68
budjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni xaqiqiy soliq
to‘lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga
ustama ravishda qo‘yiladi.
Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni chetga
chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam
beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning
taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar
faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘gridan to‘gri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion
faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshirib yuborilsa,
korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga
to‘lovlari kamayishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini
kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band bo‘lgan
aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to‘gri soliqlar stavkasini
kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni
ko‘paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.
Jahon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu
mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy qiyinchiliklarni borligini tahlil
qilib berish mumkin. Masalan. AQShda to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining budjet
daromadida 90 foizga yaqin bo‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti
mavjudligidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan
foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘gri va egri soliqlar
yagona soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Umumiy soliq
summasi o‘zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini
oshirishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: