O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
Maxsus pedagogika

Savol va topshiriqlar 
1. Tayanch harakat a’zolarining rivojlanish xususiyatlari 
2. Serebral falajning dastlabki belgilari 
3. Serebral falajlangan bolalar klassifikatsiyasi 
 
2. Mujassam nuqsonli bolalar 
Alohida yordamga muhtoj bolalar qatoriga murakkab nuqsonli 
ko‘r-kar-soqov bolalar kiradi. Bu toifadagi bolalar nuqsoni ancha 
murakkab. Kar-ko‘r-soqov bolalar tevarak atrofdan informatsya olish 
imkoniyatidan mahrum bo‘lganligi tufayli aqlan rivojlanmaydi. 
Biroq maxsus tashkil etilgan yordam tufayli bu bolalar to‘liq 
intellektual rivojlanish imkoniyatiga egadirlar. Ularga barcha murak-
kab muloqot turlari yaratiladi, nutqi o‘stiriladi va ular barkamol 
nutqdan tortib to so‘z nutqigacha egallay oladilar. Bu esa ularni o‘rta 
maktab dasturini egallab, hatto oliy o‘quv yurtlarini muvaffaqiyatli 


118 
bitirishga imkon beradi. Bunga Olga Ivanovna Skoroxodovaning 
hayoti va ijodini misol qilib keltirishimiz mumkin. Kar-ko‘r-soqov 
qizchani mashhur korreksion pedagog Sokolyanskiy I.A. o‘zi 
rahbarlik qilgan maktab-klinikada o‘qitib, tarbiyalagan. Oliy o‘quv 
yurtini tugatib, O.Skoroxodova butun hayotini Korreksion 
pedagogikaga bag‘ishladi. U Korreksion pedagogika ilmiy-tadqiqot 
instituti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, ko‘pgina ilmiy 
maqola, she’rlar to‘plami muallifi. Ayniqsa u yaratgan noyob kitoblar 
«Как я воспринимаю окружающий мир» (1947), « Как я 
воспринимаю и представляю окружающий мир » (1956), «Как я 
воспринимаю, представляю и понимаю окружающий мир» 
(1972) ko‘pgina tillarga tarjima qilindi. Moskva viloyatining Zagorsk 
shahrida kar-ko‘r-soqov bolalar bilan olib boriladigan ishlar tizimi 
takomillashtirildi. Ushbu maktab-internat o‘z faoliyatini davom ettir-
moqda va ko‘pgina kar-ko‘r-soqov bolalarga mustaqil hayotda o‘z 
o‘rnini topib ketishiga yordam bermoqda. 
Murakkab, mujassam nuqsonli bolalardan eshitish qobiliyati 
zaif va aqli zaif bolalar birinchi bo‘lib o‘rganilgan edi. Natijada 
intellekti sog‘lom, eshitish qobiliyati zaif bolalarni aqli zaif eshitish 
qobiliyati zaif bolalardan amalda ajratish ancha mushkul. Ayniqsa ilk 
yoshdagi bolalarda. Hozirgi kunda ular uchun differensial-diagnostik 
mezonlar ishlab chiqilgan. Aqliy rivojlanishi va eshitish qobiliyati 
zaif bolalar karlar yoki zaif eshituvchi bolalar maktab-
internatlarining yordamchi sinflarida yordamchi maktab dasturi 
bo‘yicha ta’lim oladilar. Yordamchi sinflar ko‘r va zaif ko‘ruvchi 
bolalar maktab-internatlarda ham mavjud. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin