- 37 -
Frazadagi biror so'zni emotsional - ekspressiv jihatdan ajratib ko'rsatuvchi
prosodik vosita
emotsional urg'u deyiladi. Masalan: Eh, qanday
go'zal manzara!
Seni qara-yu.
Ajratilgan so'zlarda emotsional urg'u unli tovushlarni ancha cho'ziq talaf-
fuz etish orqali amalga oshiriladi.
3. Kuchli va kuchsiz talaffuz va nafas kuchi intensivlikni bildiradi.
4. Fraza va taktlarda urg'uli va urg'usiz hamda cho'ziq va qisqa bo'g'in-
larning almashib turishi
ritm deb ataladi. Frazaning ritmik strukturasi nutqning
asosiy fonetik belgilaridan biri bo'lib, u frazani pauza yordamida kichik bo'lak-
larga bo'lish uchun xizmat qiladi.
5. Talaffuzning vaqti, uning tezligi (sekin, o'rta tezlik va tez)
nutq tempi
deyiladi. Nutq tempi frazani bo'laklarga bo'lish va uni ma'no jihatdan
shakllantirish uchun xizmat qiladi.
6. Nutqda ovozning har xil o'zgarishlari va u orqali nutqning turli
emotsional-ekspressiv ifodalanishi
ovoz tembri deb yuritiladi. Ovoz tembri bir
kishining ovozini ikkinchi kishining ovozidan farqlash uchun ham xizmat qiladi.
Nutq tembri ikki turli bo'ladi. U ovozning turli o'zgarishlarini ko'rsatish uchun
xizmat qilsa,
neytral tembr (bevosita oddiy) deb yuritiladi. Nutqni ifodali, ya'ni
emotsional-ekspressiv qilishda ishtirok etuvchi tembr
emotsional deyiladi. Yuqori-
da ko'rsatilgan nutqning fonetik jihatdan fraza, takt, bo'g'in va tovushlarga bo'li-
nishi so'zlovchining odat bo'yicha uzun nutqni bo'laklarga bo'lib talaffuz etishiga
asoslanadi. Talaffuzi va eshitilishi jihatdan nutqdagi
psixologik aniq birliklar
Dostları ilə paylaş: