi, balki davlat sektorini rentabeli va qayta
qurilgan obyektlarni xususiylashtirish va xususiy sarmoyalarga sotish oqibatidir.
Dostları ilə paylaş: