57
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Iqtisodiy tebranish deganda nimani tushunasiz?
2.
Inflatsiyaning mohiyati faqatgina
muomaladagi pul massasining
ortiqchaligi bilan izohlanishi to‘g‘rimi?
3.
Ishsizlik nima va uning qanday turlarini bilasiz?
4.
Inflatsiyani tushuntirib berishga keynchilarning va neoklassiklarning
yondoshuvlari qanday farq qiladi?
5.
Inflatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari haqida gapirib bering?
6.
Barqarorlashtirish siyosatining asosiy maqsadi nima?
7.
Makroiqtisodiy siyosatning eng asosiy vazifasi nima?
58
5-BOB. IQTISODIY BARQARORLASHTIRISHNING FISKAL
CHORALARI
5.1. Fiskal siyosat va uning mohiyati
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi.
Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali
ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, budjet-soliq siyosati deb ham aytiladi.
Budjet-soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida
iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan
chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan
vaziyatlarda davlat
tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni,
davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini
oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish
evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‘lishi va soliqlarni
kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada,
iqtisodiy
salohiyatning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank
tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat
xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi
mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat –
fiskal restriksiya olib
boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni
(T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning
davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab
inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda
stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan
chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo‘shimcha turtki
bo‘lishi mumkin.
59
Hukumatning bandlik darajasi,
ishlab chiqarish hajmi, inflatsiya sur’atlari va
to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi
natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini maqsadli
o‘zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret
fiskal siyosat yuritilganda
iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag‘batlantirish uchun davlat xarajatlarini
oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat budjeti kamomadi yuzaga
keltiriladi. O‘z navbatida davriy ko‘tarilish paytida budjet ortiqchaligi yuzaga
keltiriladi.
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni
yumshatishda muhim rol
o‘ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan
bog‘liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflatsion zo‘riqishning paydo bo‘lishi, bu
holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va
soliq tushumlarini o‘zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini
ta’minlash jarayonlarining har biri o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi.
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o‘zgaradi va ko‘rilgan chora-tadbirlar
ko‘tilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy
tebranishlarni avtomatik
tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini
avtomatik o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o‘rnatilgan
barqarorlashtirgichlarga
asoslanadi.
Rivojlangan
davlatlarda
o‘rnatilgan
barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va
foydada ishtirok etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni
yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish
sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi.
Bu esa jami
talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag‘batni yuzaga kelishiga olib
keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi
to‘lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib,
jami taklif hajmini
oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflatsion ta’sir
ko‘rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari
60
pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda davlat
xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham
pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to‘liq
yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.
Dostları ilə paylaş: