O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

tonetik transkripsiya ham mavjud. Frazadagi urg'uli va urg'usiz bo'g'inlarni, nutq 
ohangini, ritmik-melodik vositalarni, qisqa va cho'ziq pauzani ko'rsatish uchun 
qo'llanuvchi maxsus fonetik belgilar tonogramma deb yuritiladi. Masalan, 


- 62 - 
urg'uli bo'g'in – (–) belgisi bilan, urg'usiz bo'g'in – (٠) bilan, qisqa pauza – (/), 
fraza boshi va oxiridagi cho'ziq pauza (//) bilan ko'rsatilishi mumkin. Into-
natsiyasiga ko'ra bir gap turli tonogrammaga ega bo'lishi mumkin. 
Tilshunoslar tomonidan fraza va gaplarning intonatsiyasini o'rganish 
uchun qabul qilingan turli tonetik transkripsiya belgilari mavjud. Yuqorida ko'r-
satilgan belgilardan tashqari, ba'zan musiqada qo'llanuvchi nota belgilari ham 
intonatsiyani ko'rsatishda qo'llanadi.
Tillar o'z yozuvi va tovushlar sistemasi bilan farq qiladi. Bir tildagi 
so'zlarni boshqa tilda yozish uchun amaliy transkripsiyadan foydalaniladi. Bun-
day amaliy transkripsiyani transliteratsiya deb yuritiladi. Bir tildagi so'zlarni 
ikkinchi tilda yozish uchun so'zlarning talaffuzini yozuv uchun moslashtirish za-
rur bo'ladi. Agar har ikki tildagi tovushlar bir-biriga yaqin kelsa, transliteratsiya 
qilish ancha qulay bo'ladi. Masalan, Leningrad – Leningrad, Kiev – Kiyev, Sa-
markand – Samarqand, Tashkent – Toshkent, Tomsk – Tomsk kabi. Biroq ikki 
tildagi yozuv va talaffuzda katta farqlar bo'lgani sababli ulardagi tovushlar va 
harflar bir-biriga to'g'ri kelmasa, so'zlarni transliteratsiya qilish qiyinchilik 
tug'diradi. Masalan, Webster – Uebster, Thomas – Tomas, Ealton – Elton, Isaak 
– Isaak, Martinet – Martine, Thyeodor – Teodor, Haus – Xayz kabi. Shu tufayli 
bunday chet tilidagi so'zlarni boshqa tillardagi yozilishi va talaffuzida ko'pgina 
noaniqliklar va har xilliklar kelib chiqadi.
Transliteratsiyada bir tovush yozuvda ikki harf bilan (yoki aksincha, talaf-
fuzda bir harf ikki tovush bilan) berilishi mumkin. Umuman, transliteratsiyada 
har ikki tildagi tovushlarning talaffuzidagi yaqinliklarni hisobga olinadi.
Transliteratsiya bir tildagi kishi nomlarini (ularni "antroponimlar" 
deyiladi), geografik nomlarni (ularni "toponimlar" deb yuritiladi) va boshqa 
nomlarni ikkinchi tilda berilishida katta yordam berishi ahamiyatlidir. Chunki 
bunday nomlar odatda bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinmaydi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin