124
Bolalarda rivojlantirish uchun, ularda musiqaga qiziqish
hissidan foydalanish zarur, chunki bu qiziqish barcha og‘ir aqli zaif
bolalarda mavjud bo‘lib, nutq rivojlanishida yaxshi natija beradi.
Nutqsiz bolalarning deyarli barchasida 10 – 12 yoshga kelib nutq bari
bir paydo bo‘ladi va keyinchalik sezilarli kamchiliklar bo‘lsa ham
muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Og‘ir darajadagi aqli zaif bolalarning psixologik jihatlarini
bilish korreksion tarbiyaviy faoliyati bilan bog‘liq muammolarni
samarali hal etishga imkon beradi. Maksimal korreksion samara-
dorlikka faqatgina tibbiy, pedagogik ko‘mak bolaning klinik va psi-
xologik jihatlarini hisobga olib va erta boshlangandagina erishiladi.
Dostları ilə paylaş: