Fonetik almashuv deb tilning hozirgi talaffuzi normasiga asosan ro'y
beruvchi alternatsiyaga aytiladi. Bunday almashuv tovushlarning o'rniga bog'liq
bo'lib, ma'lum holatda uchraydi. Masalan: sez – seskanmoq, uyqu – uyg'onmoq,
sariq – sarg'aymoq, bilak – bilagi kabi.
Tovushlar almashuvi slavyan tillarida, ayniqsa rus tilida juda ko'p
uchraydi. Masalan, rus tilidagi oт – prefiksi sakkiz xil talaffuz qilinadi: oтпуск
(otpusk), oтзов (odzo'f), oтход (atxot), oтгадат (adgadat), oттеснить (att'isnit),
oтцепить (atssep'it), oттепель (ot'tyep'el), oтделить (ad'dyel'it). Ulaning har bi-
1
Chet tilidan o'tgan so'zlarning bunday berilishi transliteratsiya deyiladi. Bu haqda keyinroq
to'xtaladi.
- 47 -
ri fonetik holatiga bog'liq: yumshoq undosh (t'), (d') undoshlaridan oldin keladi:
(s) affrikatlar (s) dan oldin, (o) urg'uli holatda (a) urg'usiz holatda va hokazo
1
.
Ingliz tilida ham yuqoridagiga o'xshash tovushlar almashuvi kuzatiladi.
Masalan, otlardagi ko'plik qo'shimchasi -s otning birlik shaklida o' tamomlangan
undosh yoki unli tovushning artikulyatsion-akustik xususiyatiga ko'ra har xil
talaffuz etiladi: jarangsiz undoshdan keyin /s/, sirg'aluvchi undoshlardan keyin /-
iz/ va jarangli tovushga tugagan so'zlarda /z/ talaffuz etiladi (maps G'mæpsG') –
«xaritalar», (box //boksiz//) – «qutilar», (beds //bedz// ) krovatlar kabi). Bu
tovush almashinuvlarida assimilatsiya muhim ahamiyatga ega.
Ba'zi tovushlar almashinuvi tarixiy faktlar asosida tasdiqlanishi mumkin.
Shu sababli ularni tarixiy tovush almashinuvlari deyiladi. O'zbek tilidagi ba'zi
affikslar tarixiy jihatdan har xil bo'lgan: -gil, -g’il, -qil, -kil, -gali, -g'ali, -kali, -
qali shaklida yozilgan va shunday talaffuz etilgan g-k-q tovushlari almashinuvi
anna shunday tarixiy jihatdan shakkllangan alternatsiyaga kiradi.
Rus tilidagi k-ч tovush almashinuvi (masalan, рукa-ручka so'zlarida) un-
doshlardan keyin kelgan til oldi unlisining ta'sirida bo'lgan. Aslida sifatlarning
suffiksi -ън bo'lgan. Руч– fonetik holatiga bog'liq bo'lmay qolgan va k-ч al-
mashinuvi pozitsion bog'liqlikdan chiqib, tarixiy bo'lib qolgan. Shu sababli uni
hozirgi rus adabiy tili talaffuz normasi yordamida tushuntirish mumkin emas.
2
Ingliz tilida so'zlarning o'zagida kelgan unlilarning almashuvi birqancha
fe'l shakllarini yasashda qo'llanadi va tarixiy assimilatsiyaga misol bo'la oladi:
/i: /e/ e/ – feed, fed, fed – «boqmoq»,
/i: /Λ/ /Λ/ – win, won, won – «yutmoq (o'yinni)» kabi.
Tovushlar almashuvi natijasida so'z turkumlari, so'zlarning grammatik
shakllari va boshqalarni farqlash mumkin. Tovushlar almashuvi faqat adabiy til-
ga xos bo'lmay, balki shevalarda juda ko'p uchraydi. Xususan, a/ e, i /e tovushlar
almashuvi turkiy tillari shevalarida otlarning ko'plik affikslarida uchraydi.
1
Буланин Л.Л. Фонетика современного русского языка. М., 1970, с. 129.
2
Буланин. Л.Л. Фонетика современного русского языка. М., 1970, с. 132-133.
- 48 -
O'zbek tili va uning shevalarida bunday tovush almashuvi quyidagicha bo'ladi:
adabiy tilda: otlar – itlar; o'zbek shevalarida: atlar – iytlar / iytlәr, atlar – itlar
/itler, etler; qozoq tilida: attar – iytter.
Fonetik va tarixiy almashuvlari o'rtasidagi o'xshashlik ularning har ikkisi
ham morfologik funksiyani bajarishida ko'rinadi. Biroq fonetik tovush al-
mashuvi tilning hozirgi talaffuz normasi bilan bog'liq bo'lsa, tarixiy tovush al-
mashuvi bunday xususiyatga ega emas.
Dostları ilə paylaş: |