Ovoz buzilishi
Ovoz-o‘pkadan chiqayotgan havoning hiqildoqdagi ovoz
boylamlarning tebranishidan har xil balandlikda, kuch va tembrda
hosil bo‘ladigan tovushlar yig‘indisidir. Demak, ovoz hiqildoqda
hosil bo‘ladi. Hiqildoqda ko‘ndalang joylashgan elastik yupqa tovush
boylamlari mavjud bo‘lib, bular so‘zlash paytida, o‘pkadan chiqa-
digan havo oqimining kuchi bilan tebranadi, shularning tebranishida
ovoz hosil bo‘ladi. Unli, sonor va jarangli undosh tovushlari ovozi
ana shu tovush boylamlarining hiqildoq bo‘shlig‘ida tebranishi
natijasidir. Jarangsiz undoshlar hosil bo‘lishida bu boylamlar
136
tebranmaydi, ularning orasi ochiq turadi: unli, sonor, jarangli undosh
tovushlar hosil bo‘ladi.
So‘zlashni hamda qo‘shiq aytish vaqtida gigiena qoidalariga
rioya qilmaslik, ovozning zo‘riqishi, eshitishning pastligi, hiqildoq
kasalliklari, o‘pka, bronxlar, traxeya, yurak va tomir sistemasi kasal-
liklari, artikulyatsion apparat faoliyati va tuzilishidagi patologik
o‘zgarishlar va sabablarga ko‘ra ovoz funksiyalari buzilishi mumkin.
Bunda ovozning buzilishi tabiatan organik yoki funksional xillariga
ajratish shartlidir. Ovoz nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra
organik va funksional bo‘ladi. Qaysi bo‘limda o‘zgarishlar borligiga
qarab bu nuqsonlar markaziy yoki periferik bo‘lishi mumkin.
Funksional ovoz kamchiliklarida ovozning hosil bo‘lishida ishtirok
etuvchi organlar tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
Ovozdan noto‘g‘ri foydalanish, asab kasalliklari, ruhiy travmalar
funksional ovoz buzilishlarini vujudga keltirishi mumkin.
Organik ovoz kamchiliklari ovoz hosil qiluvchi organlar
markaziy yoki periferik qismlarining ayrim zonalarida struktura
o‘zgarishlari borligi yoki ular mexanik jihatdan zararlanganligi
tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Periferik xarakterga ega bo‘lgan ovoz nuqsonlariga, masalan,
ovoz boylamlaridagi tugunchalar, hiqildoq papillamatozi (so‘gali,
o‘simtalari), hiqildoq stenozi (torayib qolishi), xronik larengit,
hiqildoq mushaklarining falaji va boshqa bir qancha o‘zgarishlar
sabab bo‘ladi.
Organik ovoz buzilishlarining dastlabki alomati hiqildoq
funksiyasining qisman aynishi yengil hiqillash paydo bo‘lishidir,
lekin bunga uzoq davom etgan boshqa o‘zgarishlar qo‘shilsa, bu
kamchilik yanada ham og‘irlashib, ko‘payadi.Organik buzilishlarda
ovoz hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi organlarning tuzilishida
patologo-anatomik o‘zgarishlar bo‘lgani sababli, maxsus olib boril-
gan korreksion ishlar ta’sirida ovoz kommunikativlik funksiyasi
jihatdan tiklansa-da, kuchi, balandligi va tembri jihatidan normal
jarangli ovozdan ozmi-ko‘pmi farq qilaveradi.
Funksional ovoz buzilishi ovoz hosil qiluvchi organlar
funksiyasining vaqtincha o‘zgarib qolgani natijasida paydo bo‘ladi,
shuning uchun ham bunda logopedik mashqlar yo‘li bilan ovozning
normal jarangiga erishish mumkin.
137
Organik va funksional ovoz buzilishlarining ko‘pchiligi bola
organizmi taraqqiyoti protsessida boshlangan bo‘ladi. Lekin ovoz-
ning markazga aloqador kamchiliklari borki, bular tug‘ma bo‘lishi
ham orttirilgan bo‘lishi ham mumkin.Ovoz nuqsonlarining ko‘pchilik
turlari boshqa nutq nuqsonlariga qo‘shilib, shular bilan birga davom
etib boradi.
Dostları ilə paylaş: |