O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
Maxsus pedagogika

 
Ovoz nuqsonlarini aniqlashda: 
– nutq apparatining qaysi tomonlari (harakatchangligi, idrok 
etish qobiliyati) buzilgani; 
– analizatorning qaysi (markaziy, periferik) bo‘limi ishdan 
chiqqanini
– kamchilikning tabiatan qanday (organik, funksional) ekan-
ligini hisobga olish lozim. Bundan tashqari, kamchilikning qachon 
paydo bo‘lganini ham aniqlab olish kerak. 
Ovoz nuqsonlari logopediyada quyidagi terminlar bilan ataladi: 
afoniya, disfoniya, fonosteniya, rinofoniya 
Afoniya (lotin tilida-inkor etish, grek tilida fonos-ovoz)-
butunlay ovoz chiqmasligi, ovoz yo‘qligi.Bunda ovoz hosil qilish 
apparatining faoliyati yoki tuzilishidagi o‘zgarishlar natijasida ovoz 
chiqmay qolib, kishi shivirlab gapiradi.Sabablariga ko‘ra afoniya 
organik va funksional bo‘ladi. Hiqildoqning o‘tkir va xronik 
kasalliklari, hiqildoq mushaklarining o‘smasi va falajida, ovoz 
boylamlaridagi o‘zgarishlarda, papillamatoz, hiqildoq stenozi va 
hokazolarda organik afoniya kuzatiladi. Funksional gipertonusli va 
gipotonusli afoniya, psixogen afoniyalarda hiqildoq ichidagi 
muskullar funksiyasi buziladi.Afoniyaning ikkala turida ham ovoz 
boylamlarining butunlay yoki yetarli darajada jipslashmasligi 
natijasida ovoz hosil bo‘lmaydi. 
Disfoniya (dis - “buzilish”ni bildiruvchi yuklama, fonos–ovoz) 
-ovoz kuchi, balandligi va tembrining qisman buzilishi. Disfoniya 
ham asosan hiqildoqning o‘tkir va xronik kasalliklari (yallig‘lanish 
hiqildoq mushaklarining qisman falajlanishi, turli o‘simtalar va 
boshqalar) tufayli yuzaga keladi. Disfoniya afoniyadagidan farq qilib, 
ovoz saqlansa-da, u zaif, xirillab chiqadigan, titrovchi, uziluvchi 
bo‘lib qoladi. 


138 
Mutatsiya tufayli ovoz buzilishi - funksional ovoz nuqson-
larining bir ko‘rinishidir.Bu kamchilikni organik va funksional 
o‘zgarishlar chegarasidagi ovoz nuqsonlari gruppasiga kiritish ham 
mumkin.Mutatsiya – balog‘atga yetish davrida hiqildoqning tez 
o‘sishi natijasida ovoz o‘zgarib qolishidir. Ovoz apparatining ba’zi 
bir bo‘limlari o‘rtasidagi uyg‘un bog‘lanishlarning buzilishi ovoz 
hosil bo‘lish jarayonida payvastalik yo‘qolib ketishiga olib keladi
shunga ko‘ra ovozning kuchi, tembri, balandligi aynib, o‘zgarib 
qoladi.Natijada bola ovozi goh past, goh baland bo‘lib chiqadi. Muta-
tsiya davrida bolalar ovozini ehtiyot qilish, unga zo‘r keltirmaslik 
kerak. Ba’zan mutatsiya o‘z muddatidan oldin barvaqt (10-11 yosh-
da), ba’zan esa haddan tashqari kechikib (19-20 yoshdan) boshlanadi. 
Fonosteniya (grekcha fonos-ovoz, asteniya-kuchsiz, darmon-
siz) ovoz apparatida organik o‘zgarishlar bo‘lmagan holda ovoz hosil 
qilish funksiyasining buzilishi.Bunda ovozning tez kuchsizlanib 
qolishi, ovoz jarangining susayishi kuzatiladi.Fonosteniya asosan 
ovoz apparatiga ortiqcha zo‘r kelganida tarbiyachi, o‘qituvchi, 
ashulachi kabi kasb egalarida ovoz gigienasiga rioya qilmaslik 
natijasida kasb kasalligi sifatida yuzaga keladi. Maktabgacha va 
maktab yoshidagi bolalarda fonosteniya haddan tashqari zo‘r berib 
gapirilgan vaqtda qattiq baqirib qo‘shiq she’r aytganda ko‘riladi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin