Disgrafiya (grekcha dis-buzilish, grafo-yozaman)
Agrofiya (a-inkor qilish, yo‘q, grafo-yozaman )
Yozuvdagi kamchiliklar-disgrafiya, ko‘p hollarda o‘qishdagi
kamchiliklar-disleksiyalar bilan birga kuzatiladi.Disleksiyaning
alohida o‘zi mustaqil nutq nuqsoni sifatida kamdan-kam uchraydi.
Maktab o‘quvchilari orasida yozma nuqsonlardan disgrafiya
va disleksiyalar tez-tez uchrab turadi. Disgrafiklarning yozma ishlari-
da kuzatiladigan xatolarni ma’lum guruhlarga ajratib o‘rganish
tavsiya etiladi.Bular quyidagilardir:
1.Fonetiko-fonematik xarekterdagi xatolar-talaffuz (artikulyat-
siya) va idrok (akustika) jihatidan o‘xshash tovushlarni bir-biri bilan
almashtirib yuborish
2. So‘z tuzilishidagi kamchiliklar:
a) bo‘g‘inlar o‘rnini almashtirish,
b) unlilarni tushirib qoldirib ketish
d) undoshlarni tushirib qoldirib ketish
e)bo‘g‘in, so‘zlarni oxirigacha yozmaslik
f)ortiqcha, keraksiz unli yoki undosh harflarni qo‘shib yozish
3.Bir so‘zni ikkiga bo‘lib yoki ikkita so‘zni qo‘shib yozish
4.Shakli va yozilishi bilan o‘xshash harflarni, ularning element-
larini almashtirib yozish,
5.Qo‘l muskullarining nozik harakatchanligi, motorikasi
buzilishi natijasida harflarni noto‘g‘ri yozish, daftardagi chiziqlarga
rioya qilmaslik, harf bo‘g‘in va so‘zlarni ustma-ust yozish va hokazo.
6.Grammatik xarakterdagi xatolar
7.Oynavon xat-xatni xuddi oynada aks etganidek teskari yozish.
Bunda bola chap va o‘ng tomonlarni chalkashtirganligi tufayli harflar
ko‘zguda qanday ifodalansa, shunday yozadi.
Savol va topshiriqlar 1. Logopediya fanining maqsad va vazifalarini yoritib bering.
2.Nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablarini yoritib bering.
3.Nutq nuqsonlariga xarakteristika bering.