Tibbiyotda hozirgi kunda bolalarning eshitish holatini ba-
holashda eshitish buzilishining xalqaro tasnifidan foydalaniladi.
Zaif eshituvchilikning 1-darajasi – eshitishning pasayishi 40 dB
dan ortmaydi.
Zaif eshituvchilikning 2-darajasi – eshitishning pasayishi 40 dB
dan 55 dB gacha.
Zaif eshituvchilikning 3-darajasi – eshitishning pasayishi 55 dB
dan 70 dB gacha.
Zaif eshituvchilikning 4-darajasi – eshitishning pasayishi 70 dB
dan 90 dB gacha.
Eshitishning 90 dB dan ortiq pasayishi karlik deb hisoblanadi.
Bolaning eshitishidagi yetishmovchiliklar nutqni egallashning
sekinlashishi, nutqni eshitib idrok etish buzilishiga olib keladi.Zaif
eshituvchi bolalarda nutq rivojlanganlik variantlari keskin farq qiladi
va bolaning individual psixofiziologik xususiyatlari va u yashagan,
tarbiya va ta’lim olgan ijtimoiy - pedagogik sharoitlarga bog‘liq
bo‘ladi. Hatto 2 - darajazi zaif eshituvchiligi bo‘lgan bola ham
maktab davriga kelib, ayrim so‘z va nutq tovushlari talaffuzida kichik
xatolar bilan, rivojlangan, grammatik va leksik jihatdan to‘g‘ri nutqqa
ega bo‘lishi mumkin. Bunday bolaning psixik rivojlanishi normal
bolanikiga yaqin bo‘ladi. Ayni paytda faqat 1 – darajali paytda zaif
eshituvchi bola rivojlanishning nomaqbul ijtimoiy - pedagogik
sharoitlarida 7 yoshga kelib, faqat sodda gaplardan yoki alohida
so‘zlardan foydalanishi, bunda uning nutqida noto‘g‘ri talaffuz ko‘p
bo‘lishi, so‘z ma’nolarini qorishtirishi, grammatik qurilishda turli
42
buzilishlarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bunday bolalarda kar bolalar
uchun xarakterli bo‘lgan psixik rivojlanish xususiyatlari kuzatiladi.
Eshitish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar
bilan o‘qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yen-
gil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatadi, maktabgacha tarbiya muassasi va maktab dasturlarini
o‘zlashtirishda bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivoj-
langandan so‘ng, masalan, ikki yoshida yo‘qolganida ham karlik
natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini
ham asta-sekin unutadi. Bolaga o‘z vaqtida maxsus yordam ko‘r-
satilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo‘ladi. Biroq nuq-
sonning o‘rnini to‘ldirib, boshqaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi
maxsus, korrekion kompensator sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf
etib, ularning nutqiy rivojlanishini, umumiy va aqliy rivojlanishini
ta’minlaydi. Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan
maktabgacha tarbiya muassasasi hamda maktab-internatda barcha
zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va
o‘qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta’lim-tarbiya olishlariga
yordam berishlari kerak.
Eshitish qobiliyatining pasayishi natijasida bola nutqida bir
qator kamchiliklar kuzatiladi: lug‘atining kambag‘al bo‘lishi, gram-
matik komponent rivojlanmagan — gap ichida so‘zlarni tashlab
ketish, so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatish, ularni o‘zaro bog‘lay olmaslik,
kelishik, so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni ishlata
olmaslik; tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish — o‘xshash, jarangli-
jarangsiz undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va
boshqalar shular jumlasidandir.Bola nutqidagi kamchiliklarning
kelib chiqish sabablarini bilmaslik orqasida ayrim tarbiyachi va
o‘qituvchilar bolani dangasa, mas’uliyatsiz, bezori deb, unga noto‘-
g‘ri munosabatda bo‘lishadi, natijada bola injiq, yig‘loqi, serjahl, gap
o‘tmas bo‘lib qoladi, ya’ni unda ikkilamchi ruhiy o‘zgarishlar paydo
bo‘ladi.
Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari
qatorida ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda
43
ta’lim-tarbiya olishi mumkin. Biroq ularga alohida munosabatda
bo‘lish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekistonda eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va
kasb-hunar kollejlarida maxsus guruhlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ushbu toifadagi bolalar uchun tashkil etilgan maktab-internatlarda
maktabgacha tarbiya bo‘limi hamda umumta’lim maktab bo‘limi
mavjud. Ushbu muassasalarda ta’lim umumta’lim 9-yillik ta’limning
davlat talablari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki,
yozma) nutqni shakllantirish yuzasidan maxsus ta’lim-tarbiya muay-
yan tizimdagi mashqlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati
tashkil etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqiy jara-
yonga moslay olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egal-
lanishini ta’minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa
(gapirish, yozib tushuntirishga) ehtiyojni tug‘diruvchi vaziyatlar
oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bo‘yicha
o‘quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bo‘ladi,
ya’ni korreksion-pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga
oshiriladi. Har bir dars uchun nutqiy materiallar korreksion-kommu-
nativ tizim tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda (o‘quvchilarning
eshitish, talaffuz qilish imkoniyatilariga mos, talaffuzi yaqqol va
eshitilish diapazoni yengil, oddiydan murakkabga, noo‘xshashlikdan-
o‘xshashlikka boruvchi tartibda tanlanadi va tayyorlanadi.
So‘zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi,
ya’ni maktabda egallangan nutqiy ko‘nikma va malakalar oilada
tabiiy vaziyatlarda mustahkamlanishi va o‘quvchilar amalda (erkin,
qo‘rqmasdan, uyalmasdan) qo‘llashlariga erishish uchun keng sharoit
yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a’zolari ishtirokida yaratiladi.
Ularning kar bola bilan keng muloqoti va iliq munosabati bolaning
keyingi bosqich ta’lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga bevosita
ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Kar va zaif eshituvchi
bolalarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyati
eshitish (har qanday daraja karlikda u ma’lum miqdorda bo‘ladi)
qoldig‘idan optimal ravishda foydalanishga bog‘liq bo‘lganligi
tufayli maxsus muassasalarda ta’limni ovoz kuchaytiruvchi appa-
ratlar asosida olib borish talab etiladi. Sinflar maxsus jihozlanadi.
44
Ya’ni maktab-internat moddiy texnika negizining yo‘nalishga mos
shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini oshiradi. Kar va
zaif eshituvchi bola o‘z ona tilini shu til qonuniyatlari, xususiyat-
laridan kelib chiqqan, mazkur bolaning ruhiy, nutqiy imkoniyatlariga
moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyillarga asoslangan
va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan maxsus yondoshuv asosida
egallaydi.
Maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan
ona tili ta’limini amalga oshirishda o‘quvchilarning fikr mahsulini
nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon
ifodalashga o‘rgatishda daktil nutqidan tegishli bosqichlarda o‘rinli
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Kar va zaif eshituvchi o‘quv-
chilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirishga ijtimoiy
ehtiyoj sifatida yondoshish dolzarb masaladir. Buni amalga oshirish
mazkur bolalarning jamiyatga moslashuvi, ularning borliqni anglash-
lari hamda ularni atrofdagilar qanchalik tushunib qabul qilishlari
bilan belgilanadi.
Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida
siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning
barchasida me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengqurlari qatorida o‘z
ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o‘zi kabi
taqdirdoshlari) tushunarli tarzda muloqot qila olishini ta’minlash
mumkinligi amalda o‘z isbotini topmoqda.
Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar
bilan o‘qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining
yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatadi, maktabgacha tarbiya muassasasi va maktab dasturlarining
o‘zlashtirishda bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivoj-
langandan so‘ng, masalan ikki yoshida yo‘qolganida ham karlik na-
tijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini
ham asta-sekin unutadi. Biroq nuqsonning o‘rnini to‘ldirib, bosh-
qaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi maxsus, korreksion sharoit
boladagi nuqsonlarni bartaraf etib, ularning ham nutqiy rivojla-
nishini, ham umumiy, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi.
45
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan mak-
tabgacha tarbiya muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur
shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va
o‘qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta’lim-tarbiya olishlariga
yordam berishlari kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, surdopedagogika fanida eshitish
qobiliyati zaif bolalarga kar, tug‘ma hamda kech kar bo‘lib qolgan
bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar o‘z navbatida eshitish
qobiliyatining nechog‘liq buzilganiga qarab yengil, o‘rta va og‘ir
darajali kamchiligi bor bolalarga bo‘linadi. Yengil darajadagi zaif
eshituvchi bolalar ovoz bilan gapirilgan nutqni 1 metr masofadan
qabul qiladi, shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan eshitadi.
O‘rta darajadagi qulog‘i og‘ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni
0, 5 metr masofadan eshitadi. Og‘ir darajali zaif eshituvchi bola
gapirilgan gapni quloq suprasi oldida eshitadi.
Eshitish nuqsoni natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar
kuzatiladi: lug‘atining kambag‘al bo‘lishi, grammatik komponent
rivojlanmagan — gap ichida so‘zlarni tashlab ketish, so‘zlarni
noto‘g‘ri ishlatish, ularni o‘zaro bog‘lay olmaslik, kelishik, so‘z
yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni ishlata olmaslik;
tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish — o‘xshash, jarangli-jarangsiz
undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar
shular jumlasidandir.
Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari
qatorida ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda
ta’lim-tarbiya olishi mumkin. Uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekistonda
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya
muassasalari, maktab va kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko‘rsatib
kelmoqda. Ushbu toifadagi bolalar uchun tashkil etilgan maktab-
internatlarda maktabgacha tarbiya bo‘limi hamda umumta’lim mak-
tab bo‘limi mavjud. Ushbu muassasalarda ta’lim umumta’lim 10 yil-
lik ta’limning davlat talablari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdo-
pedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Demak, eshitish nuqson-
larini bartaraf etish, kompensatsiyalash mumkin. Tarbiyachi va
o‘qituvchilarning asosiy vazifasi — sog‘lom bolalarni zaif eshituvchi
bolalardan ajratib, ularga alohida yondashish, zarur bo‘lsa, ularning
46
"maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini yoki integrat-
siyalashgan ta’limga jalb etilishini ta’minlashdan iborat.
Maxsus muassasalarda o‘z fikrini og‘zaki ifodalay olmasligini
his etgan o‘quvchi yozma shaklda bayon etishni bilishi kerak. Buning
uchun o‘quvchilarni o‘z fikrini og‘zaki, yozma bayon etishga
o‘rgatish amaliy nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
asosida amalga oshiriladi.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma)
nutqni shakllantirish yuzasidan dars va mashg‘ulotlarda muayyan
tizimdagi mashqlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati tashkil
etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqiy jarayonga moslay
olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egallanishini ta’min-
lash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa (gapirish, yozib
tushuntirishga) ehtiyojni tug‘diruvchi vaziyatlar oldindan rejalash-
tiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarida,
rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bo‘ladi, ya’ni korreksion-
pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi.
So‘zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi,
ya’ni maktabda egallangan nutqiy ko‘nikma va malakalar oilada tabiiy
vaziyatlarda mustahkamlanishi va o‘quvchilar amalda (erkin, qo‘rq-
masdan, uyalmasdan) qo‘llashlariga erishish uchun keng sharoit
yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a’zolari ishtirokida yaratiladi.
Ularning kar bola bilan keng muloqoti va iliq munosabati bolaning
keyingi bosqich ta’lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga bevosita
ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy axborotni qabul qilish
va uzatish imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u ma’lum
miqdorda bo‘ladi) qoldig‘idan optimal ravishda foydalanishga
bog‘liq bo‘lganligi tufayli maxsus muassasalarda ta’limni ovoz
kuchaytiruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi. Sinflar
maxsus jihozlanadi, ya’ni maktab-internat moddiy texnika negizining
yo‘nalishga mos shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini
oshiradi.
Kar va zaif eshituvchi bola o‘z ona tilini shu til qonuniyatlari,
xususiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning ruhiy, nutqiy
47
imkoniyatlariga moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyil-
larga asoslangan va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan maxsus
yondoshuv asosida egallaydi.
Maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan
ona tili ta’limini amalga oshirishda o‘quvchilarning fikr mahsulini
nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon
ifodalashga o‘rgatishda daktil nutqidan tegishli bosqichlarda o‘rinli
foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki,
yozma) nutqni shakllantirishga ijtimoiy ehtiyoj sifatida yondoshish
dolzarb masaladir. Buni amalga oshirish mazkur bolalarning
jamiyatga moslashuvi, ularning borliqni anglashlari hamda ularni
atrofdagilar qanchalik tushunib qabul qilishlari bilan belgilanadi.
Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida
siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning
barchasida me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengqurlari qatorida o‘z
ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o‘zi kabi
taqdirdoshlari) tushunarli tarzda muloqot qila olishini ta’minlash
mumkinligi amalda o‘z isbotini topmoqda.
O‘quvchilarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish
imkoniyatini rivojlantirish, o‘z ona tilida sog‘lom tengqurlari kabi
so‘zlashish, fikr almashishini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-
korreksion jarayonni yagona tizim asosida amalga oshirish orqali
takomillashtirilmoqda.
Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar maxsus maktab-internat-
larining barchasi ovoz kuchaytiruvchi apparatlar bilan ta’minlangan,
xonalari maxsus tovush qaytarmaydigan qoplamalar bilan jihozla-
nadi, sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni maqsadli amalga oshirish
uchun sharoitlar yaratilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |