Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ko‘ruv o‘tkirligiga ko‘ra
2 turga bo‘linadi:
1.Total ko‘rlar - ko‘rish o‘tkirligi 0.
2.Qisman ko‘rlar. Ko‘rish o‘tkirligi 0, 05 gacha. Mashg‘ulot-
larda ular asosan o‘quv materialini sezish, eshitish idroki asosida
o‘zlashtiradilar. Brayl tizimi bo‘yicha o‘qiydi va yozadilar. Ba’zi bir
22
bolalar saqlangan ko‘rish imkoniyatidan o‘qish va yozishda foydala-
nishlari mumkin.
Zaif ko‘ruvchilar ko‘rish o‘tkirligiga ko‘ra quyidagicha
turga bo‘linadi
1. Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 05dan 0, 1 gacha
2. Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 1dan 0, 2 gacha
3. Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 2 dan yuqori 0, 4 gacha.
Ko‘rish o‘tkirligi pastligi bilan bir qatorda ayrim bolalarda
ko‘rish maydoni toraygan, fazoviy idrok buzilgan bo‘lishi ham
mumkin. (Ko‘rish o‘tkirligi 0,1 bo‘lgan bolalar). Bularning barchasi
o‘quv materialini idrok etish, o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zaif ko‘ruvchi bolalar maxsus sharoitda, maxsus usul, uskunalar,
texnik va optik vositalar yordamida o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir.
Ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ko‘ruv idrokini rivojlantirish-
ga alohida ahamiyat beriladi.
Ko‘rishdagi nuqsonlar bolaning ruxiy, jismoniy rivojlanishida
ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqishiga olib keladi. Ko‘rishida nuqsoni
bo‘lgan bolalar va kattalarning ta’limi va tarbiyasini tashkil etishni
o‘rganuvchi ilmiy ta’limotlarni o‘rganuvchi fan tiflopedagogika fani
hisoblanadi .
Ko‘rishning zaiflashuvi sabablari:
1. Albinizm – odamlarning terida, ko‘zda, sochda rangning
(pigmentning) bo‘lmasligi bilan tug‘ilish. Ularda rangsiz teri va juda
yorqin oq-sariq soch bo‘lishi mumkin (odatiy yetnik gruppalardan
tashqari). Albinism ko‘ruv faoliyatiga ta’sir qiladi.
2. Katarakta -bu ko‘z linzalarining xiralashuvi oqibatida yorqin
ko‘rishni qiyinlashtiradi. Katarakta ko‘p hollarda bir necha sabablar
bilan bog‘liq. Ko‘p bolalar katarakta bilan tug‘iladi. Katarakta ko‘zdagi
qizarishlar, shishlar va boshqa ko‘z kasalliklaridan bo‘lishi mumkin.
Bunda bolaning ko‘zi odatdagidan kichikroq bo‘ladi. Homiladorlik
davridagi infeksiyalar ham kataraktaga sabab bo‘lishi mumkin.
3. Diabetga aloqador ko‘z kasalligi. Ko‘p davlatlarda ko‘rish
zaiflashuvining asosiy sababchisi sifatida ko‘rsatiladi. Bundan gla-
ukoma, katarakta diabetik retionapiya kelib chiqishi mumkin.
4. Glaukoma – ko‘ruv nervi miyaga ma’lumotni beradi. U
shikastlanganda ko‘zda bosim oshadi. Ko‘zlarning to‘g‘ri ishlashi
ularning shaklini ushlab qolishi sog‘lom bo‘lishi uchun bosim
23
ma’lum miqdorda bo‘lishi kerak. Bosim juda yuqori bo‘lsa bolada
quyosh yoki yorqin nurlarda noqulaylik kuzatilishi, bolada g‘ilaylik
bo‘lishi (bolaning ko‘zlari turli tomonga qarashi) yoki “dangasa
ko‘z” (bir ko‘zning boshqasiga qaraganda kuchsizligi)ning bo‘lishi
va ko‘z yoshlanishi mumkin.
5. Daryo ko‘rlik. Daryo bo‘yida yashaydigan qora pashsha to-
monidan yuqadigan, ko‘zlarning hamma ichki to‘qimalari zararlanib,
qon ketish, qizarish, shish va boshqa yakuniy asoratlar bo‘lsa
ko‘rlikka olib keladi. Ta’siriga uchragan kishilarning 99% Afrikada,
1%i Yaman, Meksika, Gvatemala, Ekvador, Kolumbiya, Venusuel-
lada yashaydi. Astigmatism bilan yoki astigmatizmsiz keladigan mio-
piyalar (yaqindan ko‘rish) gipermetropiyalar (uzoqdan ko‘rish) kiradi
6. Pigmentli retinet retinetli kasallik. Birinchi belgisi, yerta bola-
likda salbiy ta’sir bilan ro‘y beradi. Qorong‘ida kuchsiz ko‘radi va
ko‘rish maydoni torayishni boshlaydi. Pigmentli retinit turmushda va
oilaviy hayotda uchraydigan eng odatiy ko‘z kasalligidir.
7. Traxoma. Chivinlar orqali yuqadigan kasallik. Bunda ko‘zdan
infeksiya ajralib chiqadi. Bir necha yillardan keyin infeksiya
takrorlanadi, ko‘zning ichida chandiqlar bo‘lishi, qovoqlar og‘rishi,
ko‘zi ojizlikka ham olib kelishi mumkin.
Maxsus ta’lim – tarbiya jarayonida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan
o‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularning rivoj-
lanish va mustaqil bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun
shart sharoitlar yaratish. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda
ta’limga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularning rivojlanish va
mustaqil bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart
sharoitlar yaratish. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar tafakkurining rivoj-
lanishini ular imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’minlash, ijodiy
qobiliyatlarini. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar tafakkurining rivoj-
lanishini ular imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’minlash, ijodiy
qobiliyatlarini. Kasbiy faoliyatga tayyorlash, zamonaviy ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlarda mehnat faoliyati uchun lozim bo‘lgan tasavvur,
ko‘nikma va malakalarni rivojlantiriladi.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bola shaxsini har tomonlama rivoj-
lantirish, ijodiy tomondan o‘z-o‘zini namoyon etishga bo‘lgan inti-
lishini tarbiyalash, individual kreativ qobiliyatlarni namoyon etish
uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish lozim.
24
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolaning ijtimoiylashuvini stimul-
lash, uning ijtimoiy tajribasini boyitish, kishilar bilan muloqot va
birgalikdagi bo‘lgan faoliyatga tayyorlash, madaniy qadriyatlarga,
madaniy hayotda faol ishtirok etishga o‘rgatish. Estetik tushunchalar
va tamoyillar bilan tanishtirish davomida ahloqiy ongni tarbiyalash,
burch va mas’uliyat hislarini mustahkamlash. Ko‘rishida nuqsoni
bo‘lgan o‘quvchilar jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, ularda
shaxsiy gigiena malakalarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tar-
zini, mehnatsevarlikni, mustaqillilikni, o‘z-o‘zini nazorat eta bilishni
tarbiyalash. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolaning har tomonlama
rivojlanishi ularning kishilar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish
malakalarining egallanishiga, dunyoga bo‘lgan estetik munosabatni
tarbiyalashga ko‘maklashadi.
V. Gayui (1745-1822) tiflopedagogika fanining va ko‘rishida
nuqsoni bo‘lgan shaxslarni o‘qitishning asoschisi hisoblanadi, uning
maslakdoshi va izdoshi, fransuz pedagogi D. Didro Fransiya va
Rossiyadagi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallan-
gan ilk ta’lim muassasalarining asoschisidir.
V. Gayui bois nafaqat ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni
tizimli o‘qitish yo‘lga qo‘yildi, balki ularga ta’lim olishga va ijtimoiy
moslashishga muhtoj bo‘lgan jamiyatning to‘laqonli a’zolari sifatida
qarashi shakllandi. L. Brayl – re’lefli yozuvning olti nuqtali tizimini
yaratgan. Ye.B. Ryabkin – ranglarni farqlashning tug‘ma va orttiril-
gan shakllari, A. I. Gersen nomidagi Leningrad pedagogika instituti
professori, B. I. Kovalenko tiflopedagogika fanining rivojiga va
ko‘rlarni umumta’lim fanlariga o‘qitish usullarini ishlab chiqishga
katta hissa qo‘shgan. M.I. Zemsova, A.I. Litvak, V. Fromm, Ya.
Yasenskiy – ko‘rish nuqsonining darajasiga ko‘ra tafakkurning
rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgangan. O‘zbek milliy
olimlardan Sh.Xalilova 2005-yil “Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
tafakkur xususiyatlari” mavzusida, O. Rustamov ko‘rishida nuqsoni
bo‘lgan bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mavzusida
tadqiqot ishlarini olib borgan. Shuningdek, yosh olimlardan
D.Sultonova, N.Abidova, Z. Djalolovalar ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan
bolalar bilan olib boriladigan pedagogik-korreksion ishlarni o‘ziga
xos tomonlarini o‘rganish, takomillashtirish yuzasidan tadqiqot
25
ishlarini olib bormoqdalar. Mualliflar tomonidan qator darslik, o‘quv
qo‘llanma, dasturlar va maqolalar nashr etishga erishildi.
Ma’lumki, ko‘rish analizatori nurlarni qabul qiluvchi qism-ko‘z
olmasi (soqqasi) va uning yordamchi apparatidan ko‘zga tushgan
tasvirni avval po‘stloq osti markazlariga, keyin esa oliy ko‘ruv
markazlari joylashgan katta miya po‘stlog‘iga (ensa bo‘laklariga)
yetkazib beradigan o‘tkazuvchi yo‘llardan tashkil topgan. Ana shu
analizatorning har qanday qismlaridagi o‘zgarishlar bolaning ko‘rish
qobiliyatiga albatta ta’sir ko‘rsatadi.
Tiflopedagogikada ko‘zi ojiz bolalar ko‘r (so‘qir), yaxshi ko‘ra
olmaydigan, ko‘zi xira, zaif ko‘ruvchi bolalar guruhiga bo‘linadi.
Ko‘r bolalarning ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko‘rlik)
yoki korreksiya qo‘llanilganida (ko‘zoynak tutilganda) ham ko‘rish
o‘tkirligi 0, 04 gacha pasaygan, ya’ni bunday bolalar amalda ko‘r
bo‘ladi. Zaif ko‘ruvchi bolalarda ko‘rish o‘tkirligi 0, 05 dan to 0, 4
gacha bo‘lishi mumkin. Ushbu guruhdagi bolalar tevarak-atrofni
ko‘rish analizatori orqali idrok etadi.
Ko‘rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra
tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida
irsiy kasalliklar (masalan, tug‘ma kataraktaning ba’zi shakllari va
boshqalar), homilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari
bilan og‘rishi, xomila ko‘rish organlarining embrional rivojlanish
paytda zararlanishi, miya o‘smasi va shu kabi kasalliklar katta rol
o‘ynaydi.
Orttirilgan ko‘rish nuqsonlari hozirgi kunda nisbatan kam
uchraydi. Aholiga davolash-profilaktika, oftalmologiya yordamining
yaxshilangani tibbiyot sohasidagi katta yutuqlar qo‘lga kiritilgani
munosabati bilan zaif ko‘ruvchi bolalar ancha kamaydi. Traxoma,
chechak, so‘zak, ko‘z sili, skarlatina va boshqa kasalliklar oqibatida
bolalarning ko‘r yoki zaif ko‘ruvchi bo‘lib qolish hodisalariga deyarli
tamomila barham berildi.
Ko‘z ojizligi, ya’ni ko‘rish nuqsonlari zo‘rayib boradigan va bir
xil turadigan (muqim) bo‘ladi. Zo‘rayib boradigan xili kun sayin
og‘irlashib, bora-bora ko‘rlikka olib keladi. Muhim xili esa turg‘un
bo‘ladi, bolaning ko‘rish darajasi doim bir xilda turaveradi. Ko‘rish
qobiliyatining zo‘rayib boradigan zaifligi, ko‘ksuv, ya’ni glaukoma
kasalligi (ko‘z ichki bosimining ko‘tarilib ketishi) ko‘ruv nervi
26
atrofiyasi, to‘r parda (ko‘zning yorug‘likni qabul qiladigan qismi)
distrofiyasi (aynishi) ga bog‘liq bo‘lib, bolaning har qanday
rivojlanish davrida vujudga kelishi mumkin. Gigienik talablarga
rioya qilmaslik refraksiya alohida yordamga muhtoj bolalar bilan
bog‘liq bo‘lgan ko‘z kamchiliklari zo‘rayib borishiga ham olib keladi
(faqat yaqindan yoki uzoqdan ko‘rishga).
Yosh go‘daklarda ba’zan ko‘zga oid tug‘ma nuqsonlar ham
uchraydi: kriptoftalm - ko‘z olmasi, qovoqlarining tug‘ilishdan
rivojlanmay qolgani; mikroblefaron -ko‘z qovoqlar kaltaligi tufayli
ko‘zning yumilmay turishi, koloboma — ko‘z qovoqlarining nuqsoni
va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday kamchiliklarning
ko‘pchiligini jarrohlik yo‘li bilan davolab, ularni bartaraf etsa bo‘ladi.
Ko‘zi ojiz, so‘qir bolalar ko‘r tug‘ilgan va ko‘r bo‘lib qolgan
bolalar ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga tug‘ilishdan ko‘zi
ojiz va tug‘ilganidan so‘ng to uch yoshgacha bo‘lgan davr ichida
ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar kiritilsa, ikkinchisiga keyinchalik
ko‘zi ko‘r bo‘lib qolgan bolalar kiritiladi, bunday bolalar xotirasida
ko‘rish tasavvurlari qolgan bo‘ladi. Ko‘rish qobiliyatining og‘ir
shakldagi buzilishlari bolaning xarakterida, psixikasida ikkilamchi
asoratlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘rish nuqsonlarining eng ko‘p tarqalgan shakllaridan biri-
refraksiya alohida yordamga muhtojlaridir. Ularga yaqin ko‘rish
(miopiya)ning turli darajasi, gipermetropiya, uzoqni ko‘rish yoki
yaqin ko‘rish astigmatizmi kiradi.
Refraksiya alohida yordamga muhtojlari, ya’ni nurlarni sindi-
ruvchi fokus ko‘z turi oldida bo‘ladi. Yaqin ko‘rishda (близору-
кость) bola uzoqdagi buyumlarni noaniq ko‘radi. Yaqin ko‘rishda
xarita, jadvallar, sayr vaqtida uzoqdagi buyumlarni kuzatish, o‘qish,
yozish, mehnat darslarida bajariladigan ishlar, rasmlarni o‘zlash-
tirishda qiyinchiliklar kuzatiladi. Yaqin ko‘rish ko‘zoynaklar yorda-
mida to‘g‘rilanadi. Yaqin ko‘ruvchi bolalarga boshni uzoq egib tu-
rish, tez engashish, og‘ir ko‘tarish, tana silkinishlari, mayda obyektlar
bilan uzoq ishlash taqiqlanadi. Uzluksiz ish 15 daqiqa. Xira yorug‘lik
man etiladi.
Uzoqdan ko‘rishda – ko‘zdan yiroqda ko‘radi, ko‘zga yaqin
buyumlarni idrok etishda qiynaladi. Bunday bolalar mayda obyekt-
larni ko‘rib o‘rganishga mo‘ljallangan darslarda juda qiynaladilar va
27
o‘qish, yozish hamda tarqatma material bilan ishlashda qiyinchilikka
uchraydilar. Uzoqdan ko‘rish maxsus korreksiya ko‘zoynaklari bilan
to‘g‘rilanishi mumkin. Ularga jismoniy vazifalarni bajarish taqiq-
lanmaydi. Yaqin obyektlar bilan uzoq ishlash taqiqlanadi.
Ba’zi bolalarda ambliopiya kuzatiladi. Ushbu nuqson ko‘rish-
dan foydalanmaslik natijasida rivojlanadi. Bunda ikki tomonlama
g‘ilaylik hamroh bo‘lishi mumkin. Ambliopiyada ko‘zning ko‘rish va
kuzatish qobiliyati buziladi. Bu esa o‘qish va yozish, rasm chizish,
rasmlarni kuzatish, ko‘rish, geografik va tarixiy xaritalarni o‘rga-
nishda qiyinchilik tug‘diradi.
Nistagm-ko‘zning beixtiyor, ritmik takrorlanuvchi harakatlari.
Ko‘zning ortiqcha harakatlari natijasida ko‘rilayotgan tasvir yoyilib
ko‘rinadi. Nistagmda bola ko‘rayotgan obyektga ko‘rish diqqatini
jamlashda qiynaladi. Bu qiyinchiliklar, ayniqsa harakatdagi dinamik
idrokni qiyinlashtiradi.
Astigmatizmda, ko‘pincha uzoq va yaqindan ko‘rishning
buzilishi qo‘shilib keladi. Shox pardaning shakli buzilishi natijasida
nurlar noto‘g‘ri sindiriladi.
Astigmatizmi bor bolalar to‘r pardasida vertikal, gorizontal va
boshqa yo‘nalishdagi qiyshiq idrok kuzatiladi va natijada noto‘g‘ri
tasvir paydo bo‘ladi.
Ko‘rish nuqsonlarining yana boshqa shakllariga katarakta, ko‘-
rish nervi atrofiyasi, albinizm, mikroftalm va boshqalarni kiritish
mumkin.
Ko‘rish nuqsonlarining qay darajadaligi ko‘zning sindiruvchi
sohalarining holatiga bog‘liq (shoxparda, gavhar)
Katarakta – ko‘z gavharining loyqalanishi (помутнение).
Bunda gavharni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash va yangisini
qo‘yish mumkin.
Afaksiya-gavharning yo‘qligi.
Shox pardaning vazifasi-nurlarni sindirish. Afaksiya kasalligida
va gavhar siljib ketgan bolalar jismoniy vazifalardan cheklanishi, tez
harakatlar, og‘ir ko‘tarish, tana silkinishlaridan himoya qilinishi zarur.
Shox parda (роговица)ning tiniqligini buzilishi ham ko‘rish
nuqsoniga olib kelishi mumkin. Uning sindiruvchi faoliyati me’yor-
dan past darajada bo‘lganligi tufayli, bola buyumlarni aniq ko‘ra
olmaydi.
28
Zaif ko‘ruvchi bolalarda ko‘rish nervining qisman atrofiyasi,
ko‘z to‘r qobig‘ining turli o‘zgarishlari tez-tez uchrab turadi. Bunga
turli miya kasalliklari:meningit, meningoensefalit va boshqalar sabab
bo‘lishi mumkin. Ko‘rish atrofiyasi esa bosh miya jarohatlari, ko‘z
to‘r pardasi kasalliklari, miya shishlari, ko‘rish nevriti natijasida ham
kuzatilishi mumkin. Bunda ko‘z markaz bilan bog‘lanmaydi. Ko‘rish
atrofiyasi davolanmaydi. Biroq undan kelib chiqadigan ikkilamchi
nuqsonlarni oldini olish, davolash muhim. Ko‘z atrofiyasi bor bolalar
doimiy ravishda izchillik bilan davolanishi lozim. Ularni charchatib
qo‘ymaslik uchun mashg‘ulotlarda uzluksiz ko‘z bilan ishlash 5-10
minutdan oshmasligi lozim.
To‘r pardaning eng ko‘p tarqalgan tug‘ma kasalliklariga
pigmentli retinit, albinizm, to‘r pardaning ko‘chishi kiradi.
Pigmentli retinit – to‘r pardadagi tayoqchalar faoliyatining
buzilishi. Natijada kolbachalar faoliyati ham buziladi. Bu esa ko‘rish
maydonining torayishiga yoki ko‘rishning butunlay yo‘qolishiga olib
kelishii mumkin. Kasallik davolanmaydi.
Albinizm – to‘r pardada pigment yetishmasligi. Natijada kishi-
ning ko‘zi qizil, sochi va tanasi oq bo‘lishi mumkin. Ularga yorug‘lik
to‘suvchi ko‘zoynak taqish, quyosh nurlaridan saqlanish tavsiya
etiladi.
To‘r pardaning ko‘chishi-to‘r parda tashqi qobig‘ining oqib
tushishi. To‘r parda tarang tortilib turgan yuqori miopiyali kishilarda
to‘r pardaning ko‘chishiga moyillilikbor. Ular og‘ir ko‘tarish,
jismoniy mashqlardan saqlanishi lozim. Uzluksiz ishlash ular bilan 5
daqiqadan oshmasligi kerak.
Glaukoma-ko‘z ichki bosimining ko‘tarilishi.
Mikroftalm-ko‘z olmasining kichrayishi.
Ko‘zi ojiz bolalar bilan barcha ishlar ularning ko‘rish
tasavvurlarini tiklash asosida olib boriladi va bunda ma’lum
natijalarga erishish mumkin bo‘ladi. Har holda bola rang, shakl va
boshqalarni bir qadar eslab qoladiki, bu tegishli tushunchalar hosil
qilishni osonlashtiradi. Ko‘z ojizligi qancha kech paydo bo‘lgan
bo‘lsa, bolaning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari shuncha boy va
ularni mustahkamlash, takomillashtirish, kengaytirish shunchalik
oson bo‘ladi.
29
Ko‘rish qobiliyati keskin kamaygan ko‘zi ojiz bolalar maxsus
tashkil etilgan maktablarda yoki sog‘lom tengdoshlari orasida ta’lim
olishlari kerak. Bu maktablarda sog‘lom analizatorlarning aktiv
faoliyati asosida (tuyg‘u va eshitish, boshqa sezgi analizatori) ko‘rish
analizatori faoliyatini qoplash ishlari olib boriladi. Maxsus ta’lim-
tarbiya ishlari ko‘rish qobiliyatining zaifligi natijasida paydo bo‘lgan
ikkilamchi psixik asoratlarning oldini olish, ularni bartaraf etish,
korreksiyalashga qaratiladi. Bolada mustaqil hayot uchun zarur
bo‘lgan barcha bilim ko‘nikma, hamda malakalar shakllantirib
boriladi.
Zaif ko‘ruvchi bolalar tevarak-atrofni ko‘rish analizatori orqali
idrok etadilar. Ular ham ko‘rish qobiliyati zaif bolalar uchun tashkil
etilgan maxsus maktabda yoki ko‘rlar maktabi qoshidagi maxsus
sinflarda sog‘lom tengdoshlari orasida ta’lim olishlari kerak. Biroq
bunday bolalar aksari ommaviy maktablarda o‘qishni boshlashi
ma’lum. Bir necha-yil muvaffaqiyatsiz ravishda, qiynalib o‘qigach,
ular maxsus maktabga yuboriladi. Bunday bolalarni tarbiyachi va
o‘qituvchilar sog‘lom tengdoshlaridan ajratib olib, iloji boricha erta
maxsus maktablarga jo‘natishlari yoki inklyuziv ta’limni tashkil
etishlari kerak. Ko‘rish qobiliyati zaiflashgan bolalar satrlarni yaxshi
ajrata olmaydilar, shakli o‘xshash narsa, harflarni bir-biri bilan
adashtirib yuboradilar, natijada o‘qish va yozishda ko‘p xatolarga
yo‘l qo‘yadilar. Raqamlarni bir-biridan yaxshi ajrata olmaslik
oqibatida hisoblashda va matematika masalalarini yechishda
qiynaladilar. Ular doskaga yozilganlarni, jadval, sxema va boshqa
tasvirlarni yaxshi ko‘rmaydilar, ko‘rish bilan bog‘liq ishni bajarish
vaqtida tez charchab qoladilar.
Noto‘g‘ri muhit, noqulay sharoit bolaning ko‘rish qobiliyati
keskin pasayib borishiga olib kelishi mumkin.
Tarbiyachi va o‘qituvchilar ko‘rish qobiliyati zaif bolalarni o‘z
vaqtida oftalmolog huzuriga maslahatga yuborishlari kerak.
Oftalmolog bolani tekshirib, kerak bo‘lsa unga korreksiya
qiladigan ko‘zoynak taqib yurishni tavsiya etadi va bola qaerda ta’lim
olishi kerakligini aniqlaydi. Ko‘zoynak taqib yurishi kerak bolgan
bolalarga bog‘cha va maktab sharoitida to‘g‘ri sanitariya-gigiena
sharoitlari yaratilishi zarur. Bolaning ish o‘rni to‘g‘ri va yetarli
darajada yoritilgan bo‘lishi lozim. Bola doska, jadval, kartada
30
chizilgan tasvirlar va boshqa o‘quv materiallarini qanchalik aniq
ko‘rayotganiga e’tibor beriladi. Alohida yordamga muhtoj
refraksiyali bolalarning ko‘zi tez charchab qolishini hisobga olib,
dars vaqtida ularga ish turlarini mumkin qadar o‘zgartirib turish, ko‘z
qadash bilan bog‘liq bolgan ishlar, topshiriqlar hajmini g‘oyat jiddiy
nazorat qilib borish zarur.
Ko‘z o‘tkirligi 0, 05 dan to 0, 4 gacha bolgan zaif ko‘ruvchi
bolalar maxsus bog‘cha va maktablarda ta’lim-tarbiya olishadi. Bu
joylarda o‘quv ishlari ko‘rish asosida olib boriladi, ammo turli texnik
va kattalashtiruvchi optik vositalardan, yirikroq harflar bilan bosib
chiqarilgan darsliklardan, maxsus yoritgichlardan va hokazolardan
foydalaniladi. Maxsus maktabning asosiy vazifalaridan biri —
bolalarda saqlanib qolgan ko‘rish imkoniyatlaridan o‘qish jarayonida
to‘g‘ri foydalanish va bularni rivojlantirish, ko‘rish qobiliyati pasayib
ketmasligi uchun shart-sharoit yaratish, oliy ruhiy jarayonlarni
tarbiyalab, bolaning bilim faoliyatini rivojlantirish, kengaytirish,
bolada ko‘rish qobiliyati zaifligi natijasida paydo bo‘lgan ikkilamchi
ruhiy asoratlarni bartaraf etish va boshqalardir.
Maxsus maktablarni bitirgach, ko‘rish qobiliyati zaif bolalar
ko‘rlar jamiyati qoshidagi muassasalarda ishlaydilar, intellektual
faoliyat bilan shug‘ullanadilar (yozuvchi, shoir, oliy va o‘rta maktab
o‘qituvchilari, musiqachi, va boshqalar bo‘lib).
Shunday qilib, ko‘rish qobiliyati zaif bolalarni ta’lim-tarbiya
yo‘li bilan rivojlantirib borish imkoniyatlari juda katta, to‘g‘ri tashkil
etilgan kompensator, korreksion chora-tadbirlar natijasida ular
hayotida o‘z o‘rnini topib ketishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |