O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


-rasm. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari (modellari)



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

3.1-rasm. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari (modellari) 
Dj. Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni 
marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini Dj. Mid “Iqtisodiy 
o‘sishning neoklassik nazariyasi” (1961-yil) nomli kitobida ifodalagan.
Mehnat va texnik taraqqiyot o‘sish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib Dj. Mid 
quyidagi xulosaga keldi: iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atiga kapital o‘sishning 
barqaror sur’atlari va uning milliy daromad o‘sish sur’atlari bilan tengligi sharoitida 
erishiladi. Agar kapital oshishining sur’atlari milliy daromad o‘sishi sur’atlaridan 
Iqtisodiy o

sish nazariyalari 
 
Nazariyalar 
 
Ilmiy maktab vakillari 
 
Nazariya mohiyati 
Yangi kеynscha 
nazariya 
Yangi klassik nazariya 
Empirik nazariyalar 
Endogеn o‘sish 
nazariyalari 
R. Xarrod, Е. Domar 
R. Solou, J. Mid 
E. Dеnison, R. Barro 
R. Lukas, P. Romеr 
O‘sishning yagona omili 
– kapital. Talabning 
o`sishi taklifning 
o`sishiga tеngdir 
Iqtisodiy o‘sish 
manbalari – 
invеstitsiyalar, ishchi 
kuchi soni va tеxnika 
taraqqiyotidir 
Iqtisodiy o‘sish 
manbalari – mеhnat va 
kapital, mеhnat 
unumdorligining ortishi 
Iqtisodiy o‘sishning 
asosiy omili – inson 
kapitalining sifati 


38 
oshsa, unda bu jamg‘arish sur’atlarining o‘z-o‘zidan pasayish sur’atlariga olib keladi. 
Dj. Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan foydalanilgan holda 
barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu resurslarning zarur bandligi va 
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan daromad va jamg‘armalarning qayta 
taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi. 
Iqtisodiy o‘sishning zamonaviy nazariyalari shakllanishiga iqtisodiy o‘sishga 
turli omillarning ta’sirini o‘rganishga yo‘naltirilgan empirik tadqiqotlar ulkan hissa 
qo‘shdi. Bu sohada izlanishlar olib borgan eng yirik tadqiqotchilardan biri
Edvar Denison (1915-1992-yillar)dir. Amerikalik iqtisodchi inson omili ta’sirini 
o‘lchash uchun faqat ish kuchi sonigina emas, balki mehnat unumdorligining 
xodimning yoshi va jinsi, ma’lumoti va kasbiy tayyorgalik darajasiga bog‘liqligini 
ham hisobga olgan. 
E. Denisonning fikriga ko‘ra, mehnat unumdorligining iqtisodiy o‘sishga ta’siri 
quyidagi jarayonlar natijasida ro‘y beradi: 
- texnologik bilimlarning kengayishi yoki ishlab chiqarishni tashkil etishni 
takomillashtirish; 
- “boy berilganni qoplash”, ya’ni taraqqiy etgan davlatlar tomonidan qoloq 
mamlakatlarga amaliy bilimlarni taqdim etish. Bu qoloq mamlakatlarga rivojlangan 
davlatlarning eng maqbul iqtisodiy o‘sish darajasiga yaqinlashish imkonini beradi; 
- ishlab chiqarishning jismoniy omillarini joylashtirishni yaxshilash hamda 
ularni eng yuqori samara beradigan tarmoq va mintaqalarda qo‘llash; 
- iqtisodiyot ko‘lamlarini kengaytirish, ayni paytda ishlab chiqarishni 
ixtisoslashtirishni rivojlantirish va milliy bozorlarni rivojlantirish. 
Pol Romer (1955-yilda tug‘ilgan) va Robert Lukas (1937-yilda tug‘ilgan)
1980-yillar oxiri va 1990-yillarning boshlarida Solou modelidan qoniqmagan holda 
endogen iqtisodiy o‘sish nazariyasini yaratdilar. Bu nazariya texnologik taraqqiyotni 
matematik tushuntirishni nazarda tutar edi va o‘z ichiga ishchilar faoliyati samarasini 
oshiradigan bilim, malaka va qobiliyatni ifodalaydigan inson kapitali tamoyilini ham 
olgan edi. Boshqa kapital shakllaridan farqli ravishda inson kapitalining rentabelligi 
o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Shuning uchun mamlakatning iqtisodiy o‘sishi 


39 
kapital to‘plangan sari sekinlashmaydi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari kiritilayotgan 
kapital turiga bog‘liq bo‘ladi. Inson kapitalini oshiradigan omillar sifatida esa ta’lim 
va innovatsiyalar keltiriladi.
Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o‘rganadigan bo‘lsak, bugungi 
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to‘liq qo‘llanilayotganligini ko‘rishning iloji 
yo‘q deb o‘ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda 
asosiy e’tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat 
boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samaradorlik 
jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi.
Bizning fikrimizcha, biror davlat o‘z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish 
yo‘lida ayni bir iqtisodiy o‘sish modelini tanlamasdan, o‘z mamlakat tabiiy, ijtimoiy 
hamda iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urf-odatlari, an’analari 
va mentalitetidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy o‘sish modelini ishlab chiqishi 
lozimdir. Shundan so‘ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi ta’sirlarga 
sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo‘ylab sodir bo‘layotgan 
inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo‘ladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin