94
ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning
shaxsiy sifatlari
maxsus psixologiyada yetarli o‘rganilmagan. Ruhiy rivojlanishi
sustlashgan o‘quvchilarning qiziqishlari bog‘cha yoshidagi bolalar
qiziqishga o‘xshab ketadi. Shuning uchun o‘yin
ular uchun asosiy
faoliyat rolini o‘ynaydi.
Ularning aksariyat 7 yoshda ham maktabga bormasdan bog‘-
chada qolishni xohlaydi. O‘qishga bo‘lgan qiziqishlarga nisbatan,
o‘yinga bo‘lgan qiziqishlari ustunlik qiladi. O‘yinga bo‘lgan
qiziqishining ustunlik qilganligi va o‘qishda doimo, muntazam
muvaffaqiyatsizlikka uchrab turishi natijasida bu bolalarda o‘qishga
nisbatan salbiy munosabat shakllana boradi. O‘z-o‘ziga ishonmaslik
hislari shakllanadi. O‘zlarining qobiliyatlarini
baholashda haddan
tashqari past baholash hollari kuzatiladi. Bu esa, ular shaxsining
shakllanib yetishmasligi, hissiyot – iroda faoliyatlarida o‘quv faoli-
yati uchun zarur bo‘lgan bilish ehtiyojlarining shakllanmaganligida
o‘z ifodasini topadi. Aksariyat hollarda, ruhiy rivojlanishi sustlash-
gan o‘quvchilarda intellektual faollik, qiziqishlar yetarli bo‘lmaydi.
ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar faoliyati o‘rganilganda,
ularning o‘z faoliyatlarini yetarli rejalashtira olmasligi,
xatti-
harakatlarning normal bolalarga nisbatan qo‘zg‘aluvchanligi, o‘z-
o‘zini nazorat qilish saviyasining pastligi, o‘z imkoniyatlarini yetarli
baholay olmasligi va faoliyatlarini maqsad sari yo‘naltirishning
yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi.
G.I.Jarenkova ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar faoliyatini
tekshirib, ularni 3 guruhga bo‘ladi.
Birnchi guruh: barcha ruhiy rivojlanishi sustlashgan
o‘quvchilarning deyarli yarmini tashkil qilib, har qanday faoliyatga
sekin kirishadigan,
lekin ishga kirishganda keyin, ma’lum vaqt
samarali ishlaydigan o‘quvchilarni o‘z ichiga oladi;
Ikkinchi guruh: ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning 32,
3% ini tashkil qilib, asosan charchaydigan o‘quvchilardan iborat
bo‘ladi. Bu guruhga kiruvchi o‘quvchilar faoliyatga tez kirishadilar.
Dastlab, normal ishlab ma’lum vaqt o‘tgach, faoliyat samaradorligi
keskin pasayib boradi.
Uchinchi guruh: ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning 17,7 %ini
tashkil qilib, bular ham charchaydigan bolalardan iborat.
Turli
faoliyatlarga 1 guruhga kiruvchi bolalarga nisbatan tezroq kirishadi,
95
ammo ularning ish samaradorligi tezda, keskin pasayib ketadi.
Maxsus maktab o‘qituvchilari bu o‘quvchilarning ruhiy xusu-
siyatlarini bilib, ularga nisbatan individual munosabatda bo‘lishlari
lozim. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
shaxsiy sifatlarning
ayrim tomonlari, ular faoliyatining o‘ziga xos tomonlari
V.I.Lubovskiy, L.V.Kuznesova, K.S.Lebedinskaya, N.L.Belopols-
kaya, G.I.Jarenkov, N.A.Menchinskaya, N.A.Julidova, N.N.Afanase-
va va boshqalar tomonidan o‘rganilgan va o‘rganilmoqda.
Dostları ilə paylaş: