Qisqacha xulosalar Jamiyat a’zolarining xilma-xil va yuksalib borayotgan ehtiyojlarini
qondirishning birdan bir vositasi iqtisodiy o‘sishdir. Agar iqtisodiy o‘sish bo‘lmasa
hech qanday jamiyat rivojlana olmaydi, eski iqtisodiy tizim o‘rniga yangisi kirmaydi ,
xullas ijtimoiy taraqiyot yuz bermaydi . Bu obyektiv qonuniyat bo‘lib, aholi o‘sishi
va fan – texnika jarayonlari bilan bog‘langan. U milliy iqtisodiyotning rivojlanish
harakatini ko‘rsatadi va shu sababli vaqtning ma’lum davrlariga (chorak, yil va undan
uzoq vaqtga) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (YaIM va SMM) taqqoslash yo‘li bilan
o‘lchanadi.
Fikrimizcha, biror davlat o‘z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo‘lida ayni
bir iqtisodiy o‘sish modelini tanlamasdan, o‘z mamlakat tabiiy, ijtimoiy hamda
iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urf-odatlari, an’analari va
mentalitetidan kelib chiqqan holda, o‘z iqtisodiy o‘sish modelini ishlab chiqishi
40
lozimdir. Shundan so‘ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi ta’sirlarga
sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo‘ylab sodir bo‘layotgan
inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo‘ladi.
Mavzu yuzasidan savollar 1.
Iqtisodiy o‘sishning mazmuni va mohiyati qanday?
2.
Iqtisodiy o‘sishning qanday turlarini bilasiz?
3.
Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi va omillari haqida aytib
bering.
4.
Iqtisodiy o‘sishning qanday modellarini bilasiz?
5.
Iqtisodiy o‘sishning muddatiga ko‘ra qanday turlari mavjud?
6.
Iqtisodiy o‘sishga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatning qanday
turlarini bilasiz?
7.
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning qanday ustuvor
yo‘nalishlari mavjud?
8.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash qanday yo‘llarini bilasiz?