O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
Maxsus pedagogika

 
Savol va topshiriqlar 
1. Inklyuziv ta’lim tushunchasiga ta’rif bering? 
2. Xorijda integratsiyalashgan ta’lim-tarbiya mazmuni? 
3. Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari nechta? 


21 
II BOB. ANALIZATORLARIDA KAMCHILIKLARI BOR 
BOLALAR 
 
1. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar 
Ko‘rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida muhim 
ahamiyatga ega. Ko‘rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish 
bolaning ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tevarak-atrof 
haqidagi eng kuchli taassurotlar ko‘z bilan idrok etiladi. Bola ko‘rish 
qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoq-
yaqinligi, fazodagi o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘ladi. 
Tiflopsixologiyada ikki turlicha yo‘nalgan jarayon - ko‘rishda 
nuqsoni bo‘lganlarni nisbatan chuqur differensiatsiyalash: total ko‘zi 
ojiz; yorug‘likni his qiladigan ko‘zi ojiz; qoldiqli ko‘rishga ega ko‘zi 
ojiz; chuqur zaif ko‘ruvchi; zaif ko‘ruvchi. Bu tendensiyalar 
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixologik tavsifiga ta’sir 
o‘tkazadi, ko‘rish patologiyasi turli shakllarining bolalarning psixik 
rivojlanishiga ta’sir darajasi va kuchini, shuningdek, yakka tartibda 
ishlaganda va maxsus korreksiyalash mashg‘ulotlarida ularni kom-
pensatsiyalash imkoniyatlarini belgilaydi.
Ko‘rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra 
tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida 
irsiy kasalliklar (masalan, tug‘ma kataraktaning ba’zi shakllari va 
boshqalar), xomilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari 
bilan og‘rishi, xomila ko‘rish organlarining embrional rivojlanish 
paytda zararlanishi, miya o‘smasi va shu kabi kasalliklar katta rol 
o‘ynaydi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin