14
2-BOB. MAKROIQTISODIY SIYOSAT OLIB BORISH VOSITALARI
2.1.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda davlat shakllangan ijtimoiy-
iqtisodiy holat, to‘plangan tajriba, tanlangan rivojlanish
modeli va strategik
maqsadlaridan kelib chiqib o‘zgarib turuvchi usullar va vositalardan foydalanadi.
Davlat tomonidan tartibga solish huquqiy, ma’muriy va iqtisodiy usularga
bo‘linadi.
Iqtisodiyotni huquqiy tartibga solish o‘z ichiga turli mulk shaklida bo‘lgan
korxonalar va bozor tarkiblari (birja, banklar, aksiyadorlik korxonalari) faoliyat
ko‘rsatishi me’yorlarini ta’minlovchi qonunlarni ishlab chiqish va qo‘llash,
antimonopol tartibga solish, iste’molchilar huquqlari va jamiyat manfaatlarini himoya
qilish, tadbirkorlar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi vositachilik va hokazolarni
qamrab oladi. Shuningdek, bozor sharoitlariga mos bo‘lgan yangi soliq qonunchiligi,
aholini ijtimoiy himoyalovchi qonunlar tizimi lozim. O‘tish iqtisodiyoti sharoitlarida
davlat mulkini xususiylashtirish, kichik va xususiy biznesni qo‘llab-quvvatlash
jarayonlarini huquqiy ta’minlash talab qilinadi.
Iqtisodiy tartibga solishning ma’muriy usullari iqtisodiy faoliyatning alohida
sohalari yoki aholi
qatlamlari uchun taqiqlash, ruxsat berish va majburiy chora-
tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Ma’muriy chora-tadbirlar orqali, misol uchun,
monopolistlar va ijtimoiy ahamiyati yuqori tovarlar narxlari ustidan davlat nazorati
yurgiziladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tizimida milliy iqtisodiyot manfaatlarini himoya
qilish uchun alohida tovar yoki tovar guruhlari uchun eksport va import kvotalarini
o‘rnatish, tashqi savdoni litsenziyalash usullaridan foydalaniladi. Ma’muriy usullar
asosan, atrof-muhit va sog‘liqni saqlash sohalarida keng qo‘llaniladi.
Tartibga solishning yaxlit iqtisodiy usullar tizimini yaratish davlatning o‘tish
davridagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda quyidagilardan
foydalaniladi:
budjet-soliq siyosati;
pul-kredit siyosati;
15
narxlar orqali tartibga solish;
amortizatsiya siyosati;
bevosita tartibga solish usullari – davlat buyurtmasi, kvotalar, litsenziyalar,
bevosita budjetdan moliyalashtirish.
Davlat tomonidan tartibga solishning alohida shakli bo‘lib bashoratlash va
dasturlar ishlab chiqish xizmat qiladi. Umuman mamlakat, iqtisodiy va ijtimoiy
sohaning
alohida tarmoqlari, mintaqalar, shuningdek, faoliyat turlari ham
(iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb qilish, xususiylashtirish, bandlik, va
hokazolar) ularning obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish amaliyoti rivojlangan
bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ham qo‘llanilsada, bozorga o‘tish
davrida
iqtisodiyotni tartibga solishning ushbu usuli ahamiyatiga ko‘ra har doimgidan ham
yuqoriroq bo‘ladi. Bashoratlash va dasturlashda rivojlanishning strategik va taktik
maqsad va vazifalari, unga erishishning bosqichlari va chora-tadbirlari, uni amalga
oshirishning tegishli vositalari aniqlanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimi to‘liq ravishda
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga,
ichki va tashqi omillardagi
ehtimoldagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda uning barqaror rivojlanishiga
yo‘naltirilishi lozim.
Bozorga o‘tish sharoitida iqtisodiyotni samarali boshqarish vazifasini davlat
tomonidan amalga oshirishda muhim shart-sharoitlardan biri bo‘lib iqtisodiy va
siyosiy muhitda professional harakat qila oladigan davlat boshqaruvi va apparati
tarkibini shakllantirish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni
davlat
tomonidan
boshqaruv
tizimi
tarkibida
tegishli
vazirliklarning hududiy va viloyatlarning iqtisodiy organlari, shuningdek,
tumanlar
va shaharlar va qishloq ma’muriy organlari muhim o‘rin tutadi. Iqtisodiyotni va
ijtimoiy sohani boshqaruvchi respublika organlaridan joylarda soliq, tabiiy resurslar
va atrof-muhit, mehnat va ijtimoiy himoya, moliya va statistika masalalariga ma’sul
tegishli vazirlik va davlat qo‘mitalarining bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi.
16
Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida
shakllangan iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimi mamlakat iqtisodiy-
ijtimoiy hayotida kechayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda tizimning to‘liq
samaradorligini oshirish yo‘nalishida takomillashib boradi.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish vazifasi umumdavlat va mintaqaviy muammolarni yechishda tarmoq
va hududiy boshqaruv organlari o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarning
samaradorligini
oshirishni talab etadi. Bu esa pirovard maqsadda mamlakatning barqaror rivojlanishi
bosqichiga o‘tishni ta’minlab beradi.
Dostları ilə paylaş: