O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
Maxsus pedagogika

 
ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR 
REABILITASYASIDA FOYDALANILADIGAN
ATAMALAR LUG‘ATI 
 
Abilitatsiya  nuqsonlar mavjudligi tabiiy ravishda jamiyatda 
shaxs sifatida shakllanishini qiyinlashtirgani sababli individ 
qobilyatlari va organizmni funksional tizimini rivojlantirish va 
shakllantirishga qaratilgan kompleks chora tadbirlardir. 
Abuliya – iroda va faoliyat nuqsonlari hamda shaxs motiva-
tsiyasi sohasidagi buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs nuqsonlari. 
Agressivlik – boshqa odamlarga nisbatan negativ va urushqoq-
likda namoyon bo‘ladigan shaxs xususiyati. 
 Adaptatsiya – atrof - muhit o‘zgarishlariga organizm yoki 
shaxsning moslashuvi. 
Adaptivlik – ontogenezda turli xil moslashish mexanizmlar 
yordamida organizmning tashqi va ichki muhit o‘zgarishlariga 
moslashuv qobilyati. 
Adaptik xulq-atvor – bu insonning hayotda ro‘y beradigan turli 
voqealarga moslashishga yordam beradigan xulq-atvori. 
Psixik adaptatsiya - atrof muhit talablariga mos ravishda inson 
psixikasining streotiplar dinamikasini qayta qurish xususiyati. 
Ijtimoiy adaptatsiya – bu individning jamiyatda qabul qilingan 
qonun va normalar, qadriyatlarni o‘zlashtirgan holda ijtimoiy 
muhitga aktiv moslashuvi. 
Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya - shaxs va gruppaning o‘zaro 
munosabatlarini optimallashtirish, ularni faoliyat maqsadlarini 
yaqinlashtirish. 
Akseleratsiya – bu bolalar va o‘smirlarning somatik va fizio-
logik jihatdan tez yetilishi bo‘lib, bu jarayon ularning qomat va tana 
og‘irligini o‘zgarishi jinsiy jihatdan erta yetilishlarida ko‘rinadi. 
Shaxsning faolligi – bu shaxsning muloqotda, irodaviy aktlarda 
moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirish asosida ijtimoiy muhim 
bo‘lgan o‘zgarishlarni yarata olish qobiliyati. 


144 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin