4-BOB. IQTISODIY TEBRANISHLAR VA ULARNING IQTISODIY
O‘SISHGA TA’SIRI
4.1
. Iqtisodiy tebranishlar va ularning kelib chiqish sabablari
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o‘rganish, ulardan hech biri uzoq
muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy
rivojlanish xos ekanligini ko‘rsatadi
.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriy tebranishga
iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi
. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‘tish
davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning
barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (4.1-rasm).
4.1-rasm. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi
Iqtisodiy davrlar to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy
rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo‘lib, u “
cho‘qqi
” deb
yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to‘liq bandlik, ishlab chiqarish to‘la quvvatda
ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining o‘sish holati
kuzatiladi.
Keyingi bosqich
pasayish (retsessiya)
bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va
bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‘sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich
42
faol va uzoq davom etsagina bahoning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin.
Pasayishning quyi
nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi
va turg‘unlik davri boshlanadi.
Ko‘tarilish
bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib,
ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq bandlik darajasiga
erishiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo‘lsada,
ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra o‘zaro farq qilib turadi. Shuning uchun
ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy
tebranishlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning
asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko‘rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va
texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-
texnika yutuqlarini qo‘llash natijasida iqtisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan
avtomobilning yaratilishi yoqilg‘i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo‘l qurilishi
materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar
ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan
resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim
ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy
vaziyatlarga bog‘lashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga bog‘laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni,
davlat qanchalik ko‘p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va
aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo‘lsa, ishlab chiqarish ko‘lamining pasayishi
va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni
baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab
chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar
miqdoriga bog‘liq, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‘z tovar
va xizmatlarini ularga talab bo‘lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab
katta bo‘lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish
43
foydali emas. O‘z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham,
aynan shu sababli, past bo‘ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab
chiqarishning o‘sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish,
bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini,
ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini
qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan
biridir.
Shu o‘rinda quyidagi misolni keltiramiz. 2008-yilda yuzaga kelgan jahon
moliyaviy -iqtisodiy inqirozi dunyodagi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda
makroiqtisodiy berqarorlikni keltirib chiqardi. Bu inqiroz Amerika Qo‘shma
Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi.
So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning
likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi.
Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va
aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning
barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish
sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy
oqibatlarni keltirib chiqardi.
Dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz etarlicha
to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lgan
qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi
hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsada, AQSh bozorlari bunday likvidli ko‘chmas
mulklarga etarlicha “to‘yindi” va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning
ustiga investitsion banklarning AQSh ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy
“mahsulot” hisoblangan aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo‘yicha operatsiyalarining
avj olishi ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi.
AQSh iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit resurslariga
to‘yindi va bu Federal zaxira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kredit siyosatini
o‘zgartirishiga olib keldi. Natijada 2004-2006-yillarda Federal zaxira tizimi foiz
44
stavkalarni 6,25foiz gacha ko‘tardi. Kreditlarning qimmatlashuvi aholini ipotekaga
nisbatan talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar
to‘lovining qisqarishiga olib keldi. Pirovard natijada 2007-yil boshida AQShda
aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaydi.
Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko‘ra
to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish holati kengaydi. Banklarning to‘lov qobiliyatiga
ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida
ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib
keldi.
Pirovard natijada 2007-yil boshida AQShda aholining ipoteka kreditlarini
qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi
bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko‘ra to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish holati
kengaydi. Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas
mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib,
bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib keldi.
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy
sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod
ortiqcha erkinlashtirish siyosatining “mevasi” ekanligini, ya’ni “o‘z-o‘zini
boshqaruvchi bozor” g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va
xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini cheklanganligi bilan ham izohlamoqdalar.
Yuzaga kelgan global moliyaviy – iqtisodiy inqiroz jahonning asosiy moliyaviy
markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mamlakatlar
iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy
inqiroz inflatsiya, qator banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi
ta’sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va boshqalar negizida
iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko‘rinadiki, hozirgi jahon
moliyaviy inqirozining o‘ziga xos xususiyati – bu uning iqtisodiyotning moliyaviy
sektoridan boshlanib, real sektoriga o‘tganligidir.
Global inqiroz bo‘yicha ko‘p sonli nashrlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki,
dunyoning rivojlangan davlatlari uchun inqirozning harakat nuqtasi moliyaviy
45
bozorlarning beqarorligi bo‘ldi va inqirozning rivojlanishi sxemasi quyidagi
ko‘rinishda bo‘ldi:
Dostları ilə paylaş: |