50
qisiq, burni puchuq, tili katta, lablari qalin, shalpangquloq, barmoq-
lari kalta bo‘ladi va hokazo. Millatidan qat’i nazar, ular bir ota-
onaning bolasiga o‘xshab ketishadi.
Onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar — og‘ir virusli
gripp, tif, qizilcha bilan kasallanishi, ona organizmidagi turli
parazitlarning
homilaga yuqishi, xomilaning shikastlanishi, ota-
onalarning alkogolizmi, ham oligofreniyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Fransuz olimlari alkogolizmga giriftor oilalarda tug‘ilgan 57
nafar bolani uzoq muddat kuzatib borib, ularning 25 nafari 1 yoshga
to‘lmasdan nobud bolganini, 5 nafari tutqanoq 5 nafari gidrotsefaliya
(bosh miyada istisqosi) kasalligi bilan og‘riganini, 12 nafari aqlan
zaif bolgani va faqat 10 nafar bola sog‘lom chiqqanini aniqlagan.
Tug‘ruq vaqtida bolaning ombur yoki vakuum ekstraktor bilan
olinishi, bola boshining siqilishi, bolaning tug‘ilish yo‘lidan uzoq
o‘tishi, cho‘zilib
ketgan yoki, aksincha, haddan tashqari tez o‘tgan
tug‘ruq natijasida ham markaziy nerv sistemasi shikastlanib,
oligofreniya paydo bo‘lishi mumkin.
Oligofreniya bola uch yoshgacha bo‘lgan davr ichida turli xil
og‘ir kasalliklar bilan kasallanishi (meningit, meningoensefalit,
markaziy nerv sistemasining shikastlanishi) natijasida ham vujudga
keladi.
Oligofreniya yunoncha oligos — kam, oz, fren — aql
so‘zlaridan olingan bo‘lib,
esi past, aqli past demakdir. Oligofren
bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida
bilish faoliyati pasayib ketishi va bu nuqsonlar umrbod saqlanib
qolish bilan boshqa alohida yordamga
muhtoj bolalardan farq
qiladilar.
Oligofrenopedagogika – bu maxsus pedagogikaning tarki-
biy bo‘limi bo‘lib, intellektida nuqsoni bo‘lgan bolalarning
rivojlanishi, ta’limi va tarbiyasi haqidagi pedagogik fan.
Dostları ilə paylaş: