O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Maxsus pedagogika

2. Inklyuziv ta’lim tushunchasi 
Inklyuziv ta’lim bu – davlat siyosati bo‘lib, nogiron va sog‘lom 
bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj 
bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan 
qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umum-
ta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. 
“Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emotsional, tilidagi yoki 
boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi ke-
rak. Ularga ruhiy va jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bola-
lar, ko‘chmanchi xalqlarga tegishli bo‘lgan bolalar, etnik yoki mada-
niy kamchilikni tashkil etgan oilalarning bolalari kiradi” (Harakat 
Rejasiga kirish 3 chi band). 
Inklyuziv ta’lim vazifalari: 
- Ta’lim muassasasida ta’limda alohida ehtiyoji bo‘lgan imko-
niyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun 
zarur psixologo – pedagogik, korreksion sharoitlar yaratish, ularning 
imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion 
ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishini, ijtimoiy moslash-
tirishni amalga oshirish; 
- Maxsus ta’lim muassasasi o‘quvchilarini umumta’lim mak-
tablari bilan uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib borish yo‘li bilan 
o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash; 
- Jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom 
bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, bolaning ehtiyojlarini 
qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; 



Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajral-
magan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish; 
- Jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga mu-
qobil munosabatni shakllantirishdir. 
Inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari: 
1). Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi. 
2). Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili.
3). Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili. 
4). Markazlashtirilmagan bo‘lish tamoyili.
5). Inklyuziv ta’limda kompleks yondashish tamoyili. 
6). Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili. 
7). Malakaviylik tamoyili. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin