O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 
 FONOLOGIYA NAZARIYALARI 
Tilshunoslik tarixida tovush sistemasini o'rganish ikki davrga bo'linadi:
1. “Fonema” tushunchasi paydo bo'lgunga qadar davr. By davrda fonema 
va tovush hamda harflar o'rtasidagi farq aniq ko'rsatilmay, tovushlar talaffuzi-
ning so'zlardagi ma'lum holatlarda etimologik o'zgarishlariga ko'proq e'tibor 
berilgan. 
2. Fonologiya nazariyalarining yuzaga kelish davri. Bu davr XIX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlanib, XX asrda ham davom etdi. Bu davrda tovush va 
harf hamda fonema tushunchalari o'rtasidagi farqlar oydinlashdi va keyinchalik 
bo'g'in, urg'u hamda intonatsiyaning tildagi funksional tomonlari o'rganila bosh-
landi. “Fonema” tushunchasi va terminini birinchi taklif etganlar qatorida 
fonologiyaning asoschisi, mashhur rus va polyak olimi I.A. Boduen de Kurtene 
(1845-1929), uning talantli shogirdi N.V. Krushevskiy (1851-1887), fransuz 
olimi P. Passi, ingliz tilshunosi G. Suit, shvetsariyalik taniqli tilshunos Ferdi-


- 55 - 
nand de Sossyur, rus olimi I.K. Uslar kabilarning nomlari bor. Shu kungacha 
“fonema” tushunchasiga bir qancha ta'riflar berildi, biroq termin o'zining chuqur 
negiziga ega bo'lganligi tufayli saqlanib kelmoqda. Hozirgacha tilshunoslikda 
quyidagi fonologiya nazariyalari yaratildi:
1. I.A. Boduen de Kurtenening psixologik fonologiya nazariyasi. Bu 
nazariyaga ko'ra “fonema” tildagi tovushlarning psixik ekvivalenti yoki tovush 
tushunchasining kishi ongida his etilgan birligidir. I.A. Boduen de Kurtene ko'r-
satishicha, fonema tildagi morfologik, sintaktik va semasiologik (ma'no-
mazmun tomoni) tushunchalar bilan bog'langan fonetik birlikdir.
1

morfemalardagi tovush almashinuvida ayniqsa ahamiyatlidir. I.A. Boduen de 
Kurtenening fonologiya nazariyasi keyingi tilshunoslikdagi ilmiy qarashlarning 
kelib chiqishida katta ahamiyatga ega bo'ldi.
2. I.A. Boduen de Kurtenening talantli shogirdi akademik L.V. Shcherba 
(1880-1944) o'z ustozining qarashlarini rivojlantirdi va fizik fonologiya nazari-
yasini yaratdi. L.V. Shcherba ko'rsatishicha, har bir nutq tovushi umuman 
boshqa nutq tovushlari kabi qandaydir fizik, mexanik hodisa hisoblanadi. Jonli 
nutqda juda ko'p turli tovushlar talaffuz etiladi. Bu tovushlar tildagi so'z va so'z 
shakllarining ma'nolarini farqlay oluvchi soni jihatdan kam bo'lgan tovush tiplari-
ga birlashadi. Bunday tovush tiplari fonemalar deyiladi. Umumiy tushuncha 
hisoblanuvchi fonemaning yakka holda nutqda talaffuz qilinuvchi vakili fone-

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin