35
3.3. Iqtisodiy o‘sish modellari
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish
hamda uning
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlar pirovardida turli
iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Iqtisodiy o‘sish modellari yalpi
ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil
etish imkonini beradi.
Barcha iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham real
jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va
tenglamalarda aks ettiriladi.
Odatda iqtisodiy o‘sishning quyidagi nazariyalari farqlanadi:
- iqtisodiy o‘sishning yangi keynscha nazariyalari;
- iqtisodiy o‘sishning yangi klassik nazariyalari;
- iqtisodiy o‘sishning empirik nazariyalari;
- endogen o‘sishning yangi nazariyalari(3.1-rasm).
Ushbu yo‘nalishlar doirasida esa iqtisodiy o‘sishning
turli nazariy modellari
yaratila boshlandi. XX asrning o‘rtalarida keynschilikning makroiqtisodiy muvozanat
nazariyasi asosida yangi yo‘nalish, ya’ni neokeynschilik vujudga keldi. Iqtisodiy
o‘sishning dinamik modellarini ishlab chiqqan neokeynschilik vakillari orasida ingliz
iqtisodchisi Roy Xarrod (1900-1978-y.) o‘z modelida ishchi kuchi, aholi jon boshiga
daromad va naqd kapital o‘sishi o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq qildi. U milliy
daromadning kapital sig‘imlilik darajasini ifodalovchi “kapital koeffitsienti”
tushunchasini yaratdi. R. Xarrod kapital sig‘imlilik mezonidan texnika
taraqqiyotining iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilishda foydalandi.
Amerikalik iqtisodchi neokeynschilik yo‘nalishi vakili Evsey Domar (1914-
1997-yillar) ham R. Xarrod tadqiqotlaridan bexabar ravishda
mutanosib iqtisodiy
o‘sishning biroz boshqacharoq modelini taklif etdi. U J.M. Keynsning investitsiyalar
daromadni shakllantirish orqali talabni oshiradi, degan fikriga qo‘shimcha qilib,
investitsiyalar bir vaqtning o‘zida tovarlar taklifining oshishiga ham olib keladi, deb
ta’kidlaydi. E. Domar va R. Xarrod modellarida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi
omil sifatida investitsiyalar keltiriladi, chunki ular multiplikativ ta’sirga
ega va
36
shuning uchun barqaror o‘sishni ta’minlaydi. Ushbu modelda J. Keynsdan farqli
o‘laroq takror ishlab chiqarish jarayoni uzoq muddatli davr dinamikasida tadqiq
qilingan. Xarrod-Domar modeli bozor iqtisodiyotining o‘z-o‘zini boshqarish
imkoniyatiga ega bo‘la olmasligini asoslab berdi.
Ushbu
modelni
respublikamiz
iqtisodiyotida
qo‘llaydigan
bo‘lsak,
mustaqillikning datlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda
qator izchil islohotlar
olib borilib, mamlakatda yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga hamda iqtisodiy
rivojlanishga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan investitsiyalarga katta e’tibor berib
kelinmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy
texnika va texnologiyalar
bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun
investitsiyalarni jalb qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega. So‘nggi vaqtlarda
respublikamizda investitsion muhitni sog‘lomlashtiruvchi va mustahkamlovchi
iqtisodiy-siyosiy vaziyat tendensiyasi hukm surmoqda.
Iqtisodiy o‘sishning yangi klassik ilk nazariyalari 1950-1960- yillar oralig`ida
paydo bo‘ldi. O‘sha davrda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini foydalanilmayotgan quvvatlar
hisobiga emas, balki yangi texnikalarni joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish va
ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga jadallashtirish muammosi
birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi Robert Solou
va ingliz iqtisodchisi Jeym Smit va boshqalar) nazariyasining
metodologik asosini
ishlab chiqarish omillarining klassik nazariyasi tashkil etadi. Ma’lumki, bu
nazariyada mehnat, kapital va yer ijtimoiy mahsulotni hosil qilishning mustaqil
omillari sifatida talqin etiladi. Shu bilan birga, yangi klassik nazariyada ishlab
chiqarish omillari egalari tomonidan olinayotgan daromadlar bu omillarning eng ko‘p
miqdordagi mahsulotlari tomonidan belgilanishi g‘oyasi
ilgari surilgan eng yuksak
unumdorlik nazariyasiga ham tayanadi.
Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924-yilda tug‘ilgan) o‘z modelida
jamg‘armalar, mehnat resurslari o‘sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi turmush
darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. R. Solouning
asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kapital qo‘yilmalar
37
oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan,
uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali
foydalanish iqtisodiy
o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: