Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkur
xususiyatlari
L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, A.V.Zaporojes,
G.S.Kostyuk, A.A.Lyublinskaya va boshqa olimlar tomonidan ishlab
chiqilgan ta’limotga binoan, inson tafakkurining uch xil turi:
ko‘rgazma – harakat, ko‘rgazma – obraz, so‘z-mantiq shakllari
mavjud. Katta yoshdagi normal kishilarda tafakkurning bu turlari
yetarli darajada rivojlangan bo‘lib, bir-birlari bilan dialektik birlikni
tashkil qiladi. Tafakkur turlari, mazmuniga oid barcha yoshlarga
tegishli umumiy materiallar T.V.Rozanova tomonidan batafsil
berilgan (1978 y.). Nuqsonli bolalar tafakkur xususiyatlarini
o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarda tekshirgan N.A.Menchinskaya juda
qimmatli materiallar bayon qiladi. A.A.Simbalyuk (1974 y.) materiali
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalardagi bilish aktivligi haqida,
Z.I.Kalmikova (1975 y.) esa, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar-
ning muammoli mazmunli masalalarni yechishdagi qiyinchiliklari
90
to‘g‘risida, T.D.Puskayeva (1980 y.) bu bolalar tafakkurida bo‘shliq,
inertlilik holatlarining ko‘zga tashlanishi haqida ilmiy-eksperimental
materiallar beradi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkur
xususiyatlarini o‘rganish ham diagnostik, ham korreksion-tarbiyaviy
ishlarni rejalashtirishda, juda katta ahamiyatga ega. Bu bolalar
tafakkurning turli tomonlari, turli faoliyatlarida birmuncha kengroq
T.V.Egorova, V.I.Lubovskiy, S.A.Domishkevich, T.A.Strekalova,
U.V.Ulenkova, G‘.B.Shoumarov, K.K.Mamedov va boshqalar
tomonidan o‘rganilgan.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkurning o‘ziga xos
bo‘lgan va uni aqli zaiflardan oson ajratishga imkon beradigan
xususiyatlaridan biri, so‘z-mantiq tafakkur bilan ko‘rgazma-obrazli
tafakkur turlarining o‘zaro munosabati va rivojlanish darajalaridir
(G‘.B.Shoumarov).
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning so‘z-mantiq
tafakkuri yetarli rivojlanmagan bo‘lib, ba’zi holatlarda ularni yengil
darajadagi aqli zaiflardan farqlay olmaslik mumkin. Ammo, ularning
ko‘rgazma-harakat va ko‘rgazma-obrazli tafakkur turlari aqli zaiflar-
dan keskin farq qilib, normal tengdoshlariga yaqinlashib boradi. Bu
esa ularning bilish faolyatlarida katta rivojlanish imkoniyatlari
mavjudligi va ularning bir qismi ma’lum ta’lim-yillaridan keyin,
maxsus ta’lim-tarbiya va davolash ishlari natijasida o‘z normal
tengdoshlariga yetib olishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Tafakkur turlarining bunday munosabati va notekisligi katta
differensial diagnostik ahamiyatga egadir. Ma’lum obyektlarni tahlil
qilganda ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar normal tenqur-
lariga nisbatan kamroq, lekin aqli zaif bolalarga nisbatan ko‘proq
belgilarni aniqlaydilar. Lekin, shu bilan birga ularning tahlil jarayoni
rejasiz ravishda bajarilganligi sababli obyektning ko‘pgina qismlari
tushirib qoldiriladi. Ammo, ularga o‘qituvchi tomonidan ma’lum
yordam berilganda, tahlil natijalarida keskin o‘zgarish bo‘lib, normal
tengdoshlariga yaqinlashadi. O‘qituvchi tomonidan yordam berilgan-
da, tahlil natijalarida keskin o‘zgarish bo‘lib, normal tengdoshlariga
yaqinlashadi. O‘qituvchi tomonidan yordam berilganda aqli zaif
bolalarda ham ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, ammo, bu
o‘zgarish ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilardagidek katta
bo‘lmaydi. Bu esa ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning o‘z
91
taraqqiyotlarida rivojlanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarga ega
ekaniligini, ular pedagogik yordamdan samarali foydalana olish
mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarda tafakkur jarayon-
lari: tahlil – tavsifdan tashqari umumlashtirish, tasniflash, siste-
malashtirish, taqqoslash darajalari jihatdan normal va aqli zaif
o‘quvchilar tafakkur jarayonlari orasida bo‘ladi. Berilayotgan vazifa
murakkablashgan sari ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning
tafakkur qilish saviyasi aqli zaif bolalarnikiga yaqinlashib boradi.
Tafakkurning boshlang‘ich sinflardagi taraqqiyot dinamikasini
o‘rgangan, kuzatgan T.V.Egorova boshlang‘ich sinf oxiriga kelib,
aksariyat holda ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar tafakkuri
normal bolalar tafakkuri saviyasiga yaqinlashganligini ko‘rsatadi. Bu
yaqinlashish ayniqsa, ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar
tomonidan umumlashtirish va tasniflash jarayonlarida o‘z ifodasini
topadi.
Tafakkur xususiyatlarini tekshirishda, faqat vazifani bajarish
natijalari emas, balki tafakkur qilish uslublariga ham alohida e’tibor
berish kerak. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar, aqli zaif
o‘quvchilarga nisbatan biron aqliy vazifani bajarayotganlarida
birmuncha samaraliroq usullardan foydalanadilar. Ruhiy rivojlanishi
sustlashgan o‘quvchilar ma’lum vazifalarni bajarish vaqtlarida aqli
zaif o‘quvchilardan sifat jihatdan farq qiladilar.
Kichik maktab yoshidagi ruhiy rivojlanishi sustlashgan
o‘quvchilar tafakkurini rivojlanish darajasiga ko‘ra 3 guruhga bo‘lish
mumkin (G‘.B.Shoumarov, 1979 y.).
Diagnostik yo‘nalishda 1 va 3 guruhdagi ruhiy rivojlanishi
sustlashgan bolalar birmuncha murakkablikka ega. Birinchi guruh-
dagi ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni pedagogik qarovsiz
bolalardan ajratish qiyin. Uchinchi guruhga kiradigan ruhiy
rivojlanishi sustlashgan bolalarni esa yengil aqli zaif bolalardan
farqlash qiyin. Bularning taraqqiyot darajasi, ruhiy rivojlanishining
susayishi chuqur, yaqqol ko‘zga tashlanib turganligi sababli aqli
zaiflarga o‘xshab ketadi.
1 guruh ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar aqliy faoliyat
bo‘yicha normal darajaning quyi chegarasidan joy oladi.
92
2 guruh ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar aqliy faoliyati
bo‘yicha normal daraja bilan aqli zaiflik darajasining oralig‘ida
bo‘ladi.
Shulardan birinchi guruhdagi bolalarning asosiy qismi,
boshlang‘ich sinf yoshida normal o‘quvchilarga tenglashib, maxsus
maktabdan ommaviy maktabga o‘tkazilishi va ommaviy maktabda
ta’lim olishni davom ettirishlari mumkin.
3 guruhga kiruvchi o‘quvchilar ruhiy rivojlanishining sustligi
nisbatan turg‘un xarakterda bo‘lganligi sababli, o‘qishni maxsus
maktablarda 8-sinfni bitirguncha davom ettiradilar.
1982 yildagi T.A.Strekalova tekshirishlari asosida ruhiy
rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarni fikr yuritish va xulosa
chiqarish xususiyatlariga ko‘ra 4 guruhga bo‘lingan:
1) topshiriqlarni bajarish ko‘rsatkichlariga ko‘ra normal
bolalarga yaqin bo‘lgan bolalar;
2) turli vazifalarni bajarishda ma’lum qiyinchiliklarga uchray-
digan, ammo mustaqil ishlay oladigan, yaxshi o‘quvchilik qobilyati
bo‘lgan bolalar;
3) topshiriqlarni bajarish ko‘rsatkichlariga ko‘ra, normal
bolalardan bir muncha past, ammo aqli zaif bolalardan birmuncha
yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bolalar;
4) fikr yuritish va xulosa chiqarish xususiyatlariga ko‘ra aqli
zaiflarga yaqin bo‘lgan bolalar.
T.A.Strekalova ma’lumotlariga ko‘ra, ruhiy rivojlanishi
sustlashgan bolalar ko‘rgazma harakat tafakkur turining rivojiga
ko‘ra normal boladan kam farq qiladi. Ko‘rgazmali – obraz tafakkur
turi darajasi bo‘yicha normal bolalar bilan aqli zaif bolalar oralig‘i-
dagi darajani egalaydi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkuriga oid ilmiy
izlanishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, bunday bolalar tafakkurining
quyidagi xususiyatlari mavjud:
1. So‘z – mantiq tafakkur turining quyi darajadaligi bilan,
nisbatan saqlangan ko‘rgazma – obraz va ko‘rgazma – harakat
tafakkur turlariga ega.
2. Bilish jarayonlarining yaqqol sezilib turadigan notekis
rivojlanganligi.
93
3. Intellektual faoliyatlarning maqsadga muvofiqligining bir
muncha buzilganligi bilan xarakterlanadi.
4. Tafakkurning inertligi, bo‘shligi, bir xil xarakterlarga moyil-
ligi, tahlil-tavsif jarayonlarining yaxshi shakllanmaganligi ko‘rinadi.
Bunday xususiyatlar aqli zaif o‘quvchilarda birmuncha chuqurroq
xarakterga ega bo‘ladi.
5. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy masalalarni
yechish vaqtlarida ko‘rsatilgan yordamdan, aqli zaif bolalarga
qaraganda unumliroq foydalanadilar.
6. Intellektual aktivlikning yetarli emasligi.
7. Berilgan ko‘rsatmani tushuna olish, ammo ko‘rsatma talablari
asosida faoliyatni to‘g‘ri tashkil eta olmaslik.
8. Intellektual vazifalarni yechish vaqtida zarur hissiyot –
irodaning yetishmasligi, topshiriqlarni yechishning aktiv yo‘llarini
qidirib topa olmaslik.
9. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda aqliy ish qilish
qobiliyatlari normal tengdoshlariga qaraganda birmuncha pasaygan
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |