O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


pozitsiya (lotincha bini – "ikkitadan") deyiladi: /b-p/, /t-g/, /i-u/ kabi. Fonologik  oppozitsiyalar uch a'zodan iborat bo'lsa, ternar



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

pozitsiya (lotincha bini – "ikkitadan") deyiladi: /b-p/, /t-g/, /i-u/ kabi. Fonologik 
oppozitsiyalar uch a'zodan iborat bo'lsa, ternar (lotincha terni – "uchtadan") op-
1
. Реформатский А.А. Введение в языковедение. М., 1967, с. 212. 


- 51 - 
pozitsiya deyiladi: /p-t-k/, /i-e-a/ kabi. Uchtadan ortiq a'zoga ega bo'lgan 
fonologik oppozitsiyalar ko'p a'zoli oppozitsiyalar deyiladi: /b-d-g-h/ kabi. Til-
dagi fonologik oppozitsiyalarni binar, ya'ni ikkitadan a'zoga ega bo'lgan shaklida 
tasnif etish ancha qulaydir. Shy tufayli ko'p a'zoli oppozitsiyalarni binar yoki 
dixotomik (lotincha dixotomiya – "teng ikkiga bo'lish" ma'nosida) holatga 
keltiriladi. Masalan, (b-d-g-x) oppozitsiyasini /b-d/, (b-g), (b-h), (d-g), (d-h), (g-
h) binar oppozitsiyalariga bo'lish mumkin. Bunda fonemalarning farqlanuvchi 
va farqlanmovchi belgilarini aniqlash ham osonlik tug'diradi. Ba'zi fonologik 
oppozitsiyalarda bir qancha fonemalar juft holda binar qilib beriladi. Masalan, 
o'zbek tilidagi jarangli va jarangsiz belgiga ega bo'lgan undoshlar /p-b/, /t-d/, /f-
v/, /s-z/, /sh-j/, /ch-dj/, /x-g/, /k-g/ ana shunday binar oppozitsiyalardir. Rus tilida 
jarangsiz va jarangli oppozitsiyadan tashqari, yana qattiq va yumshoq fonemalar 
oppozitsiyalari ham binar hisoblanadi. Keltirilgan juft oppozitsiyalar yig'indisi 
korrelatsiya deyiladi. Ularni qarama-qarshi qo'yishda asos bo'lgan jarangli-
jarangsiz, yumshoq-qattiq, ba'zi tillarda unlilarning cho'ziq-qisqa belgilari 
korrelyatsion belgi deb ataladi.
Fonologik oppozitsiyalar doimiy va neytralizatsiyalashuvchi bo'ladi. Ba'zi 
tillarda jarangli undoshlar so'z oxirida jarangsizlashadi. Masalan, rus tilida луч 
(luk), град(grat) kabi, o'zbek tilida kitob (kitop), qand (qant) kabi. Bunday 
xususiyat fonologik neytralizatsiya deyiladi. Bu holatda b/p, t/d undoshlari bir xil 
artikulyatsion-akustik xususiyatga ega bo'lib, ularning fonologik belgilari 
o'xshash bo'lib qoladi. Bunday fonologik birlik arxifonema (lotincha archi – 
katta, phoneme – fonema) deyiladi. Arxifonema ikki va undan ortiq fonemaga 
tegishli bo'lgan fonologik belgilarning yig'indisidan iborat. Biz yuqorida 
fonologik oppozitsiya a'zolarining soniga ko'ra binar, ternar va ko'p a'zoli op-
pozitsiyalar turlarini ko'rsatib o'tdik.
1
Fonologik oppozitsiya a'zolarining 
farqlanish belgilari o'rtasidagi munosabatga asoslangan boshqa turli tasniflar 
1
Fonologik oppozitsiyalarning boshqa turli tasniflari

neytralizatsiya va hokazolar N
.
S

Trubetskoyning 
"
Осно-
ва фонологии
" (
M
., 1960) 
kitobida batafsil berilgan



- 52 - 
ham mavjud. Fonologik oppozitsiya tushunchasi tildagi fonemalar sistemasini 
chuqur tasnif qilish uchun eng zurur hisoblanadi.
Tildagi fonemalar bir qancha tovushlarda namoyon bo'ladi. Fonemalar 
bo'g'inlar, so'zlar, so'z birikmalari va frazalarning tarkibida joylashgan. Ular har 
xil o'rinlarda yoki holatlarda uchraydi. Odatda bu holatlar pozitsiya deyiladi. 
Fonemalarning har xil aytilishi shartlari bo'yicha taqsimlanishi ularning dis-

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin