O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Ko‘rish va me’yordagi ko‘rish imkoniyatining rivojlanishi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
Maxsus pedagogika

Ko‘rish va me’yordagi ko‘rish imkoniyatining rivojlanishi 
4 yoshdan 7 yoshgacha bolalarning me’yoridagi ko‘rish 
rivojlanishi; 
• Abstrakt figura va belgilarni, taniy olish, farqlash va nusxasini 
yaratish; 
• Figuralardan andaza olish, chizish va ko‘chirish; 
• Bir detal orqali o‘xshash figuralar turini aniqlash; 
• Rasmdagi munosabatlarni, abstarkt figuralar va simvollarni 
taniy olish va anglash; 
• Rasmdagi tushirib qoldirilgan detalni taniy olishi; 


31 
• Belgilarni (harf va so‘zlardagi) bir uslubda taniy olish
anglash va nusxa yaratish; 
• Turli uslubdagi harflar shriftini taniy olish; 
• Xotiradagi abstraktli belgilarning nusxasini yaratish; 
• So‘zlarni ko‘rish orqali tanib olish.
Savol va topshiriqlar 
 
1. Ko‘rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablarini yoritib 
bering?
2. Ko‘rish nuqsonlarining eng ko‘p tarqalgan shakllari qaysilar? 
3.Ko‘rish qobiliyatining keskin susayishining sabablarini yo-
riting? 
2. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar 
 
Nutq — murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning 
tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo‘lib o‘sishiga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga 
asoslangan bo‘lib, atrofdagilarga taqlid etish yo‘li bilan rivojlanib 
boradi. Og‘zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni 
harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga 
keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog‘langan 
holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko‘p 
jihatdan talaffuzga bog‘liq. Bola nutqining o‘sib borishi tovushlar 
talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish 
darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi — o‘z 
nutqi va atrofdagilar nutqidagi so‘zlarning tuzilishini, tovush 
tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham xarakterlanadi. So‘z 
tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik 
komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. 
Ikkala signal sistemasi, shuningdek, idrok bilan so‘zning o‘zaro 
aloqada bo‘lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi. 
Korreksion pedagoglarning (T.A. Vlasova, R. M. Boskis, D.V. 
Neyman va boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, eshitishida 
nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola 
hayotining qaysi davrida paydo bolganligiga va og‘ir-yengilligiga 


32 
bog‘liq. Surdopedagogika fanida eshitishida nuqsonlari bor bolalar 
kar, zaif eshituvchi, kech kar bo‘lib qolgan bolalar guruhiga bo‘lib 
o‘rganiladi. Tug‘ma hali tili chiqmagan go‘daklik davrida ikkala 
quloqning mutlaqo eshitmasligi kar-soqovlikka olib keladi. Eshitish 
qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan 
bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, 
shakllanib bo‘lgandan so‘ng yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolgan 
bolalar kech kar bo‘lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq 
tarkib topganidan so‘ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli 
eshitishga xos kamchiliklar bo‘laveradi, eshitishida nuqsoni bo‘lgan 
shaxslarning ta’limi va tarbiyasini tashkil etishni o‘rganuvchi fan 
surdopedagogika fani hisoblanadi. Surdopedagogika – (lotincha 
surdos – kar) bu maxsus pedagogikaning tarkibiy bo‘limi bo‘lib, 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin