10
Davlat ilmiy asoslangan pul-kredit va soliq budjet siyosatini yuritgan holda
iqtisodiyotni zarur pul miqdori bilan ta’minlaydi. Ishlab chiqarish omillari
mulkdorlarining investitsion faoliyatini soliqdagi ayovchanlik va davlat xarajatlari
orqali rag‘batlantiradi.
Davlat ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosat yuritadi. Davlat hududlar o‘rtasidagi
farqlarni yaqinlashtirishga (tenglashtirish)ga moddiy sharoit yaratadi. Shuningdek,
hududlarning geografik tarixini, milliy-madaniy xususiyatlarini ham inobatga oladi.
Davlat antimonopol va antiinflyasion siyosat yuritadi. Usiz iqtisodiyot samarali
rivojlana olmaydi. Inflatsiya va monopoliya raqobatli bozor iqtisodiyotining doimiy
kasalidir. Bozor mexanizmi davlat aralashuvisiz uni davolay olmaydi.
Davlat tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga rahbarlik qiladi. Bozor
bunday vazifani bajara olmaydi. Bu tashqi savdo siyosati, to‘lov balansi, valyuta
kursiga ta’sir kabilardir. Bozor mexanizmi ish kuchining xalqaro oqimini, tovar va
pul kapitalini nazorat eta olmaydi.
Davlatning aholini ijtimoiy tovarlar bilan ta’minlash funksiyasi, bozor
mexanizmi inson ehtiyojlarini to‘la ta’minlay olishga ojiz. Shunday ehtiyojlar borki,
ularni pul bilan ta’minlab bo‘lmaydi. Bular – yurt tinchligini saqlash. Bu ne’matlar
iste’molida jamiyatning a’zosi sifatida har bir inson qatnashadi.
Makroiqtisodiy siyosat esa yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirishning eng
muhim vositasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: