O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 TABU VA EVFEMIZMLAR 
Tabu so'zi polineziya tilidan (Tinch okeandagi orollarda yashovchi 
ko'chmanchi elatlar tili) olingan bo'lib, shaxsiy va diniy odatlar jihatdan biror 
narsani man etish, jumladan, ma'lum hayvonni ov qilish yoki o'simlikni sin-
dirishni man etish bilan bog'liqdir. 
Ba'zi olmoshlar ham evfemizm sifatida qo'llanadi. Masalan, U qilding, bu 
qilding, ishni rasvo qilding; Unday dedi, bunday dedi, aytganni qilmadi kabi. Bu 
misollarda u, bu, bunday olmoshlari evfyemizmlar sifatida ishlatilgan. 
O'tmishda biron kishi o'lganda, qabiladan o'lim sharpasini yo'qotish uchun 
marhumning nomini aytish man etilgan. Tabu etnik tushuncha bo'lib, qandaydir 
narsaning, harakatking nomini aytishni man qilishdir. Bunday odatning tilga tat-
biq qilinishi bilan lingvistik tabu yuzaga kelgan. O'zbek tilida chayonning nomi 
tabulanib, uning o'rnida eshak, benom, nomi yo'q so'zlari ishlatiladi. 
Odamning nutq faoliyati axloqiy normalarga rioya qiladi. Axloqiy va 
madaniy jihatdan qo'llanishi taqiqlangan yoki noqulay deb topilgan so'zlar o'rniga 
boshqa so'z va iboralarning qo'llanilishi evfemizmlar (grekcha euphemeo – 
"yaxshi", "mayin gapiraman" ma'nosida) deb ataladi. Misol: o'ldi so'zi o'rnida 
dunyodan o'tdi, ko'z yumdi, yuragi to'xtadi; yolg'on gapirmoq o'rnida xato 
gapirmoq, xato qilmoq iboralari qo'llaniladi. Evfemizmlarning ma'no va 
xususiyatlari turlichadir. Ular qo'llanish maqsadlariga ko'ra ham turlicha qiymatga 
ega bo'ladilar. 


- 86 - 
Evfemizmlarning ma'lum qismi tabu bilan bog'liq bo'ladi. Evfemizmlarn-
ing ko'pchilik qismi axloqiy va madaniy jihatdan aytilishi noqulay deb topilgan 
so'zlar o'rnida qo'llanuvchi so'z va iboralardir. Masalan, qizamiq o'rnida oynoma 
(Samarqand viloyatning ayrim tumanlarida): chechak o'rnida gul; sil (tuberku-
loz) o'rnida uzun og'riq; pes o'rnida oq; kal o'rnida siyqabosh, xotin o'rnida umr 
yo'ldoshi, rafiqa, qalliq, oila; xotin olmoq o'rnida uylanmoq; qizimni erga be-
raman o'rnida qizimni uzataman, qizimni turmushga chiqaraman kabi so'z va 
iboralarning qo'llanishi evfemizmdir. 
Tabu va evfemizmlar adabiy-badiiy asarlarda ishlatiladi. Ularni qo'llash 
so'zlovchidan katta san'atni talab qiladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin