2
UO‘K: 376(075)
KBK 74r
X-24
X-24 M.U. Xamidova. Maxsus pedagogika. – T.: «Fan va
texnologiya», 2018, 164+8 bet rasm.
ISBN 978–9943–11–857–7
Ushbu o‘quv qo‘llanma defektologiya yo‘nalishi 1-bosqich tala-
balari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, muallif talabalarni alohida yordamga
muhtoj bo‘lgan bolalar toifalari, ularni o‘qitish, tarbiyalash, ijtimoiy-
mehnatga moslashuvi masalalari bilan tanishtiradi. Bu bilimlar kelajak-
dagi pedagoglarga o‘quvchilardagi o‘zlashtirmovchilikning sabablarini
erta aniqlash va ota-onalarga ta’lim muassasalarini to‘g‘ri
tanlashga
yordam beradi.
UO‘K: 376(075)
KBK 74r
Taqrizchilar:
P.M.Po‘latova – p.f.n., dots.;
M.F.Xakimova – p.f.d., prof.
ISBN 978–9943–11–857–7
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2018.
3
SO‘Z BOSHI
Ushbu uslubiy qo‘llanmada alohida
yordamga muhtoj bolalar
toifalari, ularning rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Alohida yordamga muhtoj bola maxsus yondashuvni talab etadi.
Bolani shakllantirishni samarali amalga oshirish uchun har bir yosh
davrlarida bola rivojlanishining psixologik
qonuniyatlari haqidagi
bilimlarni chuqur egallash darkor. Ushbu qonuniyatlarni esa korrek-
sion
pedagogika, maxsus psixologiya fanlari o‘rganadi. Demak,
korreksion pedagogika va maxsus psixologiya
alohida yordamga
muhtoj bolalar realibitatsiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani yaratishda bir qator olimlar L.S. Vigots-
kiy, B.V. Zeygarnik, B.S. Bratus, V.V. Lebedinskiy, M.A. Vlasova,
M.V. Pevzner, G.E. Suxareva, A.E. V.G.Petrova, S.Ya.Rubinshteyn,
G.M.Dulnev, M.F.Gnezdilov, M.N.Petrova, R.E.Levina, O.P.Gavri-
lushkina, M.V.Ippolitova, A.R.Madler, G.V. Sikoto kabi va boshqa
aloxida yordamga muhtoj bolalarning ta’limi
va tarbiyasi muam-
molariga bag‘ishlangan ilmiy ishlari keng qo‘llanildi.
Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari, ularni o‘qitish, tar-
biyalash, ijtimoiy-mehnatga moslashuvi masalalari bilan tanishtiradi.
Bu bilimlar kelajakdagi pedagoglarga o‘quvchilardagi o‘zlashtir-
movchilikning sababalarini erta aniqlash va ota-onalarga ta’lim
muassasalarini to‘g‘ri tanlashga yordam beradi.
Shuningdek,
masalaga qiziqqan talaba,
magistrant,
ijtimoiy
pedagog, psixolog, tarbiyachi va o‘qituvchilar ham foydalana olish-
lari mumkin.
Qo‘llanmaning oxirida ushbu kitobda adabiyotlar ro‘yxati va
adabiyotlarda uchraydigan atamalar lug‘ati berilgan.