Boshqariladigan munozarada o’qituvchining ishtiroki sezilarli darajada bo’ladi, lekin bu ishtirok uning o’quv jarayonidagi hakamlik mavqeidan oshib ketmasligi lozim. Erkin munozara esa bilim beruvchi va oluvchilarning demokratik tarzdagi ishtiroki bilan o’tkaziladi. Bu har ikki turdagi munozaralarda o’quv haqiqati birinchi o’rinda turadi. Ilmiy bilimlar jonli mushohada, abstrakt tafakkur orqali nisbiy va absolyut haqiqat yo’li bilan qo’lga qiritilishini hisobga olinsa, bilish jarayonining taraqqiyotini belgilovchi tushuncha, kategoriya, faraz, xulosa, qoida, nazariya, qonun va qonuniyatlar munozara davomida mazmunan buzilmasligi muhimdir. Munozaraning natijasini o’qituvchi oldindan loyihalashi lozim. Bunda oraliq jarayonlar ikkinchi pozitsiyada turadi. Yakuniy xulosalar ilmiy bilish nazariyasiga zid kelmasligi o’qituvchining kasbiy salohiyati bilan ta’minlanadi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – egallangan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʻllay olish layoqatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim boʻlib, oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlish, tashabbuskorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oʻz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sogʻlom raqobat hamda umummadaniy koʻnikmalarni hosil qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Chernilevskiy D. K., Filatov O. K. Oliy ta'limda o'qitish texnologiyasi: Darslik / Ed. D.K. Chernilevskiy. - M.: Ekspeditor, 1996 yil 2.Kasb-hunar ta'limi ensiklopediyasi: 3 jildda / Ed. S. Ya. Ba-tisheva. - M., 1999 yil. 3.Maxmutov M. I. Ta'limning kasbiy yo'nalishi printsipi / Zamonaviy pedagogik nazariya va amaliyotda ta'lim tamoyillari // Universitetlararo ilmiy ishlar to'plami 4.Novikov A. M. Ta'lim metodikasi. M.: EGVES 5.Zimnyaya I. A. Shaxsning kompetentsiyasi - ta'lim natijasining yangi sifati // Ta'lim sifati muammolari. - 2-kitob // XII Butunrossiya materiallari E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Dostları ilə paylaş: |