5. Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari
Bolalar bir-biriga o‘xshamaydilar. Bir-biriga o‘xshash bo‘lgan
bolaning o‘zi mavjud emas. Bolalarning yoshlari bir xil bo‘lsada, ular
bir-biridan farq qiladi. Ba’zi bolalar injiq, ba’zilar esa, aksincha xush-
chaqchaq, ba’zilari yaxshi kuylaydi, ba’zilari esa, aksincha ashula
ayta olmaydilar.
Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko‘radi, eshitadi,
biror narsa tekkanini, og‘riq, issiq, hid va ta’mni xis etadi.
Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan,
ya’ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan
boshlanadi.
Bolaning idroki hayotining dastlabki-yillaridayoq ancha tako-
millashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-
kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajra-
tadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko‘rish va ko‘z-
dan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga
qarab ajratish, ko‘zi ko‘rayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish
qobiliyati rivojlanib boradi.
Bola turli taassurotlar olib turishi — buyumlarni ko‘rishi, ushlab
bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi
kerak.Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir.
Sensor qobiliyatlarning o‘z vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy
tarbiyasi uchun zamin yaratadi.
Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy
jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Bola nutqining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rivojlanishi aqliy rivojla-
nishining asosidir. Nutq ruxiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning
rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar
18
nutqi rivojlana boshlashi bilan kattalar so‘zlarining tarbiyaviy vosita
sifatidagi roli ortib boradi.
Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq
boshlanadi. Bola har kuni ko‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va
tevarak-atrofdagi kishilarga o‘z munosabatini bildiradi, kattalarning
xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo‘layotgan voqealarga bolaning
beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati — bularning
hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.
Bolaning xoh ona qornida, xoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib
borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi
turli xil jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlar, kamchiliklar-
ga olib kelishi mumkin. Korreksion pedagogika fanida alohida
yordamga muhtoj bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi:
Ular quyidagilardir:
1) eshitish kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar (kar, zaif eshi-
tuvchi bolalar, kech kar bo‘lib qolgan bolalar);
2) ko‘rish qobiliyatida kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar (ko‘r,
zaif ko‘ruvchi bolalar);
3) aqli zaif bolalar;
4) og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
5) harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo‘lgan bolalar;
6) ruxiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.
7) rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalar;
8)autizm sindromli bolalar.
Alohida yordamga muhtoj bolalar me’yorda rivojlangan teng-
doshlari orasida inklyuziv ta’limda yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim-
tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o‘qitilishi kerak. Bolaning
umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan nuqsonlar-
gina uni alohida yordamga muhtoj bola deb hisoblashga asos bo‘lishi
mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog‘i eshitsa-yu, bu nuqson
uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u maktab
tengdoshlari qatori o‘zlashtiradigan bo‘lsa, u alohida yordamga
muhtoj bolalar toifasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma’lum
sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan nuqsonlar ham ularning umumiy
rivojlanishiga ta’sir etmasa, bu kishini alohida yordamga muhtoj deb
hisoblash mumkin emas.
19
Alohida yordamga muhtoj bolalarning jismoniy yoki ruhiy
rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin o‘zgarishlar bola shaxsi-
ning tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bunday
bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit
yaratalishi kerak, ya’ni ular maxsus ixtisoslashtirilgan maktabgacha
tarbiya muassasalari va maktablarda yoki me’yorda rivojlangan teng-
doshlari orasida hamma qatori va agarda kerak bo‘lsa, maxsus dastur
va darsliklar asosida o‘qitilishi va tarbiyalanishi zarurdir.
Har qanday alohida yordamga muhtoj bolada kuzatiladigan nuq-
son markaziy yoki periferik nerv sistemasidagi organik yoki funk-
sional o‘zgarishlarga aloqador bo‘lishi mumkin.
Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit,
noto‘g‘ri tarbiya, ta’lim natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Ma-
salan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o‘qituvchining
bolaga noto‘g‘ri munosabati va boshqa ko‘pgina sabablar bola rivoj-
lanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi
o‘zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi o‘quvchilar orasiga qo‘shilib
qolishiga sabab bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, biz bunday bolani alohida
yordamga muhtoj bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning
rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bo‘lmasin biror
organik yoki funksional patologik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmay,
balki boshqa sabablardan kelib chiqqan.
Ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarni alohida
yordamga muhtoj bolalardan farqlay oladigan bo‘lishlari kerak.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra har qanday nuqsonli rivojlanish
tug‘ma yoki turmushda orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma nuqsonlar ko‘p jihatdan homilador onaning sog‘lig‘i va
yashash sharoitiga bog‘liq. Ona qornidagi homilaning rivojlanishiga
infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va boshqa omillar ta’sir etishi
mumkin. Onaning homiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan
og‘rishi, o‘zboshimchalik bilan turli dori darmonlarni bilar-bilmas
iste’mol qilishi, bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga sabab bo‘lishi
|mumkin.
Tug‘ma nuqsonlar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan eshitish, ko‘rish analizatori faoli-
20
yatining buzilishi, aqliy zaiflikning nasldan bolaga o‘tishi ham kuza-
tiladi (fenilketonuriya, Daun sindromi, rezus faktorning mos kelmas-
ligi va boshqalar).
Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari
ham bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.
Turmushda orttirilgan nuqsonlar bola organizmiga tug‘ilish
vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta’sir etishi nati-
jasida vujudga keladi. Tug‘ruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning
kindigi o‘ralib, bo‘g‘ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar, ba’zan
uning nuqsonli rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Bolaning ilk yoshligida (uch yoshgacha) turli kasalliklar bilan
og‘rishi, masalan, meningit, meningoensefalit, otit, markaziy nerv
sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan
kechirishi ham nuqson rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mamlakatimizda bolalarning jismoniy yoki ruxiy rivojlanishi-
dagi nuqsonlarning oldini olish yuzasidan ko‘pgina choralar ko‘ril-
moqda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. O‘zbekistonda
aholini davolash-profilaktikasi kengaygani hamda meditsina
sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan alohida yordamga muhtoj
bolalr soni nisbatan kamaydi. Bolalarning chechak, o‘lat, tif, vabo,
traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar
orqasida alohida yordamga muhtoj bo‘lib qolish hodisalari uchrab
turadi. Irsiy omillar hamda intoksikatsiya va organizm shaklla-
nayotgan paytda bosh miya, analizatorlarning zararlanishiga olib
boradigan boshqa sabablar tufayli bolaning alohida yordamga muhtoj
bo‘lib qolish hollari hali ham uchrab turadi.
Dostları ilə paylaş: |