- 54 -
4) Tildagi barcha tovush vositalari, bo'g'in, urg'u va intonatsiya nutqni
ifodali qilish uchun ekspressiv funksiyani bajaradi. Bu funksiya tilning stilistika
bosqichidagi
fonostilistika deb ataluvchi qismida o'rganiladi. Xususan unli va
undosh tovushlarni cho'zib aytish, bo'g'inni orttirish, tovushlarni intonatsiyaning
melodiyasi (ohangi) va urg'usini odatdagidan ko'ra boshqacha aytish
xususiyatlari fonostilistik belgilar hisoblanadi. Masalan, Tu-u-ur! 0-o-oh! Ke-
ye-yel! X-x-xap sani! Sh-sh-shoshmay tur! kabilar.
Fonetika va fonologiya uzviy bog'liq bo'lganidek, yuqorida keltirilgan
to'rtala funksiya ham bir-biri bilan bog'liqdir. By funksiyalardan birortasining
talaffuz jarayonida buzilishi (masalan, olmá (meva) so'zining birinchi bo'g'ini-
dagi /o/ fonemasiga urg'u qo'yilsa, uning ma'nosi o'zgaradi) boshqa funksiyalarni
o'zgartirib yuboradi. Bu o'rinda bir yo'la farqlanish, tanib olish va tashkil etu-
vchilik funksiyalari buziladi va ayniqsa, chet tili talaffuzida bunday xatolar
nutqning tushunarsiz bo'lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: