O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

1.2.
 
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish zaruriyati 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining samarali faoliyat ko‘rsatishida davlat, 
uning institutlari va tarkibiy tuzilmalari muhim rol o‘ynaydi. Bunda, bir tomondan, 
bozor va ikkinchi tomondan, davlatning tartibga solish mexanizmlari o‘rtasidagi 
nisbat hal qiluvchi ahamiyatga egadir. XX asr davomida jahon iqtisodiyoti 
rivojlanishining turli bosqichlarida bozor va davlat tomonidan tartibga solish 
mexanizmlarida navbatma-navbat kuchayishlar va pasayishlar kuzatildi. Shunga mos 
ravishda, ayrim davrlarda iqtisodiy nazariya va siyosatda davlatning rolini 
kuchaytirish konsepsiyasi ustunlik qilib kelgan bo‘lsa (o‘tgan asrning 40 - yillaridan 
to 70-yillargacha iqtisodiy nazariyada hukmronlik qilib kelgan keynscha ta’limot), 
keyingi davrlarda iqtisodiy rivojlanishda bozor tomonidan tartibga solish 
mexanizmining cheklanmagan imkoniyatlari konsepsiyasi (XX asrning 80-90-
yillarida katta mavqega ega bo‘lgan monetarizm, neoliberalizm va boshqa iqtisodiy 
nazariyalar) hukmronlik qildi.
Iqtisodiyot va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar chegarasi bo‘yicha 
hozirgacha iqtisodchilar orasida yagona fikr yo‘q. Bu masalada iqtisodchilar fikrini 
ikki guruhga bo‘lish mumkin. 
Angliyalik mashhur iqtisodchi Adam Smit asos solgan klassik ta’limot 
tarafdorlari iqtisodiyotni mukammal, o‘z-o‘zini tartibga solib turuvchi tizim hisoblab, 
davlatning unga aralashuvi iloji borija past darajada bo‘lishini ma’qullaydilar. A. 
Smit ta’biri bilan aytganda, davlatning vazifasi “tungi qorovul” sifatida chegaralar 
daxlsizligi va ichki tartibni ta’minlash bilan cheklanmog‘i lozim. 
A. Smit vatandoshi Djon M. Keyns asos solgan “keyns”cha ta’limot 
tarafdorlari esa zamonaviy iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi bozor mexanizmining 
mukammal emasligini ko‘zda tutib, davlatning iqtisodiyotga faol ta’sir ko‘rsatishi 
lozimligini ta’kidlaydilar. Ikkala ta’limot ham bugungi kunda amaliyotda sof holda 
qo‘llanilmasada, iqtisodchilar o‘rtasida hanuzgacha qizg‘in munozaralar keltirib 
chiqaradi va o‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda.



Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichida davlatning tartibga solish roli 
nafaqat davlat sektori, balki xususiy sektorga nisbatan ham muntazam kuchayib 
borayotganligini kuzatish mumkin. 
Iqtisodiyotni 
bozor 
munosabatlariga 
yoki 
ma’muriy-buyruqbozlikka 
asoslanishidan qat’iy nazar uni davlat tomonidan tartibga solish har qanday hukumat 
uchun obyektiv zaruriyatdir.
“Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishdeganda davlat muassasalari 
tomonidan amalga oshiriladigan va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik, ijroiya va nazorat xarakteriga ega 
bo‘lgan chora-tadbirlar tizimi tushuniladi”
1
. Davlatning iqtisodiy siyosati xo‘jalik 
yuritish subyektlari va uy xo‘jaliklari moliyalarining mustahkamlanishiga, milliy 
kapitalni jamg‘arilishiga, milliy tovar ishlab chiqaruvchilar uchun kredit resurslarini 
olishning osonlashuviga ko‘maklashishi lozim. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning aniq yo‘nalishlari, shakllari 
va ko‘lamlari mamlakatning ma’lum davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bilan 
belgilanadi. 
Davlatning iqtisodiy sohani boshqarishdagi asosiy vazifasi – bu aholining 
muttasil oshib boruvchi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan moddiy ishlab 
chiqarishning o‘sishini ta’minlashdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sof ko‘rinishda hech bir 
mamlakatda uchramaydi. Rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy mexanizm uzaro 
bir-birini to‘ldiruvchi xarakterda bo‘lgan ikki blokdan iborat: bozorning o‘zini-o‘zi 
tartibga solish mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solish. O‘z navbatida, 
davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi turli mamlakatlarda turlichadir. Misol 
uchun Skandinaviya mamlakatlarida (Shvetsiya, Niderlandiya, Daniya va b.) davlat 
iqtisodiy jarayonlarga Shimoliy Amerika mamlakatlaridan (AQSh, Kanada) ko‘ra 
faolroq ta’sir ko‘rsatib keladi. 
1
Нуреев Р.М. Экономика развития: модели становления рыночной экономика: учебник. – 2-е 
изд., перераб. и доп. – М.: Норма,2008., с.58 




Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin