Zaif eshitish – har ikkala quloq bilan eshitishning pasayishi,
unda nutqni idrok etishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, biroq ovoz
kuchaytirilganda uni idrok etish mumkin bo‘ladi.
Kech kar bo‘lganlar - nutqni egallaganidan keyin, ya’ni 2-3
yoshda qandaydir kasallik yoki jarohat oqibatida eshitish qobiliyatini
yo‘qotgan bolalar. Bunday bolalarda eshitish qobiliyatining
yo‘qotilishi turlicha: total, yoki karlikka yaqin, yoki zaif eshitadigan
bolalarda kuzatiladiganiga yaqin bo‘ladi. Bolalarda ko‘plab
tovushlarni eshitmagani yoki buzuq holda eshitgani, ularga nima
deyishganini tushunmaganligiga og‘ir psixik reaksiya paydo bo‘lishi
mumkin. Ba’zan bu bolaning har qanday muloqotdan to‘liq bosh
tortishiga, hatto psixik (ruhiy) kasallikka olib keladi. Muammo bolani
og‘zaki nutqni qabul qilish va tushunishga o‘rgatishdan iborat. Agar
bolada yetarli qoldiqli eshitish bo‘lsa, bunga eshitish apparati
(qurilmasi) yordamida erishiladi. Qoldiqli eshitish kam bo‘lsa, nutqni
eshitish apparati va so‘zlovchining «labidan» o‘qish yordamida qabul
qilish majburiy bo‘ladi. Total (butunlay) kar bolalarda daktilologiya,
yozma nutq, va ehtimol karlarning imo-ishora nutqidan foydalanish
lozim bo‘ladi. Keyin kar bo‘lgan bolani o‘qitish va tarbiyalash uchun
qulay sharoitlar jamlanganda, uning nutqi, bilish va irodaviy
jarayonlari rivojlanishi normal bolanikiga yaqinlashadi. Biroq
emotsional soha, shaxsiy sifatlar va shaxslararo munosabatlar
shakllanishidagi o‘ziga xoslik juda kam hollarda bartaraf qilinadi.
Eshitishning buzilishi sabablarini ta’riflashga turlicha qarashlar
36
mavjud. Ko‘pincha eshitish patologiyasini keltirib chiqaradigan
sabab va omillarning 3-guruhi farqlanadi (D.I.Tarasov va boshq.)
Sabab va omillarning 1-guruhi nasliy xarakterga ega. Bu kabi
sabablar eshitish analizatori strukturasida buzilishlarga va nasliy
karlikning rivojlanishiga olib keladi.
Bolalarda karlikning nasliy omillari hissasiga barcha holatlar-
ning 30% dan 50% igacha to‘g‘ri keladi. Nasliy karlik yoki zaif
eshitish organizmdagi boshqa a’zolar va tizimlardagi anomaliyalar
(ko‘rish a’zolarining kasallanishi, suyak-mushak, asab tizimi,
endokrin tizim patologiyasi va sh.k.) bilan birga kechishi mumkin.
Nasliy karlik masalalari bilan shug‘ullanadigan genetiklar
ta’kidlashicha, odam gametalarida eshitish o‘tkirligiga ta’sir etadigan
50 tagacha turli genlar bo‘lishi mumkin. Ota-onalardan biri nasliy
karlik bilan og‘riganida kar yoki zaif eshituvchi bola tug‘ilish
ehtimoli keskin ortib ketadi. Ota-onalarning har ikkisida nasliy karlik
kuzatilsa, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola tug‘ilishi ehtimoli 50%
dan ortadi. Sabab va omillarning 2-guruhiga homilaning eshitish
a’zolariga tug‘ma karlikka olib keladigan (nasliy murakkablashish-
siz) endogen va ekdogen ta’sirlar kiritiladi. Homiladorlik paytida
onaning kechirgan kasalliklari katta ahamiyat kasb etadi. Bu kabi
kasalliklarga qizilcha, gripp, parotit kiradi. Homiladorlik paytida
homila va bo‘lg‘usi ona rezusiga mos kelmaydigan ototoksik dorilar
iste’mol qilish ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Bolaning eshitishi
rivojlanishida patologiyaning paydo bo‘lishiga homilador ayolning
alkogol, giyohvand vositalarini iste’mol qilishi, shuningdek, chang
ko‘p bo‘lgan va boshqa kasbiy zararlar mavjud korxonalarda ishlashi
ham ta’sir o‘tkazadi. 3-guruh omillari rivojlanishning turli bosqich-
larda sog‘lom bolaning eshitish a’zosiga ta’sir etadi va orttirilgan zaif
eshituvlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Orttirilgan zaif eshituvchilik paydo bo‘lishiga sabab ko‘p
hollarda boshdan kechirilgan o‘tkir o‘rta otit asoratlari bo‘ladi. O‘rta
quloq kasallanishida eshitishning pasayish darajasi turlicha bo‘lishi
mumkin. Biroq ko‘p hollarda eshitishning yengil va o‘rta darajada
pasayishi kuzatiladi. Bu shamollash jarayonlarining ichki quloqqa
o‘tishi natijasida yuzaga keladi. Zaif eshitishning sabablaridan biri
eshitish nervining shamollashi sanaladi. Eshitishning buzilishi
etiologiyasida yuqumli (infeksion) kasalliklarning roli katta. Bu kabi
37
kasalliklarning eng xavflilari epidemik meningit, sil (tuberkulez)
meningiti, skarlatina va boshq.
Eshitish ototoksik dori vositalari (kanamitsin, stireptomitsin,
neomitsin va boshq.) ta’sirida zararlanadi. Bolalarda orttirilgan zaif
eshituvchilikning qariyb 50%i ototoksik antibiotiklar iste’molidan
keyin kuzatiladi (D.I.Tarasov). Bu preparatlar bilan davolashda xavf-
lilik omili chala tug‘ilish, bolaning umumiy somatik zaifligi sanaladi.
Eshitishning buzilishiga olib keladigan sabablarga tug‘ilish
paytidagi jarohatlar, tug‘ilayotgan bolaning boshiga qisqichlar
qo‘yilishi, o‘rta quloqqa operativ teginishlar (operatsiyadan keyingi
asoratlar), jarohat chog‘ida eshitish suyakchalari zanjirining uzilishi,
adenoid vegetatsiyalar va boshq. kiradi.
Eshitishdagi nuqson kelib chiqishining birlamchi sababini
aniqlash ba’zan qiyin kechadi. Birdaniga eshitishning pasayishiga
olib keladigan bir necha sababning birikishi kuzatilishi mumkin.
Ayni paytda aynan bir sabab turli shakldagi karlik va zaif eshituv-
chilikni keltirib chiqarishi mumkin. Turli manbalarda aytilishicha,
sayyoramiz aholisining 4% dan 6% igacha vakili eshitishdagi u yoki
bu nuqsonlardan aziyat chekadi. Biroq eshitishda nuqsoni bo‘lgan
kishilarning aksariyat katta qismi zaif eshituvchilar toifasiga mansub.
Kar bolalarning 25–30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma bo‘ladi.
Bunga sabab: onaning homiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan,
gripp bilan kasallanishi, ota-onalarning ichkilik ichib turishi, onaning
xomiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni iste’mol qilishi
(ayniqsa streptomitsin, xinin, singari dorilarni), xomilaning shikast-
lanishi; irsiyat, genetic faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik o‘zga-
rishlar bo‘lishi, masalan, eshitish yo‘li atreziyasi — bituvi).
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining
tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv
markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi o‘zgarishlar
sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit,
meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan
kasallanishi ba’zi hollarda karlik yoki turli darajalardagi zaif eshi-
tishga olib kelishii mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalala-
larining keng o‘rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham
katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaxarli kimyoviy
dorilar juda kuchli ta’sir etib, ayniqsa analizatorning o‘tkazuvchi
38
nevrlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan
bo‘lib qoladi.
Eshitish nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar alohida yordamga
muhtoj bolalar toifasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman
rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o‘zlashtiri-
shiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda
turli a’zo va sistemalarda qo‘shimcha birlamchi buzilishlar bo‘lishi
mumkin. Onaning homiladorlikning dastlabki ikki oyida kechirgan
kasalligi bois tug‘ma karlik va zaif eshituvchanlikda, odatda, ko‘-
rishning buzilishi (katarakta) va tug‘ma kardiopatiya (Grig triadasi)
kuzatiladi. Bu kabi kasallanishda tug‘ilgan bolada mikrotsefaliya va
umumiy miya yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar gemolitik kasalligida, uning sababi
bola va ona qonining rezus – faktor bo‘yicha mos kelmasligi yoki
ularning qoni turli guruhlarga mansubligi bo‘lishi mumkin, miyaning
umumiy jarohatlanishi va oligofreniya, miyaning diffuz jarohatla-
nishi, miyaning qobiq osti bo‘limlari jarohatlanishi tufayli ifodalan-
gan giperkinetik sindrom bilan psixofizik rivojlanishning kechikishi,
spastik parez va paralichlar ko‘rinishidagi MNS jarohatlanishi, yuz
nervining zaifligi bilan kechadigan asab tizimining yengil jarohat-
lanishi, g‘ilaylik, boshqa ko‘z-harakat buzilishlari va motor rivojla-
nishning umumiy kechikishi bilan eshitishning buzilishi kuzatilishi
mumkin. Bunda eshitishning buzilishi tovush ta’sirlarining analiz va
sintezi sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan miya sistemalarining buzilishi
bilan belgilangan bo‘lishi mumkin.
Kalla suyagining jarohatlanishi oqibatida yuzaga kelgan orttiril-
gan eshitishning buzilishi nafaqat eshitish analizatorining retseptor
bo‘limi, balki uning o‘tkazuvchi yo‘llari va qobiq qismi buzilishlari
(nuqsonlari) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bola kechirgan meningit
yoki meningoensefalit eshitishning buzilishini keltirib chiqarishi va u
yoki bu darajadagi miya yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Nasliy karlik va zaif eshitvchilikning ayrim shakllarida, homila
paytida eshitishning zararlanishiga olib keladigan qator kasalliklarda,
shuningdek o‘rta va ichki quloq sohasida turli shamollash jara-
yonlarida vestibulyar apparat jarohatlanadi. Shu bilan birga eshitish
va boshqa sistemalar jarohatlanishidan iborat murakkab, kompleks
39
buzilishlar turli sabablar ta’sirida va turli paytlarda yuzaga kelishi
mumkin.
Shunday qilib, kar va zaif eshituvchi bolalarda eshitishning
buzilishidan tashqari quyidagi nuqsonlar kuzatilishi mumkin:
- vestibulyar apparat faoliyatining buzilishi;
- ko‘rish buzilishining turli variantlari;
- psixik rivojlanishning birlamchi kechikishiga olib keladigan
minimal miya disfunksiyasi. Bunda har qanday salbiy omillar miyaga
bevosita ta’sir qilishi mumkin, yoki boshqa hollarda, miya yetish-
movchiligi yurak – qon-tomir, nafas, ajratish va boshqa – miya ishini
o‘zgartiradigan sistemalarda og‘ir somatik kasalliklar natijasida
yuzaga keladi;
- oligofreniyaga olib keladigan miyaning keng jarohatlanishi;
- bolalar serebral paralichi yoki harakat sohasi regulyatsiyasida
boshqa o‘zgarishlarga olib keladigan miya sistemalarining buzilishi;
- miyaning eshitish – nutq sistemasi (qobiq va qobiq osti
tuzilmalarining) lokal buzilishlari;
- markaziy nerv sistemasi va butun organizmning psixik
kasalliklar (shizofreniya, manikal-depressiv psixoz va b.) ga olib
keladigan kasalliklari;
- organizmning umumiy zaiflashuviga olib keladigan ichki
a’zolar: yurak, o‘pka, buyrak, ovqat hazm qilish sistemasi va b. dagi
og‘ir kasalliklar;
- chuqur ijtimoiy-pedagogik qarovsizlik imkoniyati.
Korreksion pedagoglarning (T.A. Vlasova, R. M. Boskis, D. V.
Neyman va boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, eshitishida
nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola
hayotining qaysi davrida paydo bo‘lganligiga va og‘ir-yengilligiga
bog‘liq. Surdopedagogika fanida eshitishida nuqsonlari bor bolalar
kar, zaif eshituvchi, kech kar bo‘lib qolgan bolalar guruhiga bo‘lib
o‘rganiladi. Tug‘ma hali tili chiqmagan go‘daklik davrida ikkala
quloqning mutlaqo eshitmasligi karlikka olib keladi. Eshitish
qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan
bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib,
shakllanib bolgandan so‘ng yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolgan
bolalar kech kar bo‘lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq
40
tarkib topganidan so‘ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli
eshitishda xos kamchiliklar bo‘laveradi.
Dostları ilə paylaş: |