115
Sust ovqatlanish. Emish va ovqatni yutish sust bo‘ladi. Bola tili
bilan sut va ovqatni og‘zidan chiqarib tashlaydi. Og‘zini yopishda
qiynaladi.
Noodatiy xatti-harakatlar. Bola yomon uxlaydigan va ko‘p
yig‘laydigan, ko‘p bezovtalanadigan bo‘lishi mumkin. Yoki aksincha
ko‘p uxlaydigan va tovush chiqarmaydigan bo‘ladi.
Uch oylik
bo‘lguncha kulmasligi ham mumkin.
Bundan tashqari boladagi serebral falajlikni aniqlashda
quyidagilarni kuzatish tavsiya etiladi.
Bolada serebral falajlanishni aniqlash ba’zi hollarda ancha qiyin
kechishi mimkin. Buning uchun bolani
har bir rivojlanish davrida
kuzatib borish lozim. Agar bolada serebral falajlik mavjud bo‘lsa
quyidagicha holatlar kuzatiladi:
1 oyligida. Bolaning oyoqlari bukilmaydi. Boshini ko‘tara
olmaydi va qo‘llari bilan ko‘tarilishga harakat qila olmaydi. Boshi bir
tomonga qaragan holda orqasini itarishga harakat qiladi. Qo‘llarini
bir-biriga tekkiza olmaydi.
6 oyligida. Boshini ko‘tara olmaydi.
Beli bukilgan holatda
bo‘ladi. Qo‘llari bukilmaydi, kafti musht holatda bo‘ladi.
Boshi
orqaga og‘ib ketadi yoki o‘tirganda orqaga tortib ketadi. Oyoqlari
bukilmaydi va qaychiga o‘xshash ustma-ust holatda bo‘ladi
Dostları ilə paylaş: