- 67 -
lar keyinchalik birlashib, o'rta cho'ziqlikka ega bo'lgan 6 unli fonemani hosil
qilgan.
2) Agar bir fonema ikki fonemaga ajralsa,
divergensiya deyiladi. Masalan,
qadimiy turkiy tillarida bo'lgan /a/ fonemasi keyinchalik ikki fonemaga ajralgan:
/a/ va /o/. Bu hodisa divergensiya jarayoni natijasida bo'lgan.
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o'zgarishlari
ham kiradi. Chunki tovushlar turli holatlarda har xil o'zgarishlarga uchraydi.
Chunonchi, ochiq urg'uli bo'g'inda cho'ziq va yopiq urg'usiz bo'g'inda esa qisqa
talaffuz etilishi mumkin. Bunday holat ham ko'pgina tarixiy va hozirgi tovush
o'zgarishlarini keltirib chiqaradi. Fonetik va fonologik qonuniyatlarni tilning
boshqa bosqichidagi o'zgarishlar bilan bog'liq holda o'rganish chuqur ilmiy na-
tijalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: