O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


Makroiqtisodiy siyosat deganda davlat tomonidan iqtisodiyotning asosiy



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Makroiqtisodiy siyosat deganda davlat tomonidan iqtisodiyotning asosiy 
umumiy vazifalarini belgilash va bu vazifalarni amalga oshirishning zarur 
vositalaridan foydalanish borasidagi chora-tadbirlari tushuniladi. 
Makroiqtisodiy siyosatning asosiy tiplari sifatida 
budjet-soliq
va 
pul-kredit 
siyosati
o‘zaro farqlanadi. 
Asosiy vazifalar bo‘lib to‘liq bandlilik, Inflatsiyaning oldini olish, iqtisodiy 
o‘sish va to‘lov balansining barqarorligi hisoblanadi. 
Budjet-soliq siyosati Moliya vazirligi rahbarligida amalga oshiriladi va 
davlatning soliq tizimi va davlat xarajatlaridan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning 
maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanish borasidagi faoliyatidan iborat. 


11 
Boshqa bir ta’rifga ko‘ra, budjet-soliq siyosati-hukmatning to‘liq bandlilik, to‘lov 
balansining muvozanati va iqtisodiy o‘sishni (noinflatsion YaIM ishlab chiqarish 
sharoitida) ta’minlashga qaratilgan, davlat xarajatlari, soliqqa tortish va davlat budjeti 
holatini o‘zgartirish borasidagi chora-tadbirlari majmuidir. 
Budjet soliq siyosatining quyidagi maqsadlari ajratib ko‘rsatiladi: 
-iqtisodiyotdagi davriy tebranishlar darajasini pasaytirish; 
-barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; 
-inflatsiyaning mo‘tadil darajasini ta’minlagan holda bandlilikning yuqori 
darajasiga erishish; 
-to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash. 
Pul-kredit siyosati mamlakat markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. U pul 
aylanishining va mamlakat pul tizimining barqarorligini, noinflatsion iqtisodiy 
o‘sishni ta’minlash, ishsizlikni cheklash, to‘lov balansini barqarorlashtirishga 
qaratiladi. 
Bu yakuniy maqsadlarga oraliq mo‘ljallar hisoblangan pul massasi, foiz stavkasi 
va almashinuv kursini tartibga solish orqali erishiladi. 
Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari bo‘lib hisob stavkasi (qayta 
moliyalashtirish stavkasi), depozitlarni majburiy zaxiralash me’yori va ochiq 
bozordagi operatsiyalar hisoblanadi. 
Investitsiya siyosati, tarkibiy siyosat, ijtimoiy siyosat, tashqi savdo siyosati va
valyuta siyosati makroiqtisodiy siyosat ko‘rinishlariga budjet-soliq va pul-kredit 
siyosatining

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin