- 97 -
ida leksik (unga boshqa tildan o'zlashgan so'zlar ham kiradi) va semantik (unga
mavjud so'zlarning yangi ma'noda ishlatilishi kiradi) bo'ladi. Masalan, o'zbek tili
lug'at tarkibida keyingi davrlarda paydo bo'lgan fazogir (kosmonavt), kosmo-
drom, kosmik kema kabilar leksik neologizmlar hisoblanadi.
Neologizmlar tarixiydir. Bir davr uchun neologizm bo'lgan so'zlar keyin-
chalik neologizmlik belgisini yo'qotib, faol leksik qatlamga o'tishi mumkin. Ma-
salan,
muzyorar, traktor kabi so'zlar tilda paydo bo'lganda neologizm bo'lgan.
Lekin bugungi tilimizda bular yangi so'zlik belgisini yo'qotib, xalq tilida keng
qo'llanadigan so'zlarga aylanib qoldi.
Semantik neologizm yangi ma'noli so'zdir. Masalan, yo'ldosh so'zi
bugungi tilimizda yangi ma'noda (yer yo'ldoshi) qo'llanyapti. Bu hodisa ham tar-
ixiydir. Bog'cha dastlab "детсад" ma'nosida qo'llanganda
semantik neologizm
bo'lgan. Hozir esa neologizmlik belgisini yo'qotgan. Leksik-grammatik neolo-
gizmlar tilning o'zidagi so'z yasash vositalari yordamida hosil qilinadi.
Leksik-
grammatik neologizmlar ham, tarixiydir. Traktorchi (traktorist) kabi so'zlar
bugungi tilimizda faol leksik qatlamdan o'rin olgan.
O'zbek tili lug'at tarkibida ayrim so'zlar eskirdi. Bunday so'zlar ikki turga
ajratiladi: istorizm va arxaizm.
Istorizmlar (grekcha
historia – tarix) o'tmishda mavjud bo'lgan
narsa-
hodisalarning nomlaridir. Masalan, qozi, ellikboshi, mingboshi, yuzboshi, taxt,
kanizak, omoch, sovut kabilar. Bunday so'zlar tarixiy asarlarda o'tmishni tas-
virlash uchun sharoit taqozosi bilan ishlatiladi. Ba'zan
frazeologik istorizmlar
ham uchrab turadi (qozilik qilmoq kabi). Istorizmlardan arxaizmlarni farqlamoq
zarur.
Arxaizmlar (grekcha arhaios – "qadimgi") bugungi kunda mavjud bo'lgan
narsa-hodisalarning eski nomlaridir. Masalan, ta'til (kanikul), dudoq (lab), muhr
(pechat), o'miz (ko'krak) va boshqalar. Bular badiiy nutqda ayrim stilistik tal-
ablarga ko'ra ishlatiladi. Istorizmlar va arxaizmlar tilning takomillashuvi, uning
lug'at sistemasining rivojlanish jarayoni bilan bog'liqdir.