135
boshidan kechirishi tufayli bola tanglay, lab kamchiliklari, kemtiklari
bilan tug‘ilishi mumkin.
Talaffuzning noaniq bo‘lib, bolaning manqalanib gapirishi unda
rinolaliya borligini ko‘rsatadi.Biroq rinolaliya ochiq yoki yopiq, yo
bo‘lmasa, ikkalasi birga qo‘shilgan, aralash holda bo‘lishi mumkin.
Uning xilini aniqlash uchun og‘izni ochib,
artikulyatsion nutq
apparati ko‘zdan kechiriladi. Ochiq rinolaliyada tanglayda yopiq
borligi darhol ko‘zga tashlanadi.Agar
bolada yopiq rinolaliya
alomatlari birga qo‘shilgan bo‘lsa, aralash rinolaliyadir.Rinolaliya
qaysi holda bo‘lishidan qat’i nazar, u tabiatan organik va funksional
bo‘ladi.Rinolaliya ochiq, yopiq va aralash rinolaliya turlariga
bo‘linadi.
Dizartriya-so‘zlarni to‘la, ravon talaffuz qila olmaslik, talaffuz
nuqsonidir.U nutq apparati innervatsiyasida
kamchilik borligiga
bog‘liq bo‘ladi.Dizartriya uchun markaziy hamda periferik nerv
sistemasining organik kasalliklari natijasida
artikulyatsiya mushak-
larining falajlanish tufayli tovushlar talaffuzi va ovozning buzilishi
harakterlidir.
Dizartriya lotincha aynish-buzilish, ma’nosini bildiruvchi “ dis”
yuklamasi, artron - biriktirish, ulash degan so‘zdan olingan bo‘lib,
ma’noli ravon nutqning buzilishi degan ma’noni bildiradi.
Anartriya-bola nutqini tushunib bo‘lmaydi, bola xuddi og‘ziga
tolqon solib gapirganidek tuyuladi.Lekin
atrofdagilar nutqini bola
yaxshi tushunadi, idrok etish qobiliyati nisbatan saqlangan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: