33
ega individ hayot faoliyatini normallashtirish, uning ruhiy va ijtimoiy
rivojlanishidagi
nuqsonlarni bartaraf etish, keng kommunikativ
tajriba vositasida og‘zaki nutqni shakllantirish, eshitish qoldig‘iga
tayangan holda sensor perseptiv faoliyatni rivojlantirish, og‘zaki
nutqni idrok etish va tushunish malakalarini takomillashtirish.
Eshitish nuqsoniga ega shaxsning ijtimoiy muhit bilan buzilgan
bog‘lanishlarini tiklash, individual xususiyatlarni hisobga olgan
holda mehnat reabilitatsiyasini
amalga oshirish, ijtimoiy maishiy
moslashuvni ta’minlash, eshitish nuqsoniga ega shaxslarning barcha
yosh guruhlari uchun yagona ta’lim muhitini tashkil etish. Kar va zaif
eshituvchi bolalar bilan sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish, ularda
rivojlanishning ikkilamchi nuqsonlarini paydo bo‘lishini oldini olish,
sog‘lom psixologik muhitni yaratish.
Surdopedagogika fanining rivojlanishida katta xissa qo‘shgan
olimlardan V.I. Beltyukov, F.F. Rau, M.I. T.S. Zikova, Ye.P. Kuz-
michyova, Ye.G. Rechiskaya, R.M. Boskis, L.V. Neyman, V.I. Lu-
boskiy
A.G. Zikeev, K.G. Korovin, K.V. Komarova. A.M. Goldberg,
L.E. Fingerman, K.I. Tudjanova, E.I. Leongard, L.P. Noskova, A.D.
Salaxova, L.A. Golovchis, F.F. Rau, N.F. Slezina, O.I.Kukushkina,
T.K. Korolevskaya T.A. Vlasova, F.F. Rau, B.D. Korsunskaya kabi
olimlar eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarni maktabgacha va
maktab yoshidagi bolalarni ta’lm-tarbiyasi haqida ishlarini olib
borish, ularda rivojlanishning ikkilamchi nuqsonlarini paydo
bo‘lishini oldini olish, sog‘lom
psixologik muhitni yaratish, keng
kommunikativ tajriba vositasida og‘zaki nutqni shakllantirish,
eshitish qoldig‘iga tayangan holda sensor perseptiv faoliyatni
rivojlantirish, og‘zaki nutqni idrok etish va tushunish malakalarini
takomillashtirish yo‘llarini o‘z ilmiy ishlarida yoritib berganlar.
Zamonaviy surdopedagogika sohasidagi qator yutuqlar so‘nggi-
yillarda E.I. Leongard, Ye.G. Samsonova N.D. Shmatko, T.V. Pe-
limskaya, I.V. Koroleva, V.I. Pudov, O.V. Zontova, A.D. Salaxova,
N.V. Kochegarova, V.N. Svodinalarning tibbiyot hamda pedagogika
sohasidagi yutuqlardan keng foydalangan holda olib borgan
izlanishlari eshitishida muammosi bo‘lgan
bolalar abilitatsiyasi va
34
reabilitatsiyasi darajasining yuqorilashuviga, eshitish va nutq muam-
mosining erta korreksiya qilinishi orqali erta ijtimoiy moslashuviga
samarali ta’sir ko‘rsatmoqda.
Milliy surdopedagogikada olib borilgan tadqiqotlarda U.Yu.Fay-
ziyeva, N.H.Dadaxo‘jayeva, F.J.Alimxodjayeva, N.Sh.Bekmurodov,
X.M.Gaynutdinov, D.R.Nazarova, F.U.Qodirova, Z.N.Mamaraja-
bova, R.Rustamova eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar
ta’lim-tarbiyasi jarayonini takomillashtirish orqali ularning ijtimoiy
moslashuvlari darajasini ko‘tarishning yo‘l va vositalari asoslab
berildi.
7
Maxsus ta’lim sohasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quv-
chilar nutqini rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi zaif eshituvchi
bolalar nutqini rivojlantirish masalalari umumiy tarzda o‘rganilgan,
eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasi jara-
yonini takomillashtirish orqali ularning ijtimoiy moslashuvlari
darajasini ko‘tarishning yo‘l va vositalarini asoslab berish bo‘yicha
olib borilgan ilmiy izlanishlari diqqatga sazovordir.
8
Turg‘un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra
tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin.
L.V. Neyman tadqiqodlariga ko‘ra eshitishida nuqsoni bo‘lgan
bolalarning 25—30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma bo‘ladi. Bunga
sabab: onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp
bilan kasallanishi, ota-onalarning
ichkilik ichib turishi, onaning
xomiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni iste’mol qilishi
(ayniqsa streptomitsin, xinin, singari dorilarni), xomilaning
shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishidagi patologik
o‘zgarishlar bo‘lishi, masalan, eshitish yo‘li atreziyasi — bituvi).
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analiza-
torining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga
oliy
nerv markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi
o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki),
meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan
kasallanishi ba’zi hollarda karlik yoki turli darajalardagi zaif
7
FayzievaU.Yu. Zaif eshituvchilarni savodga tayyorlash va savod o‘rgatish Ped. fan. nomz. dis. ...
avtoref. – Toshkent: TDPI. 1994. – 18 b
8
F.U Qodirova. Boshlang‘ich sinf kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini shakllantirish.: Ped.
fan. nomz. dis. avtoref…– Toshkent:TDPU, 2006. – 20 b.
35
eshitishga olib kelishii mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masala-
lalarning keng o‘rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham
katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaxarli kimyoviy
dorilar juda kuchli ta’sir etib, ayniqsa analizatorning o‘tkazuvchi
nevrlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan
bo‘lib qoladi.
Eshitish nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar alohida yordamga
muhtoj bolalar toifasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman
rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o‘zlash-
tirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Karlik – eshitishning mutlaqo yo‘qligi (mutlaqo eshitmaslik)
yoki pasayishining shunday shakliki, unda og‘zaki nutq faqat qisman,
eshitish apparatlari (moslamalari) yordamida idrok etiladi.
Dostları ilə paylaş: