O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning psixologik



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
Maxsus pedagogika

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning psixologik 
muammosi va xususiyatlari 
O‘zlashtirmaslik, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar 
tomonidan majburiy maktab barnomasini egallashlariga to‘sqinlik 
qiladi. Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida aqliy va amaliy 
jarayonlar, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Bunday boshlang‘ich 
bilimlarning bo‘lmasligi, ba’zan ayrim o‘quvchilarning ta’limdan 
chetga chiqib olishlariga sabab bo‘ladi. Bunday hollarda agar bola 
rivojlanishida buzilishlar bo‘lmasa, maxsus yakkama-yakka ishlar 
orqali o‘zlashtirmaslikning oldini olish mumkin. Buning sabablarini 
aniqlash, diagnostika qilish kerak. Ommaviy maktablardagi o‘z-
lashtirmaslik sabablari qator pedagog va psixologlar: M.A.Danilov, 
V.I.Zikova, N.A.Menchinskaya, T.A.Vlasova, M.S.Pevzner, 
A.I.Leontev, A.R.Luriya, A.A.Smirnova, L.S.Slavina, Yu.K.Babans-
kiylar tomonidan turli yo‘nalishlarida o‘rganilgan. Olimlar o‘zlash-
tirmaslik sababalari sifatida bolaning jismoniy jihatdan zaiflanishini, 
turli nutq kamchiliklarini, eshitish va ko‘rish kamchiliklarini, aqli 
zaiflikni hamda bolalar va o‘qituvchilar orasidagi salbiy holatlarni 
ko‘rsatadilar. Har bir qiyinchilik bilan oz miqdordagi o‘zlashtir-
movchi bolalar qamrab olingan. O‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning 
yarmini ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tashkil qiladi. Bunday 
taraqqiyot kamchiliklari, shakllari M.S.Pevzner, G.E.Suxareva, 
M.G.Reydiboym, T.A.Vlasova, K.S.Lebedinskayalar tomonidan 
tahlil qilingan. Bularning barchasi ruhiy rivojlanishi sustlashgan 
nuqsoni bilan homilaning ona qornida, tug‘ilish, ilk bolalik chog‘ida 
markaziy asab sistemalarining yuzaki, kam miqdorda zararlanishi 
oqibatida kelib chiqadigan rezidual qoldiq holatlar orasida bog‘liqlik 
borligini ta’kidlashdi. Markaziy asab sistemasining yuzaki zararla-
nishi natijasida bunday bolalarda maktab ta’limiga ham jismonan, 
ham fiziologik, ham ruhiy mos kelmaslik yuzaga keladi. Maktab 
ta’limiga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmaslik quyidagicha namoyon 
bo‘ladi: 
1) tashqi olam haqidagi tasavvur va bilimlarning yetarli emas-
ligida; 
2) aqliy jarayonlar, malaka va harakatlar yetishmasligida; 
3) nutq rivojlanishining orqada qolishida; 


84 
4) ma’lum qiziqish va motivlarda namoyon bo‘ladigan bilish 
qiziqishlarining chegaralanganligida; 
5) o‘z hulqlarini idora eta olmasliklarida ko‘zga tashlanadi. 
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar yuqoridagi barcha 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha maktab ta’limiga tayyor bo‘lmaydilar. 
Ularning ruhiy xususiyatlari qator o‘ziga xos belgilari, ko‘rninshlari 
bilan normal va aqli zaif bolalardan farq qiladilar. Albatta, bu 
xususiyatlar ruhiy jarayonlar: diqqat, idrok, xotira, nutq, tafakkur va 
boshqalarning xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ruhiy xususiyat-
lariga oid qator chet el olimlarining, hamda rus olimi akademik 
V.I.Lubovskiy rahbarligidagi olimlar tomonidan qilingan va qilina-
yotgan ishlarni ko‘rsatish mumkin. Ruhiy rivojlanishi susaygan 
o‘quvchilarning oliy asab faoliyatlari quyidagi o‘ziga xos xususi-
yatlari bilan xarakterlanadi. (V.I.Lubovskiy 1972). Bunga: 
− asosiy asab jarayonlarining kuchsizligi, tormozlovchi shartli 
bog‘lanishlarning sekinligi, asab jarayonlarining tez charchashi va 
toliqishi; 
− asab jarayonlarining keng irradiatsiyasi (markaziy nerv 
sistemasida qo‘zg‘alish jarayonining keng tarqalishi); 
− asab jarayonlarining inertligi, bo‘shligi. 
Yuqorida aytib o‘tilgan ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar 
asab sistemasining o‘ziga xos xususiyatlari ma’lum darajada aqli 
zaiflarga ham xosdir. Ammo, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar-
dagi bunday holatlar aqli zaif bolalardagidek keskin ifodalangan 
bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, sifat jihatdan ham farq qiladilar, ya’ni shartli 
bog‘lanishlarning hosil bo‘lishida, aqli zaif bolalardan farqli 
ravishda, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda so‘z-nutq sistemasi 
katta rol o‘ynaydi. Shuni qayd qilish lozimki, oliy asab faoliyatining 
yuqoridagi xususiyatlari neyrodinamikaning yetarli darajada yetilma-
ganligidan darak beradi. Bu hol normal bolalarda ham uchrashi 
mumkin. Lekin ularda bog‘cha yoshidagina kuzatiladi, xolos. 
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ruhiy jarayonlari va 
bilish faoliyatlari qator olimlar tomonidan turli yo‘nalishlarda 
o‘rganilgan va o‘rgatilmoqda. Bularga T.V.Egorova, V.I.Lubovskiy, 
T.I.Karenkova, L.I.Peresleni, S.A.Domishkevich, V.L.Podobed, 


85 
A.G.Poddubnaya, P.B.Shoshin, N.G.Lutonyan, A.A.Avtotinsh, 
I.A.Korobeynikov, V.S.Slepovich, V.I.Nasanova, R.D.Triger, 
N.A.Sipina, G.A.Shevchenko, G.M.Kapustina, G‘.B.Shoumarov, 
K.K.Mamedov, Ye.A.Morshinina va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning barchasida diqqat-
ning yetarli rivojlanmaganligini ko‘rish mumkin. G.I.Jarenkovaning 
ko‘rsatshicha, diqqatning yetarli rivojlanmaganligi quyidagicha 
ifodalanadi: 
− ma’lum bir faoliyatning dastlabki boshlanish bosqichida 
diqqatning kuchliligi va ma’lum vaqtdan so‘ng pasayib ketishi; 
− diqqatning kuchliligi faoliyat boshlangandan keyin ma’lum 
vaqt o‘tgach yuzaga kelishi; 
− diqqat kuchining muntazam ravishda kuchayib va susayib 
turishi kuzatiladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning idroki quyidagicha 
xarakterli xususiyatlarga ega.
Birinchidan sezgi organlari orqali olingan ma’lumotlarni qabul 
qilish va qayta ishlash tezligi past bo‘ladi.
Shu sababli ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ma’lum 
barnoma materialini o‘zlashtirish uchun ko‘p vaqt sarf qiladilar. 
Ammo aqli zaif bolalardan bir muncha farq qilib, normal tengdoshlari 
o‘zlashtirgan materialni to‘la o‘zlashtirish imkoniyatiga ega 
bo‘ladilar. 
Ikkinchidan ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar eshitish, 
taktil, ko‘rish idroklarining nozik shakllari yetarli rivojlanmagan 
bo‘ladi. Shu sababli oraliq tovushlarni va ranglarni normal 
tengdoshlaridek farqlay olmaydilar.
Uchinchidan, narsa va buyumlarning fazodagi joylashish 
munosabatlarini idrok etishlari yetarli bo‘lmydi. Buyularning bir-
biriga nisbatan oldida, yonida, orqasida kabi tushunchalarni yetarli 
tushunib yetmaydilar.
To‘rtinchidan, idrok etayotgan obyekt, narsa va buyumlar soni-
ning ortishi, ko‘payishi, idrok etilayotgan vazifa murakkabligining 
ortishi, o‘sishi, bir vaqtning o‘zida bir nechta taassurotlarni idrok 
etish zaruriyati yuzaga kelishi natijasida bunday bolalar idrokning 
birmuncha yomonlashishiga olib keladi.


86 
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokning yetarli 
rivojlanmaganligi asosida markaziy asab sistemasidagi analizatorlar 
orasidagi munosabatlarning buzilishi yotadi.
Ba’zi avtorlarning (E.U.Daulenskie, I.F.Markovskaya...) ko‘r-
satishicha, idrokning nozik shakllarining yetishmasligi bunday 
bolalarning 70 % ida uchraydi.
Idrok etilayotgan obyekt, narsalar kontrastligi va rangning 
kamayishi, umumiy fondan shaklni ajratishga qiyinchilik tug‘diradi.
Diqqatning ma’lum obyektlarga qaratilish vaqti bo‘yicha, narsa 
va hodisalarning o‘zgacha holatda idrok eta olish xususiyatiga ko‘ra 
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o‘z normal tengdoshlaridan 
keskin farq qiladilar. ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda idrok-
ning turli xususiyatlarining yetishmasligi chet el olimlari tomonidan 
ham ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ruhiy 
rivojlanishi sustlashgan bolalarda teri tuyush reaksiyalarida normal 
tengdoshlaridan orqada qolar ekanlar. 
Idrok etilayotgan narsalarni ko‘rganda ham, ma’lum darajada 
buyumning kam belgilarini ko‘rishga ulguradilar. Bunday ko‘rish 
idroklarini bartaraf etish uchun ruhiy rivojlanishi sustlashgan 
bolalarga maxsus yordam berib borilishi kerak. Ko‘rish orqali idrok 
etilishi kerak bo‘lgan buyum, narsalar ortiqcha elementlarsiz bo‘lishi, 
hamda ko‘rsatish bilan birga og‘zaki tushuntirish ishlarini qo‘yshib 
olib borish yaxshi natijalar beradi. Idrokning yetarli bo‘lmasligi 
ko‘rish, eshitish tasavvurlari ham yetarli darajada shakllanmaydi. 
Buning natijasida tafakkur jarayonlari, turlari ham yetarli rivojlan-
maydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning idrok etish jara-
yonlarining dinamikasi birmuncha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega 
bo‘lib, normal bolalarga nisbatan sezilarli darajada orqada qoladi.
Oddiy tasvirlarni, rasmlardagi buyumlarni bilib olish tezligi, 
normal bolalardagidan birmuncha pastligi P.B.Shoshin ishlarida to‘la 
ochib berilgan.
Yuqoridagilarga xulosa qilib, ruhiy rivojlanishi sustlashgan 
bolalar idroki quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turishini ta’kidlash 
mumkin. 
− sensor axborotlarni qabul qilish va qayta ishlash tezligi 
sekinlashganligi; 


87 
− ko‘rish, eshitish va taktil idroklarining nozik shakllari yetarli 
emasligi; 
− idrok etishda fazoviy munosabatlarning yetarli emasligi; 
− buyumlarning ko‘payishi natijasida idrok etishning yomon-
lashuvi. 
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning idrok xususiyatlarini 
tibbiy-pedagogik komissiya a’zolari tomonidan e’tiborga olinishi 
kerak. Maxsus maktab tarbiyachi-o‘qituvchilari ta’lim-tarbiyada 
quyidagilarga e’tibor berishlari lozim: 
− ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ma’lum materialni 
egallashi uchun ko‘p vaqtning sarflanishi; 
− ko‘rish orqali qabul qilinadigan materiallar mumkin qadar kam 
elementlardan iborat bo‘lishi; 
− yangi materiallar berish vaqtida, bolalar diqqatini chalg‘ita-
digan qo‘zg‘atkichlar bo‘lmasligi kerak. 
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotira jarayon-
larining o‘ziga xos tomonlari. 
Klinik va ruhiy-pedagogik tekshirishlarining ko‘rsatishicha, 
xotira buzilishlari ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning 
xarakterli belgilaridan biri ekan. Xotira jarayonlarining buzilishi 
murakkab va o‘ziga xos ko‘rinishiga ega. ruhiy rivojlanishi 
sustlashgan bolalar xotirasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, 
ular xotirasining ayrim tomonlari ko‘proq, ayrim tomonlari kamroq 
buzilganligidir. Xotira jarayonlari unumdorligining pasayishi, ruhiy 
rivojlanishi sustlashgan bolalarda o‘z faoliyatlarini unumli tashkil 
qila olmaslik, eslab qolishning samarali usullarini qo‘llay olmaslik 
natijasida kelib chiqadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar xotirasining kamchilik-
lariga qaramasdan, ularda yetarli rivojlanish imkoniyatlari bor. 
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda xotira hajmining 
kamayganligi, qisqa va uzoq muddatli xotira turlarida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi.
Bu haqda T.V.Egorova, V.L.Podobed, G‘.B.Shoumarov, 
K.K.Mamedovlar o‘zlarining ilmiy ishlarida alohida to‘xtalib 
o‘tganlar. Ayniqsa, tafakkur jarayonlarida ishtirok etuvchi operativ 
va vositali esda olib qolish buzilgan bo‘ladi. Qisqa muddatli xotira 


88 
ayniqsa, bolalarga narsalar ko‘rsatish oralig‘ining qisqarishi, hamda 
narsa, predmetlar orasida boshqa ta’sirotlar ta’sir ettirilsa, ko‘proq 
buzilishga sabab bo‘ladi (V.L.Podobed ma’lumotlari).
T.V. Yegorova, N.G.Lutonyan, N.G.Poddurnaya, N.B.Novins-
kaya, G‘.B.Shoumarovlar ishlarida ruhiy rivojlanishi sustlashgan 
bolalar xotirasining turli tomonlari atroflicha ochib berilgan. Ruhiy 
rivojlanishi sustlashgan bolalar xotirasining hajmi, eslab qolishning 
turg‘unligi, qisqa muddatli, operativ, ixtiyoriy, ixtiyorsiz xotira 
turlari normal tengdoshlaridan birmuncha pastligi aniqlangan. 
Qisqa muddatli xotira darajasi normal tengdoshlariga nisbatan 
past bo‘lib, uning hajmi aksariyat holda 5 raqamdan oshmaydi 
(maxsus Veksler metodikasi bo‘yicha). 
Ayniqsa, qisqa muddatli operativ xotira hajmi bunday bolalarni 
normal tengdoshlaridan va aqli zaif o‘quvchilardan ajratib olishga 
imkon beradi.
Aksariyat holda 2-sinf normal o‘quvchilarning qisqa muddatli 
operativ xotirasi 4 raqamni tashkil etsa, ruhiy rivojlanishi sustlashgan 
o‘quvchilarda 3 ta raqamni, aqli zaiflarda 2 ta raqamni tashkil qiladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning mexanik 
xotirasi normal o‘quvchilar darajasiga yaqin bo‘lib, aqli zaif bolalar 
darajasidan keskin farq qiladi. (G‘.B.Shoumarov). 
Boshlang‘ich sinf ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilari-
ning ixtiyorsiz esda olib qolishi 5-6 yoshli normal bolalar darajasiga 
yaqin bo‘ladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning esda 
saqlab qolish jarayonlarini atroflicha o‘rgangan T.V.Egorovaning 
ma’lumotlariga ko‘ra, xotira faoliyatining normaga yetmasligi 
asosida asab sistemasining muntazam tez charchashi yotadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni xotira jarayonlarining 
xususiyatlariga ko‘ra 3 ta guruhga bo‘lish mumkin. 
1. Normal o‘quvchilarga yaqin bo‘lgan daraja. 
2. Normal o‘quvchilar bilan aqli zaif bolalar orasidagi daraja. 
3. Aqli zaif bolalarga yaqin bo‘lgan daraja. 
Diqqat, idrok va xotira faoliyatining maqsadga qaratilgan-
ligining o‘sib yetishmaganligi natijasida ruhiy rivojlanishi sustlash-
gan o‘quvchilarning aksariyatida, ixtiyoriy xotirasining yetishmasligi 
kuzatiladi. Sodda, murakkab bo‘lmagan materiallarini eslab qolish 
vazifalarini bajarishda ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar, 


89 
normal o‘quvchilar darajasiga yaqinlashsa, xotira faoliyatlari 
murakkablashgan sari aqli zaif bolalar darajasiga yaqinlashadi. 
Xotira faoliyatning maqsad sari yo‘nalganligining yetishmas-
ligiga esda saqlab qolishning maxsus usullardan foydalana olmaslik 
ham ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar xotirasining o‘ziga 
xos belgisidir. Normal bolalardan farqli ravishda ruhiy rivojlanishi 
sustlashgan o‘quvchilar xotirasining samaradorligiga, esda olib qoli-
nayotgan material xarakteriga ko‘proq bog‘liqdir, ya’ni ko‘rgazma 
(noverbal) material, so‘z (verbal) materialga nisbatan yaxshiroq esda 
olib qolinadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarda faqat esda 
olib qolish emas, balki esga tushirish aktivligi ham pasaygan bo‘ladi. 
Uzoq muddatli va qisqa muddatli xotira bo‘yicha ruhiy rivojlanishi 
sustlashgan o‘quvchilar normal bolalardan keskin farq qiladi.
Esda saqlab qolish bilan, esga tushirish sifati keskin yomon-
lashadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar xotira dinamika-
sini tahlil qilganda, ularning aksariyati 4-sinfga qadar materialni 
mexanik esda saqlab qolishga harakat qilishni ko‘rsatadi. Normal 
o‘quvchilarda esa 2-sinfdan boshlab mantiqiy, ixtiyoriy, vositali 
eslab qolish tez sur’atlar bilan rivojlana boshlaydi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin