140
Olimlarning ta’kidlashicha, alaliya bosh miyaning chap yarim
sharidagi nutqni idora etuvchi zonalarning homiladorlik davrida yoki
bolaning ilk yoshida jarohatlanishi, kam taraqqiy etganligi natijasida
vujudga keladi, analizatorlarning faoliyati sekinlashadi. Alalik
bolalarning
butun nutq sistemasi, ya’ni barcha tomonlari: fonetik-
fonematik, leksik va grammatik komponentlari rivojlanmagan
bo‘ladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, alalik bolalarning ba’zilarida
jismoniy va aqliy rivojlanish ham sekinlashadi.Bu hol ularni boshqa
kamchiliklari bor bolalardan ajratib olishda qiyinchiliklarni tug‘di-
radi. Alalik bolalarda aqliy va boshqa kamchiliklar ikkilamchi hodisa
sifatida vujudga keladi.Gapira
olmaslik serjahillikka, odamlarga
aralashmaslik, parishonxotirlikka, ruhan qiynalish va boshqa noxush
fazilatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Alaliya barham topib, nutq tiklanadigan bo‘lsa,
ulardagi
ikkilamchi hodisalar kamayadi yoki batamom yo‘qolib ketadi. Alalik
bolalar oligofren bolalardan o‘zining ongi, idrokliligi bilan ajralib
turadi.
Logopediya fanida alaliyaning turli xil tasniflari mavjud.Shartli
ravishda alaliya motor va sensor turga bo‘linadi.
Afaziya (grekcha a-yo‘q, fazis-ovoz, nutq)-ovoz chiqmasligi,
gapira olmaslikdan iborat nutq buzilishidir. Bu nuqson markaziy nerv
sistemasi nutqini idora etuvchi zonalarning
zararlanishi natijasida
vujudga keladi.
Ko‘p hollarda afaziya keksa yoshdagi kishilarda, gipertonik-
larda (qon bosimi baland kishilarda) miyaga qon quyilishi natijasida
paydo bo‘ladi. Biroq bu nuqson bolalarda ham kuzatilishi mumkin.
Psixolog A.R.Luriya va safdoshlarining
asarlarida katta miya
yarim sharlari jarohatlanishi, kasallikka uchrashi natijasida paydo
bo‘ladigan nutq kamchiliklarining
hammasi afaziya qatoriga
kiritiladi. Ular afaziyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadilar:
1) Dinamik afaziya
2) Efferent motor afaziya
3)
Afferent motor afaziya
4) Semantik afaziya
5) Sensor afaziya
Dostları ilə paylaş: