Savol va topshiriqlar
1. Aqli zaif bolalar necha darajaga bo‘linadi?
2. Aqli zaiflikning kelib chiqish sabablari?
3. Daun sindromli bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari?
2. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
Ulgurmovchi o‘quvchilar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati– intellekti
mantiqiy tafakkuri, idroki, xotirasi, ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va
boshqa xislatlariga birinchi o‘rinda markaziy nerv sistemasining
kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalar-
da hissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy rivojla-
nishni orqada qolishi esa ikkilamchi hodisa bo‘lib hisoblanadi.
T.A.Vlasova, M.S.Pevzner, V.I.Lubovskiy, T.V.Egorova,
K.S.Lebedinskaya, N.A.Nikashina, K.K.Mamedov, G‘.B.Shouma-
rov, N.A.Sipina, R.D.Triger boshqa olimlarning ma’lumotlariga
ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5, 8 foizini ana shunday
bolalar tashkil etadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida
mamlakatimiz defektologlari ishlarida ham bu masalaning turli
tomonlari e’tiborga olinadi. Bunday orqada qolishning asosiy
sabablariga bosh miyaning minimal, yuzaki, yengil zararlanishi,
tug‘ilish vaqtidagi, homila davrida yoki go‘dakning ilk yoshidagi
zararlanishlari kiradi. Rivojlanishning orqada qolishi, susayishi
deganda, ruhiy rivojlanishning bola yoshiga to‘g‘ri kelmasligi
tushuniladi. Bunday nomutanosiblik o‘z vaqtida tashkil etilgan, mos
keluvchi adekvat yordam natijasida bartaraf etilishi mumkin. Bunday
hol bolalarda maktab ta’limiga tayyorlik darajasining shakllan-
maganligida ko‘riladi.
75
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar oliy nerv faoliyatlarining
yuqorida aytib o‘tilgan barcha xususiyatlari neyrodinamikaning
yaxshi rivojlanmaganligidan darak beradi. Bunday holat normal
bolalarda ilk yoshlarida yoki bog‘cha yoshlariga to‘g‘ri keladi.
Klinik kuzatishlar va ruhiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha,
ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda iroda-hissiyot sohasi yetarli
rivojlanmagan ekan. Ba’zi olimlar bunday rivojlanmaganlik ruhiy
rivojlanishi sustlashgan bolalarning asosiy belgisidir degan fikrni
bildiradilar. Shu bilan birga, ular ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalarda intellekt saqlanganligini ta’kidlaydilar.
Rivojlanishdagi orqada qolish o‘z navbatida aqliy funksiyalar
(jarayon, malaka, ko‘nikmalar) ning ham kechikib shakllanishiga
sabab bo‘ladi. “Birlamchi intellekt saqlangan” deganda, bevosita aqli
zaiflarga nisbatan, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar diagnostik
metodikalarni bajarish vaqtlaridagi yaxshi natijalar ko‘rsatishlari
nazarda tutiladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning bunday
yaxshi natijalarga erishilari, ularda aqli zaif bolalarga nisbatan,
ma’lum darajada bilimlar borligidan darak beradi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni ruhiy-pedagogik diag-
nostika qilish, faqatgina rivojlanishida orqada qolayotganlikni aniq-
lash emas, balki uning xususiyatlarini ham ochib beradi. Yuqorida
aytib o‘tilgandek ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ruhiy jara-
yonlarining asosiy xususiyatlaridan biri geterogenlik (holatlarning
har xilligi) va geteroxronligi (holatlarning har xil vaqtda yuzaga
kelishi) dir.
Korreksion rivojlantirish, to‘g‘irlash ta’limi jarayonida bola
taraqqiyotidagi notekislikni, uning tuzilishini aniqlash, har bir bola
bilan individual ish dasturi tuzishga yordam beradi. Shuning uchun
diagnostika vaqtida bolalar bilimlaridagi asosiy kamchiliklarni aniq-
lab qolmasdan, balki ulardagi aqliy jarayonlardan foydalana olish,
o‘quvchanlik darajalarini ham aniqlash va e’tiborga olish kerak.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan
asosan ikki guruhga bo‘linadi:
Yengil nuqsoni bor bolalar – bular maxsus sharoitda 1 - 3-yil
ta’lim - tarbiya olganlaridan keyin o‘qishni ommaviy maktabning
tegishli sinfida davom ettirishi mumkin.
76
Ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar –
bular maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi kerak.
Bunday bolalar maktab dasturini sog‘lom tengdoshlari qatori
o‘zlashtira olmaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni
ommaviy maktabda hamma qatori o‘qitish ta’lim jarayoniga ham
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘rtacha o‘quvchining saviyasini orqaga
tortadi, yaxshi va a’lo o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni yetarli darajada
o‘stirishga to‘sqinlik qiladi.
Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmaganligi tufayli
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar doim muvaffaqiyatsizliklarga
uchrayveradi, bu narsa ularning hulq-atvorida aksariyat turli salbiy
xislatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Olimlardan K.S.Lebedinskaya, G.P.Berto‘n, E.M.Dunayeva va
boshqalar ruhan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatdan
quyidagi xillarga bo‘lishni tavsiya etadilar:
1) konstitutsional; 2) somatogen; 3) psixogen; 4)serebral shakli.
Ruhan sust rivojlanganlikning konstitutsional shaklini
xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi
sog‘lom tengdoshlarinikiga nisbatan 1 - 2 yosh kichik ko‘rinadi. U
o‘zini bog‘cha yoshidagilarga o‘xshab tutadi va ta’lim olish uchun
hali “yetilmagan” bo‘ladi. Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi
kirishib ketmaydi, chunki unda o‘qishga qiziqish yo‘q, ish qobiliyati
past. Mas’uliyatsizlik, motivlarning sustligi, ruhiy jarayonlardan
analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli
o‘qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan o‘zlash-
tiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh og‘rib turishi
konstitutsion shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik yanada
pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.
Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi
davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak-tomir
kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin.
Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib
turish natijasida bola yaxshi o‘sib-unmay qolishi mumkin, bu esa o‘z
navbatida ruhiy jihatdan rivojlanishida orqada qolishga, kechikishga
olib keladi, sust rivojlanganlikning somatik shakli deb shunga
aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat tug‘ma porok va
shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turadi.
77
Ruhiy rivojlanishning somatogen sabablarga aloqador sustligi
bolada asteniya holatini vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda
somatogen infantilizm kuzatiladi, ya’ni bola o‘sib-unmagan, go‘dak
taxlit bo‘lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o‘xshash
holatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo‘rqoqlik, injiqlik, erkalik,
qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi.
Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta
yoshligidan noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi va shu
tarbiyaning salbiy tomonlari ruhan rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan
bo‘ladi. Shu xildagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini 3
guruhga bo‘lish mumkin:
Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik, uni butunlay o‘z
holiga tashlab qo‘yish, bunda bolalarda burch va mas’uliyat hissi
shakllanmaydi. Aql-idrokning rivojlanishi, qiziqishlari, bilish
faoliyati, his-tuyg‘u va iroda yetishmasligi ustiga o‘quv fanlarini
o‘zlashtirish uchun zarur bilim va taassurotlarning yetishmasligi ham
qo‘shiladi.
Bolani har tomonlama erkalatish, yetarli mustaqil faoliyatga
o‘rgatmaslik, tashabbuskorlik, mas’uliyat hissini shakllantirmaslik
bolani «oila erkasi» qilib o‘stirish, haddan tashqari uning ko‘ngliga
qarab ish tutish natijasida ham bola ruhiy rivojlanishida bir qadar
orqada qolishi mumkin.
Bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish, jismoniy jazolash,
qattiqqo‘llik qilish, ota-onalarning alkogolizmga aloqador tajovuz-
korona munosabatlari bolani mudom asabiylashtirib, ruhan rivojla-
nishdan orqada qolishiga sabab bo‘ladi. Bunday bolalarda qo‘pollik,
jur’atsizlik, tashabbussizlik, mustaqilsizlik, qo‘rqoqlik va boshqa
hislatlar shakllanadi. Bularning hammasi aql-idrokiga, bilish faoliya-
tiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida aql-idrok
bilish faoliyatiga aloqador kamchiliklarga aksari noto‘g‘ri tarbiya
natijasida paydo bo‘lgan xislatlar ham qo‘shilib pirovard natijasida
shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik xislatlar yuzaga
keladi. Ana shunday bolalarni pedagogik qarovsiz bolalardan ajrata
olish lozim. Pedagogik qarovsiz bolalarning psixikasi normal bo‘lib,
ular noto‘g‘ri tarbiyalanganligi natijasida ulgurmovchi o‘quvchilar
qatoriga o‘tib qoladilar. Holbuki, ruhan sust rivojlangan bolalarda
78
shaxsiyatning har tomonlama noto‘g‘ri rivojlanishi markaziy nerv
sistemasidagi yengil darajadagi organik jarohatlanish bilan bog‘liq.
Ruhan sust rivojlanganlikning eng murakkab va keng tarqalgan
psixogen shaklida bosh miyaning kasalligiga, yaxshi yetilmaganiga
aloqador o‘zgarishlar kuzatiladi.Olimlarimizning bergan ma’lumot-
lariga ko‘ra bunday bolalarning 50 foizida nerv sistemasida organik
nuqsonlar bo‘ladi.Bu narsa ularning his-tuyg‘u, irodaviy holatlari
taraqqiy etmaganligiga, asosan organik infantilizm tarzida namoyon
bo‘ladi. Miyaga aloqador organik infantilizmni ikkiga bo‘lishi
mumkin:
Kayfi-ruhiyati o‘zgarib, aksari, ko‘tarinki ruhda bolalar, ularda
o‘zlaridan yosh bolalarga xos xislatlar saqlangan bo‘ladi.
Ko‘proq kayfiyati past bo‘lib mayus tortib yuradigan bolalar,
ularda vazifani mustaqil hal qila olmaslik, tashabbus ko‘rsata
olmaslik, qo‘rqish holatlari ko‘riladi.
Dostları ilə paylaş: |