O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m
TOVUSHLARNING FUNKSIONAL JIHATI. ASOSIY FONOLOGIK TUSHUNCHALAR Yuqorida nutq tovushlari va ularning vositalari turli aspektda o'rganilishini ay-
tib, ularning to'rtinchisini fonologik (sotsial yoki funksional) aspekt deb atagan
edik.Ko'pincha fonologiyani ikki bo'limga ajratiladi: 1) tovushlarda namoyon
bo'luvchi fonemalarni o'rganuvchi bo'limi – segmental fonologiya yoki fone- matika deb; 2) urg'u, bo'g'in va intonatsiyaga tegishli vositalar supersegment fonologiya yoki prosodika deb yuritiladi.
Nutq tovushlari, bo'g'in, urg'u va intonatsiya jamiyat tilining tushunarli va
aniq bo'lishi uchun muhim xizmat qiladi. Ular tildagi so'z, so'z shakllari, so'z bi-
rikmalari, fraza va gaplarni farqlash funksiyasini bajaradi. Shu tufayli bu
aspektni sotsial yoki funksional deb atab, til bosqichi sifatida «fonologiya» ter-
mini (grekcha phone – tovush, logos – ta'limot) ishlatiladi.
1
Nutq tovushlari ay-
rim holda /a, o, u/ hech qanday ma'noga ega emas. Nutq tovushlari ma'lum
tartibda birikib so'z va boshqa yirik til birliklarini hosil qiladi va ularning
ma'nolari bilan bog'lanadi. So'z, so'z formalari va morfemalarni tashkil etuvchi
va ularning ma'nolarini farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik boshqa
bo'laklarga bo'linmovchi til birligi fonema (grekcha phone – tovush, ovoz
ma'nosida) deyiladi. Masalan, til – tol, kel – kul so'zlari unli fonemalar yordami-
da farqlanadi. Kul – qul, bel – sel, pok – tok, nok – nom, g'or – xor, tur – tuk ka-
bi so'zlar tarkibidagi undosh fonemalar yordamida farqlanadi. Bunday
- 49 -
tarkibidagi bir fonema bilan bir o'rinda farq qiluvchi so'zlarni (sel – sal kabi)