O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/118
tarix14.02.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#84328
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   118
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi m

adverbializatsiya. Bunda boshqa so'z turkumlaridagi so'zlar ot, sifat va ravish-
larga ko'chadi. Masalan, ot turkumiga kiruvchi aniqlanmish so'zi aslida fe'lning 
sifatdosh shakli, urush, o'qish, kirish, qurilish, tergov kabilar esa aslida fe'lning 
harakat nomi shaklidir.
Ravish turkumiga kiruvchi qo'rqmasdan so'zi aslida sifatdoshning bo'lishsiz 
shakli, birdan so'zi bir sonining chiqish kelishigidagi shaklidir. Endi ravishning 
yuklama vazifasida kelishi (nega endi men beraman), qahramon, kasal kabi sifatlar-
ning otlashuvi ham konversiya hodisasidir. Rus tilidagi “столовая” so'zi ham sifat 
(столовая мебель), ham ot (oshxona) bo'lib keladi. Bu so'z ot vazifasida kelganda 
sifat shakli (женский род)ni saqlasa ham, rod kategoriyasi bo'yicha o'zgarmaydi. 
Konversiya hodisasi qo'shimchasiz tillar hamda barcha so'z turkumlari 
taraqqiy etgan so'z shakllariga ega bo'lmagan tillarda keng rivojlangan. Bu hodi-
sa ayniqsa ingliz tilida taraqqiy etgan. 
So'z o'zlashtirish. Turli qabila va xalqlar qadimdan o'zaro iqtisodiy va 
madaniy aloqada bo'lib kelganlar. Buning natijasida bir tildan ikkinchi bir tilga 
ayrim so'zlar kirib o'zlashib ketgan. Dunyoda boshqa til vositalarini 
o'zlashtirmagan birorta "sof" til yo'q. Rus tilining lug'at tarkibidagi so'zlarning 
taxminan 10 foizi boshqa tillardan o'zlashtirilgan deb taxmin qilinadi. O'zbek tili 
lug'at tarkibida arabcha, forscha, tojikcha va internatsional so'zlarning salmog'i 
kattaginadir. 
Boshqa tillardan qabul qilingan so'zlar tilning grammatik-lug'aviy tarkib-
iga hech qanday ta'sir qilmasdan o'zlashtiriladi. Ular odatda, ko'proq narsalik 
tushunchasini ifoda qiluvchi so'zlar bo'ladi: yangi narsalar o'zlariga xos nomlar 
bilan o'zlashtiriladi.


- 101 - 
Masalan, Futbol o'yini Angliyada ko'proq tarqalgani uchun bunga xos 
nomlar ham inglizchadir: futbol ("oyoq o'yini" degan ma'noda), golkipr (dar-
vozabon ma'nosida) va boshqalar. Rus tilidagi kemachilikka xos terminlarning 
ko'pchiligi gollandchadir: kreyser (harbiy kema ma'nosida), gazan (kemalar 
to'xtaydigan joy ma'nosida), grotmarsell (katta tikka turuvchi yelkan ma'nosida) 
va boshqalar. 
Boshqa tillardan ehtiyoj natijasida qabul qilingan so'zlar tilning lug'at 
boyligini kengaytirib, nutq vositalarini boyitadi. Masalan, rus tilidagi велвет 
so'zi inglizchadan olinib, baxmalning bir turini ifoda qiladi. Inglizchada esa – bu 
so’z barxit (baxmal) ma'nosini bildiradi. Lekin barxit so'zi asli arabcha bo'lib, 
bamazin ma'nosini ifoda qiladi. “Boti” so'zi fransuz tilida etik ma'nosida ishlatil-
sa, fransuzchadan olingan bu so'z rus tilida ayollar kiyadigan qo'njli “etik” 
ma'nosini anglatadi. 
Odatda, boshqa tillardan zaruriyat tufayli o'zlashtirilgan so'zlar "begona 
so'zlar" deb ajratilmasdan nutqda qo'llanaveradi. Masalan, paxta so'zining asli 
forscha-tojikcha, kanal so'zining asli lotincha ekanligini faqat tilshunoslargina 
tadqiqot ishlarida ajratadilar. Boshqa vaqtlarda bu so'zlar o'z so'zidek ishlatilave-
radi. 
Xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari fan va texnika sohasida 
umumiylik yuzaga kelishi natijasida tillarning lug'at boyligida internatsional el-
ementlar vujudga kela boshladi. Keyingi davrlarda, ayniqsa XIX asrda fan va 
texnikaga oid terminlar qadimgi grek va lotin tillaridan o'zlashtirildi. Masalan, 
botanika, zoologiya, geografiya, akvarium va boshqalar. 
Internatsional so'zlar boshqa tillardan ham olindi. Masalan, algebra, arse-
nal, almanax so'zlari arab tilidan; artist, ansambl, armiya, artilleriya so'zlari 
fransuz tilidan; ariya, gazeta, bank, valyuta, gvardiya so'zlari italyan tilidan; 
boks, miting so'zlari ingliz tilidan olingandir. Bu so'zlar hozirgi zamon tillarin-
ing hammasida umumiy internatsional fond sifatida qo'llanmoqda. 


- 102 - 
Internatsional so'zlarning ba'zilari turli tillardan olingan so'zlardan iborat. 
Masalan, byurokrat so'zi fransuzcha bureau (muassasa) va grekcha kratos 
(hokimiyat) so'zlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan. Shu yo'l bilan troleybus 
so'zi ham yuzaga kelgan. Inglizcha trolley – kontaktli sim va yuqoridagi bus el-
ementining qo'shilishidan hosil bo'lib, elektr toki bilan yuradigan shahar trans-
porti ma'nosida qo'llanadi. 
Internatsional so'zlarning bir qismi ular ifoda qilgan narsani ixtiro qilgan 
odamlar nomi bilan bog'liq. Masalan, amper so'zi (elektr tokining quvvatini o'l-
chaydigan birlik ma'nosida) italyan olimi Volt nomi bilan bog'langan. 
Dunyodagi tillarning deyarli hammasida umumiy morfologik belgilari 
ham mavjud. Bular grekcha, lotincha -ist, -izm kabi suffikslar va arxi-, kontr-, 
inter- kabi prefikslardir. 
Chet so'zlarning ishlatilishi bilan bog'lik hodisa purizm (lotincha purus – 
sof) deyiladi va bunday g'oya tashviqotchilari puristlar deb ataladi. Purizm pro-
gressiv va reaksion bo'ladi.
Progressiv purizm chet so'zlarni, ayniqsa internatsional so'zlarni to'g'ri va 
o'z o'rnida ishlatish g'oyasi bilan tilning leksik tarkibini boyitishga yordam be-
radi. Reakson purizm chet so'zlarni zo'rma-zo'raki, ona tilida shu so'zga to'g'ri 
keluvchi so'z topilgan taqdirda ham ishlatishga undovchi g'oyaga asoslanadi. 
Progressiv purizmni har tomonlama quvvatlash, reaksion purizmga qarshi ku-
rashish tilshunoslarimiz va boshqa fan vakillarining burchi hisoblanadi. 
Fonetik o'zlashtirish mumkin bo'lmaganda, boshqa tildagi so'z va iboralar 
tarjima qilish yo'li bilan o'zlashtiriladi. Bu hodisa kalkalab so'z o'zlashtirish deb 
ataladi (fransuzcha caique – "nusxa", taqlid qilish, nusxa ko'chirishda ishlatilu-
vchi yuqori "qog'oz" ma'nosida). 
Kalkalab so'z o'zlashtirish, asosan, ikki turli bo'ladi:
1) to'liq kalkalash – bunda bir tildagi so'z yoki ibora ikkinchi bir tilga 
to'liq tarjima qilinadi: полупроводник – yarim o'tkazgich, радиопередача – ra-
dio eshittirish, ледокол – muzyorar, взаимодействие – o'zaro harakat; 


- 103 - 
2) yarim kalkalash – bunda kalkalanayotgan so'z yoki ibora har ikki til 
elementlari orqali ifoda qilinadi: машиностроение – mashinasozlik, автомат-
чик – avtomatchi, электронно-вычислительная машина – elektron-hisoblash 
mashinasi, штурмовая авиация – shturmchi aviatsiya kabi. 
Ba'zi terminlarni o'zlashtirishda so'zning yasovchi elementlari o'zbekcha 
qo'shimchalar bilan almashtiriladi. Bu jarayon o'zlashtirilayotgan so'zning 
o'zagini so'z yasovchi qo'shimchalardan ajratish mumkin bo'lganda, bu o'zbek 
tilida mustaqil holda ma'lum tushuncha ifoda qila olganda yuz beradi: гвардеец 
– gvardiyachi, автоматчик – avtomatchi.
Kalkalash yo'li bilan paydo bo'ladigan konstruksiyalarning ko'pchiligi bi-
rikma atamalardir: наблюдательный пункт – kuzatish punkti, химическая 
война – kimyoviy urush va boshqalar. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin