136
tebranmaydi, ularning orasi ochiq turadi: unli, sonor, jarangli undosh
tovushlar hosil bo‘ladi.
So‘zlashni hamda qo‘shiq aytish vaqtida gigiena qoidalariga
rioya qilmaslik, ovozning zo‘riqishi, eshitishning pastligi,
hiqildoq
kasalliklari, o‘pka, bronxlar, traxeya, yurak va tomir sistemasi kasal-
liklari, artikulyatsion apparat faoliyati va tuzilishidagi patologik
o‘zgarishlar va sabablarga ko‘ra ovoz funksiyalari buzilishi mumkin.
Bunda ovozning buzilishi tabiatan organik yoki funksional xillariga
ajratish shartlidir. Ovoz nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra
organik va funksional bo‘ladi. Qaysi bo‘limda o‘zgarishlar borligiga
qarab bu nuqsonlar markaziy yoki periferik bo‘lishi mumkin.
Funksional ovoz kamchiliklarida ovozning hosil bo‘lishida ishtirok
etuvchi organlar tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
Ovozdan noto‘g‘ri foydalanish,
asab kasalliklari, ruhiy travmalar
funksional ovoz buzilishlarini vujudga keltirishi mumkin.
Organik ovoz kamchiliklari ovoz hosil qiluvchi organlar
markaziy yoki periferik qismlarining
ayrim zonalarida struktura
o‘zgarishlari borligi yoki ular mexanik jihatdan zararlanganligi
tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Periferik xarakterga ega bo‘lgan ovoz nuqsonlariga, masalan,
ovoz
boylamlaridagi tugunchalar, hiqildoq papillamatozi (so‘gali,
o‘simtalari), hiqildoq stenozi (torayib qolishi), xronik larengit,
hiqildoq mushaklarining falaji va boshqa bir qancha o‘zgarishlar
sabab bo‘ladi.
Organik ovoz buzilishlarining dastlabki alomati hiqildoq
funksiyasining qisman aynishi yengil hiqillash paydo bo‘lishidir,
lekin bunga uzoq davom etgan boshqa o‘zgarishlar qo‘shilsa, bu
kamchilik yanada ham og‘irlashib, ko‘payadi.Organik buzilishlarda
ovoz hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi
organlarning tuzilishida
patologo-anatomik o‘zgarishlar bo‘lgani sababli, maxsus olib boril-
gan korreksion ishlar ta’sirida ovoz kommunikativlik funksiyasi
jihatdan tiklansa-da, kuchi, balandligi
va tembri jihatidan normal
jarangli ovozdan ozmi-ko‘pmi farq qilaveradi.
Funksional ovoz buzilishi ovoz hosil qiluvchi organlar
funksiyasining vaqtincha o‘zgarib qolgani natijasida paydo bo‘ladi,
shuning uchun ham bunda logopedik mashqlar yo‘li bilan ovozning
normal jarangiga erishish mumkin.
137
Organik va funksional ovoz buzilishlarining ko‘pchiligi bola
organizmi taraqqiyoti protsessida boshlangan bo‘ladi. Lekin ovoz-
ning markazga
aloqador kamchiliklari borki, bular tug‘ma bo‘lishi
ham orttirilgan bo‘lishi ham mumkin.Ovoz nuqsonlarining ko‘pchilik
turlari boshqa nutq nuqsonlariga qo‘shilib, shular bilan birga davom
etib boradi.
Dostları ilə paylaş: