O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


 Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62
Maxsus pedagogika

5. Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari 
Bolalar bir-biriga o‘xshamaydilar. Bir-biriga o‘xshash bo‘lgan 
bolaning o‘zi mavjud emas. Bolalarning yoshlari bir xil bo‘lsada, ular 
bir-biridan farq qiladi. Ba’zi bolalar injiq, ba’zilar esa, aksincha xush-
chaqchaq, ba’zilari yaxshi kuylaydi, ba’zilari esa, aksincha ashula 
ayta olmaydilar.
Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko‘radi, eshitadi, 
biror narsa tekkanini, og‘riq, issiq, hid va ta’mni xis etadi. 
Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan, 
ya’ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan 
boshlanadi. 
Bolaning idroki hayotining dastlabki-yillaridayoq ancha tako-
millashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-
kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajra-
tadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko‘rish va ko‘z-
dan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga 
qarab ajratish, ko‘zi ko‘rayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish 
qobiliyati rivojlanib boradi. 
Bola turli taassurotlar olib turishi — buyumlarni ko‘rishi, ushlab 
bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi 
kerak.Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. 
Sensor qobiliyatlarning o‘z vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy 
tarbiyasi uchun zamin yaratadi. 
Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy 
jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. 
Bola nutqining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rivojlanishi aqliy rivojla-
nishining asosidir. Nutq ruxiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning 
rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar 


18 
nutqi rivojlana boshlashi bilan kattalar so‘zlarining tarbiyaviy vosita 
sifatidagi roli ortib boradi. 
Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq 
boshlanadi. Bola har kuni ko‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va 
tevarak-atrofdagi kishilarga o‘z munosabatini bildiradi, kattalarning 
xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo‘layotgan voqealarga bolaning 
beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati — bularning 
hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.
Bolaning xoh ona qornida, xoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib 
borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi 
turli xil jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlar, kamchiliklar-
ga olib kelishi mumkin. Korreksion pedagogika fanida alohida 
yordamga muhtoj bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi: 
Ular quyidagilardir:
1) eshitish kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar (kar, zaif eshi-
tuvchi bolalar, kech kar bo‘lib qolgan bolalar); 
2) ko‘rish qobiliyatida kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar (ko‘r, 
zaif ko‘ruvchi bolalar); 
3) aqli zaif bolalar; 
4) og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar; 
5) harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo‘lgan bolalar; 
6) ruxiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar. 
7) rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalar; 
8)autizm sindromli bolalar. 
Alohida yordamga muhtoj bolalar me’yorda rivojlangan teng-
doshlari orasida inklyuziv ta’limda yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim-
tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o‘qitilishi kerak. Bolaning 
umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan nuqsonlar-
gina uni alohida yordamga muhtoj bola deb hisoblashga asos bo‘lishi 
mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog‘i eshitsa-yu, bu nuqson 
uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u maktab 
tengdoshlari qatori o‘zlashtiradigan bo‘lsa, u alohida yordamga 
muhtoj bolalar toifasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma’lum 
sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan nuqsonlar ham ularning umumiy 
rivojlanishiga ta’sir etmasa, bu kishini alohida yordamga muhtoj deb 
hisoblash mumkin emas. 


19 
Alohida yordamga muhtoj bolalarning jismoniy yoki ruhiy 
rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin o‘zgarishlar bola shaxsi-
ning tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bunday 
bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit 
yaratalishi kerak, ya’ni ular maxsus ixtisoslashtirilgan maktabgacha 
tarbiya muassasalari va maktablarda yoki me’yorda rivojlangan teng-
doshlari orasida hamma qatori va agarda kerak bo‘lsa, maxsus dastur 
va darsliklar asosida o‘qitilishi va tarbiyalanishi zarurdir. 
Har qanday alohida yordamga muhtoj bolada kuzatiladigan nuq-
son markaziy yoki periferik nerv sistemasidagi organik yoki funk-
sional o‘zgarishlarga aloqador bo‘lishi mumkin. 
Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit
noto‘g‘ri tarbiya, ta’lim natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Ma-
salan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o‘qituvchining 
bolaga noto‘g‘ri munosabati va boshqa ko‘pgina sabablar bola rivoj-
lanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi 
o‘zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi o‘quvchilar orasiga qo‘shilib 
qolishiga sabab bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, biz bunday bolani alohida 
yordamga muhtoj bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning 
rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bo‘lmasin biror 
organik yoki funksional patologik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmay, 
balki boshqa sabablardan kelib chiqqan. 
Ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarni alohida 
yordamga muhtoj bolalardan farqlay oladigan bo‘lishlari kerak. 
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra har qanday nuqsonli rivojlanish 
tug‘ma yoki turmushda orttirilgan bo‘lishi mumkin. 
Tug‘ma nuqsonlar ko‘p jihatdan homilador onaning sog‘lig‘i va 
yashash sharoitiga bog‘liq. Ona qornidagi homilaning rivojlanishiga 
infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va boshqa omillar ta’sir etishi 
mumkin. Onaning homiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan 
og‘rishi, o‘zboshimchalik bilan turli dori darmonlarni bilar-bilmas 
iste’mol qilishi, bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga sabab bo‘lishi 
|mumkin. 
Tug‘ma nuqsonlar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham 
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan eshitish, ko‘rish analizatori faoli-


20 
yatining buzilishi, aqliy zaiflikning nasldan bolaga o‘tishi ham kuza-
tiladi (fenilketonuriya, Daun sindromi, rezus faktorning mos kelmas-
ligi va boshqalar). 
Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari 
ham bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. 
Turmushda orttirilgan nuqsonlar bola organizmiga tug‘ilish 
vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta’sir etishi nati-
jasida vujudga keladi. Tug‘ruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning 
kindigi o‘ralib, bo‘g‘ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar, ba’zan 
uning nuqsonli rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 
Bolaning ilk yoshligida (uch yoshgacha) turli kasalliklar bilan 
og‘rishi, masalan, meningit, meningoensefalit, otit, markaziy nerv 
sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan 
kechirishi ham nuqson rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Mamlakatimizda bolalarning jismoniy yoki ruxiy rivojlanishi-
dagi nuqsonlarning oldini olish yuzasidan ko‘pgina choralar ko‘ril-
moqda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. O‘zbekistonda 
aholini davolash-profilaktikasi kengaygani hamda meditsina 
sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan alohida yordamga muhtoj 
bolalr soni nisbatan kamaydi. Bolalarning chechak, o‘lat, tif, vabo, 
traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar 
orqasida alohida yordamga muhtoj bo‘lib qolish hodisalari uchrab 
turadi. Irsiy omillar hamda intoksikatsiya va organizm shaklla-
nayotgan paytda bosh miya, analizatorlarning zararlanishiga olib 
boradigan boshqa sabablar tufayli bolaning alohida yordamga muhtoj 
bo‘lib qolish hollari hali ham uchrab turadi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin